30
Xulosa
Sotsializmdan bozor iqtisodiyotiga o’tishda turli mulk
shakllari paydo
bo’lgan bo’lsa, bozor iqtisodiyotidan ko’p ukladli iqtisodiyotga o’tish jarayonida
xilma-xil mulkchilikka asoslangan turli xildagi ukladlar hosil bo’ldi. Hozirgi
aralash iqtisodiyot davrida mamlakatimizda 4 turdagi ya’ni davlat, jamoa, xususiy
va aralash ukladlar mavjud.
Bularning barchasiga birdaniga emas, boshqichma-bosqich amalga
oshirilishi
iqtisodiy siklik jarayonlardan sezdirmasdan o’tish hamda ehtiyotkor
bo’lishni talab etadi. Ko’p ukladlilik sharoitiga erishish
uchun mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish yoki xususiy sektorni erkinlashtirish bilan erishilmaydi.
Buning uchun iqtisodiyotni liberallashtirish ham kerak.
Davlatimiz rahbari 2017-yilda “Yangi O’zbekiston” qurish masalasida
iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda xususiy sektorning rolini kengaytirish taklifini
ham bildirib o’tgan. Shu yo’nalishda yurtimizda mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiy mulk egalarini davlat tomonidan huquq va himoyasi turli
qonunlar asosida ta’minlab qo’yildi.
O’zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish orqali xalq orasida bir necha
muammolar bartaraf etildi. Masalan, aholi o’z uyiga, yeriga ega bo’ldi, ishsiz
yurganlar ish bilan ta’minlandi. Shundan so’ng davlat o’z oldiga undan
ham katta
maqsad qo’ydi ya’ni xususiylashtirilgan ammo ishlamayotgan yoki past likvidli
korxonalarni davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag’lar hisobiga qo’llab-
quvvatlash, ularni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashni amalga oshirib
kelishmoqda. Davlatning bu strategiyasi, xususiy sektorda ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlorni jahon brendiga olib chiqish hamda
raqobatlasha olish shart-
sharoitlari bilan ta’minlashga qaratilgan.
Xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, haqiqiy mulkdorlar
qatlamini shakllantirish, ko’p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish va unda
xususiy mulkning yetakchi o’rinni egallashini ta’minlash, xususiylashtirishni
amalga oshirish bosqichlarida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlarni yaratilishi,
mulkni
tejab-tergab foydalanadigan, talab va taklif qonuni asosida iste’mol
bozorini to’ldira oladigan mulkdorlarga topshirilishi lozimligi, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va milliy iqtisodiyotga to’g’ridan-to’g’ri
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga
molik ekanligi ushbu mavzuda kurs ishining naqadar dolzarb ahamiyatga ega
ekanligidan dalolat beradi.
Kurs ishining yozilishidagi taklif va tavsiyalar quyidagilardan iborat:
• Xususiy va nodavlat sektor tushunchalarini bir-biridan
farqlash;
• Tadbirkorlikni rivojlantirayotgan sub’yektlarni ortiqcha byurokratik
muammolardan chetlatish;
• Xususiy sektorni kengaytirishda davlat o’z ulushuni qisman saqlab
qolishi;
• Tadbirkorlarni muammolarini davlat organlari tomonidan to’liq
o’rganib chiqib, ularni hal etishda ko’maklashish;
31
• Tadbirkorlikni amalga oshirayotgan sub’yekt korxonasidagi turli
kommunikatsiya, suv, gaz, elektr-energiya bilan ta’minlanish
muammolariga chetdan qaramasdan, shu yo’nalishlarda ham qo’llab-
quvvatlash.
Kus ishidan kutilayotgan ilmiy-amaliy natija, shu kungacha sanoat, yer-
uchastkalari hamda bank sohasida o’zgarishlar qilinyotgan bo’lsa, endilikda ular
bilan birgalikda ta’lim- tarbiya va sog’liqni saqlash tashkilotlarida ham islohotlar
o’tkazish chora tadbirlarini ishlab chiqish kerak.
Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali davlat oldida turgan
bir necha
muammolarni hal qiladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda
xususiy mulk huquqi va mulk subye’ktlari davlat himoyasida ekanligi to’g’risidagi
qonunlar oldin faqat nazariy edi. yurtboshimiz tashabbuslari bilan so’ngi yilarda
ularni amaliyotda tatbiq etib, barchaning ongiga uni singdirishga harakat
qilmoqdalar. Chunki oldingi yillarda tadbirkorlar va kichik biznes sub’yektlari
mansabdor shaxslarning noqonuniy tazyiq o’tkazishlari va korrupsiyaning avj
olishidan aziyat chekishardi. Hozirgi kunda esa hamma o’z haq-huquqlari biladi va
bunday noqoqnuniy harakatlarga cheklovlar qo’yilgan.
Shulardan unumli foydalangan holda prezidentimiz tomonidan “ Har bir oila
tadbirkor” loyihasi asosida ko’plab aholi ish bilan ta’minlanib, yana yangi ish
o’rinlari yaratildi. Qolaversa, endi oddiy aholi qatlami ham xususiy mulkidan
kelgan mablag’lar natijasida shaxsiy mulkini ko’paytirish
imkoniga ham ega
bo’lmoqda.
Bu qilinayotgan barcha ishlar aholini yaxshi yashashi, ijtimoiy yordamga
muhtoj qatlamning kamayishi hamda iqtisodiyyotimiz rivojida har bir shaxsning
o’rin egallashi uchun cheksiz imkoniyatlar yaratilmoqda desak mubolag’a
bo’lmaydi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning uzoqni ko’zlab
olib boriyotgan
strategiyasi, siyosati xalqimiz farovonligi uchun o’zining salmoqli hissasini
yetakchi o’rinlarda qo’shib kelmoqda.