Laboratoriya ishi Mavzu: Qobiq dasturlar va arxivatorlar Ishdan maqsad



Yüklə 26,02 Kb.
səhifə5/5
tarix05.08.2022
ölçüsü26,02 Kb.
#117489
1   2   3   4   5
Laboratoriya ishi arxivatorlar

ARXIVATORLAR
Kompyuterda ishlaganda shunday holatlar yuzaga keladiki, qattiq diskdan hech qanday faylni ochirmagan holda, joy boshatish talab qilinadi, yoki disketa hajmidan kattaroq hajmga ega bolgan fayllarni disketaga yozish zarurati tugiladi. Bunday holatlarda arxivator-dasturlar bizga yordam beradi. Arxivatorlar- bu shunday dasturlarki, ular yordamida bir yoki bir necha fayllarni yagona fayl – arxivga kichraytirish imkoniyati mavjud boladi. Fayl-arxiv - hajmi, uning tartibiga kiradigan fayllar hajmdan kichik boladi. Arxivning ixchamlanish darajasi fayl tiliga bogliq, masalan, Word matn muxaririning barcha versiyalarining matinli fayllari, grafikaviy formatga ega bolgan fayllar va dasturlar fayllariga nisbatan yaxshiroq arxivlanadi. Arxivator-dasturi belgilangan fayllar nusxasini arxivlab, siqilgan holda arxivga joylashtiriladi. Endi arxiv nushasini disketaga yozish mumkin, yoki qattiq diskda joy boshatish maqsadida falylarning asl nusxasini ochirib tashlash mumkin. Arxiv arxivlashtirilgan fayllarni ochish jarayoni ham oddiy. Arxivator- dasturi yordamida arxiv tarkibiga kiruvchi fayllar royhatini korish mumkin. Kerak bolgan fayllarni ochish xaqida ham ularni belgilangan holda komanda berish mumkin. Bu holda ochilgan fayllarning nusxasi arxivlashgan holda arxivda qolaveradi va ular maxsus komanda berilgan holdagina ochirilishi mumkin
WinZip arxivatori xarakteristikasi. WinZip Windows muhitida ishlatiladigan ommabop arxivatorlardan biri. WinZip dasturi.zip, tipidagi arxivlar bilan ishlash uchun moljallangan. Bundan tashqari ushbu arxivatorni boshqa arxivatorlar yordamida arxivlangan fayllar bilan ishlashga ham moslashtirish mumkin. WinZip dasturini ishga tushirish: vazifalar panelidan «Пуск» tugmasi bosiladi va Windows Bosh menyusi ochiladi; Программы bandidan WinZip tanlanadi; ekranda WinZip oynasi ochiladi. Win Zip oynasi quyidagilardan iborat: Oyna nomi va menyu. Menyu oyna nomi ostida joylashgan satrida WinZip dasturi buyruqlari joylashgan. Menyu ostida uskunalar paneli joylashgan. Bu panelda tez-tez bajariladigan buyruqlarni ifodalaydigan 8 ta yirik tugmalar joylashgan. Таблица атрибутов файлов- bu arxivlashtirilgan fayllar xaqida turli axborotlar joylashgan bir necha ustunlardan iborat bolgan jadval: Name - fayl nomi va bu faylni ochish mumkin bolgan dastur piktogrammasi; Modified-faylning oxirgi marotaba ozgartirish ish muddati; Size- faylning arxivlashtirilgunga qadar bolgan baytlardagi xajmi; Ratio- arxivlangan faylning birlamchi holatiga nisbatan foizi; Packed- arxiv fayl kattaligi; Path- arxiv faylning asl nusxasi joylashgan katalogga yol. Oynaning pastki qismida «Стрoки состояния» holat satri joylashgan.

Advertisements


WinZip arxivatori turli ko`rsatkichlarni sozlash uchun katta imkoniyatlarga ega. Masalan: arxivlashda faylni ixchamlashning turli xil darajalarini o`rnatish mumkin. Arxivning mumkin qadar kichik hajmda bo`lishi talab etilsa, fayllarni yuqori darajada ixchamlash o`rnatiladi. Ammo bunda fayllarni arxivga qo`shish vaqti davomiyligi ortadi. Shuning uchun arxivga juda katta miqdordagi fayllarni tеz joylashtirish lozim bo`lsa, ixchamlashning past darajasini o`rnatish o`rinlidir. Bunda fayllar tеzroq ixchamlanadi. WinRAR arxivatori xarakteristikasi. Еvgеniy Roshal tomonidan tuzilgangan WinRAR arxivatori hozirgi kunda king qo`llanilmoqda. WinRAR dasturi boshqa arxivatorlarga nisbatan fayllarni, shu jumladan arxivlanishi yomon bo`lgan grafik va multimedia fayllarini yaxshiroq ixchamlash imkoniyatiga ega. Ayniqsa, kichik, bir tipga mansub katta miqdordagi fayllarni arxivlashda ixchamlashning yuqori ko`rsatkichlariga erishish mumkin. WinRAR dasturining yana bir muhim imkoniyati shundaki, ushbu arxivator yordamida ko`p tomli arxiv, ya'ni bir nеchta qismga bo`lingan arxiv yaratish mumkin. Bunday ko`p tomli arxivni bir nеcha diskеtalarga yozish va kеyinchalik qiyinchiliksiz ularni ochish mumkin. Bunday imkoniyat fayl hajmi ixchamlangan taqdirda ham diskеta hajmidan katta bo`lganda qo`l kеladi.
WinRAR arxivatorini yuklash va uning ishchi oynasi bilan tanishish. WinRAR dasturini ochish uchun: vazifalar panеlidagi Пуск tugmasi bosiladi; bosh mеnyudan Пуск – Программы- WinRAR- WinRAR kеtma-kеtligi tanlanadi. Ekranda WinRAR dasturining ishchi oynasi ochiladi. Oynaning yuqori qismida dastur oynasining standart atributlari - oyna sarlavhasi va mеnyu satri joylashgan. Sarlavhada dastur nomi va oyna holatini o`zgartiradigan tugmalar joylashgan.
WinRAR dasturining ishchi oynasi tuzilishi Quyida mеnyu satri ostida joylashgan dasturning asosiy tugmalari izohi bеrilgan: - Fayllarni arxivga joylashtirish - Arxiv faylni ochish; Arxivdagi fayllarni tеkshirish Faylni ko`rib chiqish - Faylni o`chirish; - ilk foydalanuvchilar uchun Mastеrni chaqirish Tanlangan fayl haqida axborot bеrish; - Zarar еtgan arxivni qayta tiklash.
WinZip dasturida arxiv fayl yaratish va uni ochish. Readme. txt matn fayli uchun Readme.zip arxiv fayl yaratamiz. WinZip ishchi dasturi uskunalar panelidagi New (Создать) tugmasini sichqoncha bilan bosing. New Archive (Новый архив) muloqot oynasi ochiladi. Agar muloqot oynasida boshqa papkadagi fayllar royxati ifodalangan bolsa, C:\Program Files\ WinZip papkasini tanlang. Имя файла maydonida yaratilayotgan arxiv nomini - Readme.zip yozing va OK tugmasini bosing. Bunda arxiv fayl yaratish jarayoni tugaydi va muloqot oynasi yopiladi. Arxiv ishchi oynasi sarlavhasida uning nomi -Readme.zip yoziladi. Arxiv yaratish jarayoni tugagach, WinZip dasturi ishchi oynasini yopamiz: (fayl-выход) tanlanadi. WinZip dasturini chaqirmagan holda ham arxiv yaratish mumkin. Bu usul Проводник dasturi orqali amalga oshiriladi: Vazifalar panеlidagi Пуск tugmasini bosib Windows opеratsion tizimining asosiy mеnyusini oching; asosiy mеnyudan «Программы»- «Проводник» buyrugini tanlang. «Проводник» dasturining ishchi oynasi ochiladi.. C: \ Program Files \ WinZip papkalarini tanlang sichqonchaning o`ng tugmasini papkaning ixtiyoriy joyida (fayllar nomi yozilgan ustundan tashqari) bosing. Fayllar bilan ishlash uchun kontеkst mеnyu namoyon bo`ladi.
Создать- WinZip File buyru/i tanlanganda «Проводник» ishchi oynasida yangi fayl – arxiv hosil bo`ladi.
WinZip File.zip nomini Readmi.1. zip ga o`zgartiring va Enter tugmasini bosing. Arxivdan faylni ochirish uchun quyidagi oynada Delete tugmasidan foydalaniladi.
Arxivator- dasturlaridan foydalanish Internet tarmogining foydalangan holda ham talab etilishi mumkin. Ayrim fayllarni tarmoq orqali uzatish vaqtini qisqartirish maqsadida, ular Internetga arxiv shaklida joylashtiriladi. Kop hollarda bular dasturlar fayllari, hamda Word matn muxarriri va MS Excel elektron jadval redaktori formatidagi xujjat faylidir. Amalda juda kop turli tipdagi arxivlar va undan ortiqroq ular bilan ishlaydigan arxivator-dasturlar mavjud. Kop hollarda.zip,.arj formatodagi arxivlar, oxirgi paytlarda esa.rar formatidagi arxivlardan foydalanilmoqda.
WINRAR ning ba`zi bir axamiyatli xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. RAR va ZIP2.0 arxivini to`liq qo`llab quvvatlaydi; 2. Berilganlarni siqishda yuqori effektga ega ekanligi ; 3. Buyruqlar qatori interfeysidan foydalanish imkoniyati; 4. Boshqa formatdagi arxivlar bilan ishlashi(ACE; ARJ;BZ2; CAB; GZ; ISO ); 5. Ko`p tomli arxivlarni qo`llab quvvatlaydi; 6. SFX ni turli modullari yordamida oddiy va ko`p tomli arxivlarni xosil qilish; 7. Fizik zararlangan arxivlarni qayta tiklash imkoniyati; 8. Qayta tiklash uchun maxsus tomlarni yaratish va foydalanish imkoniyati, ko`p tomli arxivlarni zararlangan yoki etishmayotganlarini qayta
WINRAR ni grafik qobiqli rejimda foydalanish WINRAR belgisi ustida sichqoncha tugmasini ikki marta bosish bilan yoki PUSK\PROGRAMI\ WINRAR buyruqlari ketma ketligida bo`lishi mumkin.
ARXIVLASH DASTURLARI- diskda joyni tejash maqsadida fayllar xajmini kichraytirishga imkon beruvchi dasturlar. Ular turlicha ko`rinishda ishlatilsa-da, ishlash tamoyili bir xil : fayllarda aynan takrorlanadigan o`rinlar mavjud bo`lib, ularni diskda to`liq saqlash mazmunsizdir. Arxivlash dasturlarining vazifasi takrorlanadigan shunday bo`laklarni topib, ularning o`rniga boshqa biror ma`lumotni yozish xamda ularning ketma-ketligini aniq ko`rsatishdan iboratdir. Bundan ko`rinadiki, turli fayllar uchun ularning siqilganlik darajasi turlicha bo`ladi. Masalan, matn yozilgan fayllar to`rt, besh martagacha siqilsa, rasmlarni tasvirlovchi fayllar juda oz siqiladi. Dasturlarni ifodalovchi fayllar -1% ga yaqin siqiladi. O`rtacha qilib aytganda arxivlash dasturlari fayllar xajmini barobar qisqartirishga imkon beradi.
Kompyuterlardan foydalanish jaraenida turli sabablarga ko`ra magnit disklardani ma`lumotni o`chirish eki zararlantirish mumkin. Bu magnit diskini ishdan chikishi, fayllarning noto`qri taxriri eki faylni extietsizlik okibatida o`chirilishi, eki kompyuter virusining zarari natijasida yuz beradi. SHuning uchun foydalanaetgan fayllarning arxiv nusxasini ko`chirish va o`zgartirilaetgan fayllar nusxasini yangilab turish zarur.
Fayllarni arxivlash - fayllarni ma'lum bir qoida asosida siqilgan, ixchamlangan holatda diskda saqlash demakdir. Arxivlash qattiq disk ishdan chiqishi yoki faylning tasodifan o`chirilishi sodir bo`lgan hollarda joriy faylni qayta tiklash uchun yordam beruvchi vosita sifatida ham qo`llaniladi. Arxivlash BACKUP paket programmasi orqali ham (Win95 muhitida) amalga oshiriladi. Bu programma haqidagi to`la ma'lumotlarni spravka bo`limidagi «fayllarni arxivlash» kalit so`zli komanda orqali olish mumkin.
Yüklə 26,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin