Kurs ishi tdtu 108-19 (KB) guruh talabasi


-rasm. 2017-2019-yillarning yanvar-dekabrida respublika hududlari



Yüklə 324,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix24.03.2023
ölçüsü324,65 Kb.
#124297
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
4-reja

2.3-rasm. 2017-2019-yillarning yanvar-dekabrida respublika hududlari 
kesimida davlat mulkini sotishdan tushgan tushumlar tarkibi
20
2019-yilda hududlar kesimida davlat mulkini sotishdan tushumlarning asosiy 
qismi Toshkent shahriga (barcha tushumlarning 54,7%), Namangan (6,7%), 
Toshkent (2,3%), Farg’ona (4,0%), Qashqadaryo (0,7%), Buxoro (5,3%), 
Qoraqalpog’iston Respublikasi (0,7%), Andijon (1,2%), Samarqand (1,8%), 
Surxondaryo (1,4%), Xorazm (0,8%), Jizzax (1,1%), Sirdaryo (0,3%), Navoiy 
(2,2%) viloyatlariga to’g’ri keladi. 
20
O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. 


25 
2017-yil 18-aprelda “ Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash 
samaradorligini oshirish chora tadbirlari to’g’risi”da Prezident farmoni imzolandi. 
Qaroroda qayd etilishicha mamlakatimiz mustaqil rivojlanish davrida mulkni 
xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish bo’yicha tizimli ishlar doirasida 
30 mingdan ortiq davlat ob’yekti, shu jumladan 6,5 mimgta yirik va o’rta korxona 
xususiy mulk qilib sotilgan. Natijada hozir nodavlat sektoriga yalpi ichki 
mahsulotning 81foiz dan ko’prog’i, sanoat ishlab ishlab chiqarishning 94 foizi va 
barcha band aholining 82 foizidan ziyodi to’g’ri kelmoqda. 
Lekin xususiylashtirilgan barcha korxonalar kutilgan natijani bermayabdi. 
O’tkazilgan xatlov natijalariga ko’ra, avval xususiylashtirilgan korxonalar negizida
2 mingdan ortiq past rentabilli va zarar ko’rayotgan kam quvvatli xo’jalik ob’yekti, 
samarasiz foydalanilyotgan yer uchastkalari va ishlab chiqarish korxonalari 
aniqlangan, 
Davlat organlari xususiylashtirilgan korxonalarning asl holatini o’rganish, 
ularning ishlab chiqarish faoliyati va moliyaviy iqtisodiy ahvolini monitoring 
qilish, mavjud muammolarni tahlil qilish va sabablarini aniqlash, ularni kredit va 
moddiy resurslar bilan ta’minlashda, muhandislik-ishlab chiqarish infratuzilmasini 
tiklashda, ichki va tashqi savdo bozorlarini topishda amaliy ko’mak berish bilan 
sust ishlayotganligi tanqid ostiga olindi. 
O’zbekiston Prezidentining 18-apreldagi farmoni bilan Xususiylashtirish, 
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi etib qayta 
tashkil etildi. 
Qaror “xususiylashtirilgan davlat mulki negizida xususiy mulkchilik va 
tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini sifat jihatdan o’zgartirishni 
ta’minlash, tadbirkorlik sub’yektlarini xususiylashtirilgandan keyin amaliy qo’llab 
quvvatlash, shuningdek, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish 
maqsadida” qabul qilindi. 
Xususiylashtirilgan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash va 
samaradorligini oshirishni har tomonlama keng qo’llab-quvvatlash, shu asosda 
aholi daromadlarini barqaror o’sishini ta’minlaydigan yangi ish o’rinlarini 
yaratish, ushbu maqsadlarda vakolatli davlat organlari, moliya hamda boshqa 
bozor tuzilmalarining Savdo-sanoat palatasi hamda mahlliy hokimiyati va 
boshqaruv organlari bilan mustahkam hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish 
O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va 
raqobatni rivjlantirish davlat qo’mitasining g’oyat muhim vazifasi deb belgilandi. 
Farmonga muvofiq, 2018-yilning 1-yanvariga qadar mutassil yangilanib turuvchi 
quyidagi choralar amalga oshiriladi: 
 Soliq, statistika va kadastr organlarining ma’lumot bazasi bilan o’zaro 
elektron aloqani ta’minlaydigan tarmoqlar, hududlar va turli 
xususiylashtirish shakllari kesimida davlat malkining xususiylashtirilgan 
ob’yektlari bo’yicha ma’lumotlar bazasi; 
 Bo’sh yotgan va samarasiz foydalanilyotgan xususiylashtirilgan ob’yektlar, 
ishlab chiqarish maydonlari va qurilish tugallanmagan b’yektlardan xususiy 


26 
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun foydalanish maqsadida ularning hududiy 
reyeestrlari 
 Xususiy biznesni tashkil etish uchun tadbirkorlarga taklif etilayotgan bo’sh 
yotgan davlat mulki ob’yektlarining hududiy reyestrlari yaratiladi.
21
Bularning barchasi 2018-yilga kelib o’z tasdig’ini topdi. Ya’ni 2018-yilda 
bo’sh turgan davlat mulki ob’yektlarini sotishda elektron tizim yaratildi. 
Mamlakatimizning barcha hududlarida ilgari xususiylashtirilgan va bo’shturgan 
korxona va ob’yrktlar xatlovdan o’tkazildi. Natijada 2 ming 800 tadan ziyod 
investitsiya loyihasi ishlab chiqildi. Avval xususiylashtirilgan korxona va 
ob’yektlardan 1 mimg 70 tadan ziyodi ishga tushirilib, 619,5 milliard so’m 
investitsiya mablag’lari jalb etildi. Buning natijasida tikuv, trikotaj, qurilish 
materiallari, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 7 mimgdan ortiq ish 
o’rni yaratiladi. 
Davlat qo’mitasiga 2017-2018-yillarda Xususiylashtirilgan korxonalarga 
ko’maklashish bo’yich “yo’l xaritalari”ni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish 
vazifasi yuklatilgandi. Shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalarga 
ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzurida Davlat mulkini 
xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi negizida Xususiylashtirilgan 
korxonalarga ko’maklashihs jamg’armasi tashkil etildi. 
2018-yilda xususiylashtirilgan, lekin faoliyat yuritmayotgan korxonalarda 
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yo’lga qo’yish maqsadida mulkdorlar va tijorat 
banklari ishtirokida 1,3 mingdan ortiq investitsiya loyihasini amalga oshirishg 
bo’yicha “yo’l xaritalari” ishlab chiqildi va tasdiqlandi. 2018-yilda shu maqsadda 2 
trillion so’mlk investitsiyalarni o’zlashtirish va 15 mingga yaqin ish o’rnini tashkil
etuish ko’zlangandi va yil yakunida ko’zlangan natijalarga erishildi. 
Korxona yoki ob’yektning ishlamasdan bo’sh turishiga ko’p omillar sabab 
bo’lishi mumkin. Mulkdorning amaliy loyihasi bo’lmasligi, loyiha bo’lsa mablag’ 
bo’lmasligi, ikkalasi ham bo’lsa, kommunikatsiya tarmog’I mavjud bo’lmasligi 
yoki qaysidir davlat organidan ruxsat beruvchi hujjatlarni olishdagi muammolar 
shular jumlasidandir. Shu kabi muammolarni aniqlash va bartaraf etish, 
xususiylashtirilgan korxonalarning moliyaviy va ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini 
tahlil qilish maqsdaida soliq, statistika, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va 
davlat kadastri organlari hamda “Yagona darcha” markazlari bilan 
integratsiyalashgan, muntazam yangilanib boruvchi baza yaratildi. 
O’z biznesini yuritish uchun tadbirkorlarda bilim va ko’nikmani 
shakllantirish maqsadida qo’mita huzurida Tadbirkorlik faoliyati asoslarini 
o’qitish markazi tashkil etildi, uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahrida huduiy bo’limlari tashkil etildi. Shu kungacha 407 ta kursa 
tashkil etilib ularda 7 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’yekti hodimlari o’qitilib 
kelinmoqda. Kurslarda o’qish bepul va ishtirok etish uchun hech qanday chelovlar 
yo’q ekanligi tadbirkorlikni rivojlantirishga e’tiborning yuksak darajadagi isboti 
desak adashmagan bo’lamiz. 
21
“ Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora tadbirlari to’g’risi”da Prezident 
farmoni 18.04.2017. 


27 
Shu davrda mamlakatimizda 45 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilib, ular 
negizida 883 ta loyiha amalga oshirildi. Mazkur loyihalarga 116,4 milliard so’m va 
31,3 million AQSH dollori miqdorida investitsiyalar jalb etildi 
Tadbirkorlikni rivojlantitrish bo’yich yurtimizda birin-ketin qonunlar va 
farmonlar ishlab chiqilib amaliyotga taatbiq etilmoqda. Yuqoridagilarga 
qo’shimcha,O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 20- noyabr kuni 
mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo’llab 
quvvatlashga qaratilgan navbatdagi qarorni imzoladi. Hujjat bilan “Biznes 
yuritish” yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilashga doir 
“Yo’l xaritasi” tasdiqlandi. Hujjatda “Biznes yuritish – 2020” hisobotida 
O’zbekiston 69-o’rinni egallab, islohotlar miqyosi va samaradorligi bo’yicha 
dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy olgani, biroq biznes 
muhitini yaxshilash hamda tadbirkorlar erkinligini ta’minlashda to’siqlar 
mavjudligi, xususan qonunchilik hujjatlarining noto’g’ri ijro etilyotgani qayd etib 
o’tildi. 
“Tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuvlar joylardagi ijrochilar sohada 
amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatidan to’liq xabardor 
emasligi, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaliyotga joriy etilishi 
sezilarli daraja ortda qolayotganligini, ayrim litsenziya va ruxsatnomalarni 
rasmiylashtirishda ortiqcha byurokratik to’siqlar mavjudligini ko’rsatmoqda “ 
22
deyiladi qarorda.
Hujjat bilan barcha darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari rahbarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, 
Toshkent shahri hokimliklari O’zbekiston Konstitutsiyasinig 53-moddasi hamda 
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari 
to’g’risida”gi Qonun talablariga so’zsiz rioya qilishlari shartligi haqida qat’iy 
ogohlantirildi. 
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan 
obyektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta ko’rib chiqish va bekor qilish 
masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza 
qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish, xususiy mulkning 
daxlsizligini buzish sifatida baholanishi hamda bunday ishlar ko’rib chiqish uchun 
qabul qilnmasligi belgilandi. 
Bosh prokraturaga xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar 
huquqlarining kafolatlari to’g’risidagi qonunchilikka qat’iy rioya etilishi ustidan 
nazoratni kuchaytirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
natijalarini qayta ko’rib chiqish va bekor qilish tashabbusi bilan chiqqanlik uchun 
vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining muqarrar javobgarligini jinoiy 
javobgarlikka tortishga qadar oshirishni ta’minlash topshirildi.
Xususiyalshtirishni takomillashtirish maqsadida yana bir hujjat imzolandi. 
Ya’ni Prezidentning 2020-yil 12-maydagi farmoni bilan 2020-2025- yillarda 
O’zbekiston bank tizimini isloh qilish strategiyasi tasdiqlandi. Hujjatga asosan, 
22
“Biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash to’g’risida”gi Prezident Qarori 
20.11.2019. 


28 
xalqaro moliya institutlari ko’magida “Ipoteka bank”, O’zsanoatqurilishbank”,
“Asaka”, “Aloqabank”, “Qishloq qurilish bank” va “Turonbank”dagi davlat 
ulushlari bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi. 
Davlat aksiyalarini sotuvga chiqarilishidan oldin bu banklarda 
transformatsiya jarayoni o’tkaziladi. 
Qayd etish kerak, ushbu 6 ta bank sirasiga “O’zsanoatqurilishbank” va 
“Asaka” banklari- kapitali va aktivlar miqdori, kredit va depozit porfellari hajmi 
bo’yicha O’zbekistondagi ikkinchi va uchinchi raqamli banklar sanaladi. 
Mamlakatdagi eng yirik bank – “ Tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy banki”, 
shuningdek, “Agrobank” va “Mikrokreditbank” ustav kapitallarida davlat ulushi 
saqlab qolinadi. 
Bundan ko’zlangan asosiy maqsad – bank tizimini isloh qilish davrida 
aholiming moliyaviy xizmatlarga bo’lgan talabini qondirish, investitsiya 
loyihalarini qo’llab-quvvatlash mexanizmini (“loyihalar favrikasi”) keng joriy 
qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash hisoblanadi. 
2030-yilgacha O’zbekistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasida 
makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o’sish barqarorligini ta’minlash, iqtisodiy 
tarmoqlarning raqobatbardoshligini, investitsoin va eksport salohiyatini oshirish, 
tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun uchun shart-aharoitlarni 
yaratish, mehnat bozorida keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlari 
o’sishi va kam ta’minlanganlikni qisqartirish nazarda tutiladi. Bu qarorda 
keltirilishicha, davlat korxonalarini moliyaviy holatining zaifligi, to’lov 
munosabatlarining buzilishi, o’z aylanma mablag’lari sueunkali taqchilligi 
oqibatida sohalar ishidagi uzilishlar xususiylashtirish jarayonlari sekinlashishi va 
tadbirkorlik faoliyati erkinligi cheklanishi oqibatlari hisoblanadi. 
Konsepsiyaning davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini oshirish, xususiy 
sektorni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga bag’ishlangan 
yo’nalishida quyidagilar amalga oshirilishi rejalashtirilgan: 
- Davlatning iqtisodiy siyosatini maqbullashtirish va davlat-xususiy 
sheriklikni rivojlantirish orqali davlat xizmati tizimini isloh qilish, 
iqtisodiyotda davlatning rolini qisqartirish ushbu ustuvorlikni amlga oshirish 
davrida O’zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’ladi. 
- Davlat tomonidan tartibga solishni qisqartirishga, infratuzilmaviy 
sektorlarga xususiy sektorni jalb etishga, shuningdek mahalliy davlat 
hokimiyati organlarining rolini kamaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. 
- Samarasiz davlat korxonalarini tarkibiy o’zgartirish yoki qayta 
ixtisislashtirish nazarda tutiladi. Bu, avvalo raqobat afzalliklariga ega 
bo’lgan tarmoqlarda iqtisodiyotning eksport-xomashyoviy 
yo’naltirilganlikdan rivojlanishning innovatsion modeliga o’tishni 
ta’minlaydi.
23
Fikrimizni umumlashtiradigan bo’lsak, xususiylashtirilgan korxonalarni 
qo’llab-quvvatlash natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal 
23
“2030-yilgacha O’zbekistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi to’g’risi”dagi Prezident Qarori 
9.10.2019. 


29 
rivojlantirish, buning natijasida ishsizlikni kamaytirish, aholi turmush sharoitini 
yaxshilashga imkon berish, mamlakatda iqtisodiyotning tayanchi ekanligini 
amaliyotda tatbiq etishdan iborat. Chunki tadbirkorlik ishlab chiqarishni qayta 
qurish, ishlab chiqarish omillarini yangicha uyg’unlikda birlashtirish va tashkil 
etish, ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarini 
samaraliroq muvofiqlashtirish orqali ishlab chiqarishni sifat jihatidan yangi, yuqori 
bosqichga ko’tarishga hissa qo’shishi sir emas, albatta. 


Yüklə 324,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin