Ligi farg‘ona davlat universiteti tarix o’qitish metodikasi fani bo’yicha



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə5/79
tarix07.06.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#116719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
2 5262727284392987390

Аsоsiy аdаbiyotlаr va mаnbаlаr:

1. Kаrimоv I.А.Yuksak ma`naviyat-engilmas kuch.T.,2008.


2. Kаrimоv I.А.O`zbеkistоnning o`z istiqlоl vа tаrаqqiyot yo`li. T., 1992.
3. Kаrimоv I.А.Tаrixiy xоtirаsiz kеlаjаk yo`q. T., 1998.
4. Mirziyoev Sh.M.Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T., “O‘zbekiston”. 2017.
5.Ishmuhammedov.R., Abduqodirov. Ta`limda innovatsion texnologiyalar. T.,2008.
6.M.Tojiboyev, Z. Ilhomov. O`zbekiston tarixini o`qitishning metologiyasi.T., 2003.


3.Tarix o’qitishda bosma usullar bilan ishlash usuli (2 soat)
Reja:


1.Tarixiy faktlarni va xronologiyani o`rganish.
2.Darslik bilan va tarixiy xujjatlar bilan ishlash usullari.
3. Og`zaki jonli bayon qilish va yning turlari.
4. Tarix o`qitishda bosma matnlardan foydalanish usullari


Таyanch so’z vа ibоrаlаr:
Каdrlаr tаyyorlаshning milliy dаsturi. Shахs kаmоlоti. Shахsning kаsb fаоliyati. O’qituvchi-pеdаgоg fаоliyati. Та’lim ustivоrligi. Та’limning uzluksizligi. Мilliy tаriх. Та’limni dеmоkrаtlаshtirish. Теst sinоvlаri. Та’lim tizimining qаytа tuzilishi. Та’limning bоsqichlаri. Та’limdа-Мilliy mоdеl. Таriх fаni stаndаrti. Ijtimоiy оng vа tаriх fаni. Vаtаn vа Jаhоn tаriхi fаnlаridаgi uzviy аlоqаdоrlik. Таriх o’qitishdа kоnsеptuаl-mеtоdоlоgik muаmmоlаr.
Ma`lumki, 1997 yil 29 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida “Ta`lim to`grisida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. Bu ikki hujjat har bir o`qituvchi, murabbiy va xalq ta`limi xodimining o`z vazifalarini bajarishda dasturilamal bo`lib qoldi.
Tarix fanini o`qitish usullari muommolariga to`xtaydigan bo`lsak, tarix o`qitish usullari ilmiy pedagogik fan bo`lib, u o`quvchilarga tarixdan puxta bilim berish, ularni huquqiy demokratik, fuqarolik jamiyati barpo etishda maktabda o`qitiladigan tarix kursining maqsadini, ta`lim-tarbiyaviy vazifalari, mazmuni, uslub va usullarini hamda tarix o`qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi.
Tarix o`qitish usullarining asosiy fan sifatida o`rganishdan ko`zda tutilgan maqsad kelgusida o`qituvchi bo`lib chiqadigan talabalarni maktabda tarix o`qitishning ilmiy asoslari bilan qurollantirishdan iborat.
Tarix o`qitish uslubiyoti o`zining mustaqil tekshirish faniga ega. Maktabda tarix fanining o`qitilishi va o`qitish jarayonining o`rganilishi tarix o`qitish usullarining fanini tashkil etadi.
O`qitish jarayonining ob`yektiv sur`atda amal qiladigan o`z qonuniyatlari bor. Ularni bilib olish va ta`lim tarbiya jarayonida bu qonuniyatlarga amal qilish, ulardan oqilona foydalanish maktabda tarix o`qitishni ilmiy asosda olib borishning muhim shartidir.
Mustaqillik sharofati bilan biz huquqiy demokratik, fuqarolik jamiyati barpo etayotgan ekanmiz, shu bosqichda tarix o`qitishni yanada takomillashtirib borish, o`qitish jarayonini uning ob`yektiv ravishda amal qiluvchi qonuniyatlarini aniq va mukammal bilib olish, bu qonuniyatlardan huquqiy demokratik jamiyatning faol va ongli quruvchisini tayyorlab yetishtirish maqsadida to`gri foydalanish zarurdir. Chunki o`qituvchi jamiyatning yosh avlod ta`lim-tarbiyasiga qo`ygan ijtimoiy buyurtmaning asosiy ijrochisidir.
O`qitish metodi deganda ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilarning ma`lum maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o`qitish metodlari xar ikkala faoliyatning ya`ni o`qituvchi tomonidan o`quvchilarni bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish, g`oyaviy axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashning shakllantirish hamda o`quvchilar tomonidan o`sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish faoliyatida qo`llaniladigan usullarni o`z ichiga oladi.
“Ta`lim to`g`risidagi” qonunda ta`lim mazmunini takomillashtirish, uning g`oyaviy-tarbiyaviy yo`nalishini kuchaytirish bilan birga o`qitish metodlarini ham faollashtirish asosiy vazifa qilib qo`yildi.
Endilikda ta`lim mazmuni insoniyat to`plagan tayyor bilimlar ko`nikma va malakali uni puxta egallash bilan birga, o`quvchilarni mustaqil fikr yuritish, ijodiy ishlash qobiliyatlarini o`sishini ta`minlay oladigan ijodiy faoliyatni ham o`zida birlashtirish lozim. Ta`limning rivojlanish prinsiplariga ko`ra, o`quvchilarni mustaqail fikrlash va ijodiy ishlay bilishga o`rgatish va ularda zarur ko`nikma, malakalarini yuzaga keltirishda ta`lim mazmuni bilan birga o`qitish metodlari ham muhim rol uynaydi.
Oqitish metodlari murakkab muommo bo`lib, maktab oldiga qo`yilgan ma`suliyati vazifalarning hal etilishi ko`p jihatdan uning tog`ri xal qilinishiga bog`liqdir. Biroq xozircha o`qitish usullarining bu muhim muommosi xususan tarix o`qitish metodlari sistemasi yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Metodik adabiyotda metodistlar tomonidan “Metod”, “Metodik usullar” tushunchasi turlicha talqin etiladi va klassifikatsiya qilinadi.
O`qitish usullariga tarix ta`limi metodlari sistemasining yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi va bu sohada yagona fikr bo`lmaganligi maktab tarix o`qitish amaliyotida jiddiy kamchiliklarga olib keladi. Ko`p hollarda o`quvchilar o`qitish metodlarini va usullarini tanlashda dars va darsdan tashqari mashg`ulotlarda o`quvchilarga faqat tayyor bilim berish, ya`ni ularni oqitish ta`limini bir tomonini kuzda tutib o`quvchilarning o`rganish, ta`limning ikkinchi muhim tomonlarini uyushtulish unga rahbarlik qilish bilim, malaka va qobiliyatlarini sismavzuli ravishda o`stirib borish kabi muhim jihatlarni e`tibordan chetda qoldiradilar. Shuningdek o`qitishning metod va usullarini tanlash o`quv materiallarining mazmunidagi o`ziga xosliklarni, uning ta`lim-tarbiya vazifalarini o`quvchilarning bilimi malakasini e`tiborga ola bilmaslik hollari ham shunday jiddiy kamchiliklar jumlasidan edi.
Bu hol ma`lum darajada o`quvchilarning tarix faniga qiziqishlari pasayishiga umumiy ta`lim-tarbiya ishlarini natijasiga salbiy ta`sir ko`rsatdi.
Shu bilan birga maktab amaliyotida, ayniqsa keyingi yillarda o`quvchilarni tarix fani vositasida tarbiyalashda, uni o`qitishni ilmiy asosda olib borish, ta`lim tarbiya ishlari samaradorligini oshirish sohasida ko`pgina ilg`or tajribalar o`tkazildi va umumlashtirildi.
O`qitish metodlarini ilmiy asosda klassifikatsiyalash masalasi pedagogika fanida o`qitishning turli bosqichlarida turlicha hal qilib kelindi. O`qitish metodlari klasifikatsiyasiga ba`zan analiz va sintiz, deduktsiya va induktsiya kabi mantiqiy operatsiyalar asos qilib olinib, o`qitish metodlari induktiv, analitik va boshqa mantiqiy usullar sifatida xarakterlanadi. O`qitish metodiga bu xil qarash N.Vagin ta`kidlaganidek, tarix o`qitish usullariga tan olinmadi. Maktabda tarix o`qitish tajribasi shuni isbotladiki yuqoridagi mantiqiy operatsiyalar o`qitish va o`rganishning barcha bosqichlarida turli xarakterdagi xilma-xil, didaktik va metodik vazifalarni xal qilishga ishtirok etsada, mustaqil o`qitish metodlari bo`lib xizmat qila olmaydi. Taniqli metodist A.I.Strojev aytganidek material bo`yicha qilinadigan ana shu mantiqiy operatsiyalardan tashkil topadi.
O`qitish metodlarini ba`zan o`quvchilarning bilish faoliyati, faollik darajasiga qarab klassifikatsiyalash tavsiya qilinadi.
Bu tarzda ajratish o`qitish metodlaridan ko`ra, ko`proq o`qitishning umumiy xarakteriga taalluqlidir.
60 yillarda tarix o`qitish metodlari va ularni klassifikatsiyalash turlicha xal qilinadi. Metodist A.I. Strojev «Tarix o`qitishni tashkil etilishi, metodlari va vositalari tarix fanining ma`lum ta`lim tarbiya vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi» - deydi. Biroq u ham o`qitishning asosiy metodlari tarixiy jarayonning o`zini o`rganish metodidan iborat qilib qo`yib masalada noaniqlikka yo`l qo`yadi. A.I. Strojev quyidagi o`qitish metodlarini tavsiya qiladi.
1) tarixiy faktlarni o`rganish metodlari.
2) xronologiyani o`rganish metodlari.
3) mahaliy tarixiy voqealarni o`rganish metodlari.
4) asosiy tarixiy tushunchalarni shakllantirish metodlari.
5) sabab - natija aloqalarni o`rganish metodlari.
6) tarixiy jarayonning qonuniyatlarini ochib berish metodlari. Ma`lumki, tarix o`qitish va o`rganishni tashkil etish jarayonidan iborat.
Metodist N.Strojevning klassifikatsiyasidan ham ko`rinib turibdiki, u faqat o`qituvchining o`quvchilarni o`qitishni kuzda tutadi. O`quvchilarning o`rganishni tashkil etish va ularning o`rganishga o`qituvchining rahbarlik qilishni e`tiborga olmaydi.
Metodist V.T.Kartsov bu masalada boshqacha yo`l tutadi. U metodlari sistemasiga o`quv xarakteriga ega bo`lgan belgilar (“Bayon qilish metodi”, “So`rash metodi”) va umumiy didfaol vazifalar (“Materialni o`rganish metodi”, “Mustahkamlash metodi” “Bilimni tekshirish metodi” va boshqalar)ni emas balki o`quvchilarning tarixiy voqealarni bilish qonuniyatlarini asos qilib oladi. Binobarin deb hisoblaydi V.T.Kartsev o`quvchilarda tarixiy tasavvur va tarixiy tushunchalarni shakllantirish metodlari haqidagi masala usullarining markaziy masalasi ochishi kerak. Shu asosda u, o`quvchilarda tarixiy tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning 4 gruppasi borligini aytadi.
1) Tarixiy tasavvurlar va tushunchalarni shakllantirish metodlari.
2) Umumiy tushunchalarni shakllantirish metodlari.
3) Vaqt va fazoda tarixiy rivojlanish dialaktikasini ochib berish metodlari.
4) Tarixni zamonaviy voqealar bilan bog`lash metodlari.
5) Tarixiy bilimlarning hayot bilan bog`lash.
Shunday qilib, V.T.Kartsev o`qitish metodlari sistemasini bilishning ma`lum bosqichlari bilan bog`laydi. Ammo V.T. Kartsevning tarix o`qitishda o`quvchilarda tarixiy tasavvurlarni shakllantirishga katta ahamiyat berishi shu davrdagi ilmiy metodik fikrni o`qitishning vazifasi tarixiy tushunchalarni shakllashtirish va tarixiy qonuniyatlarni ochib berish bilan tugamasligi haqida muhim xulosaga olib keldi. Shuningdek V.T.Kartsev tarixiy bilimlardan zamonaviy voqealarni tushunib yetish, undan xayotda, foydalanib kelish malakasini vujudga keltirish, ham tarix o`qitish vazifasiga kirishini ko`rsatib berdi. Biroq o`qitish metodlari sistemasini bilishning ma`lum bosqichlari bilan bog`lab quyganligi uning jiddiy kamchiligi edi.
60 yillarda sobiq sovet pedagogikasida o`rganilayotgan fanni bilish manbalarni o`qituvchining jonli so`zi, ko`rsatmalilik va tekstlarni o`qitish metodlariga asos qilib olishga katta urin berildi.
70 yillarning boshlarida kelib tarix o`qtish usullarida ham o`qitish metodlari klassifikatsiyasiga o`quvchilarning bilish manbalari asos qilib olina boshladi. Metodist P.S.Leybengrub ta`lim manbalari asos ya`ni bilish manbalari asosida maktabda tarix o`qitishning quyidagi metodlarini ko`rsatadi.
1) Hikoya metodi va maktab leksiyasi.
2) Suhbat metodi.
3) Ko`rsatmali metod.
4) Darslik bilan ishlash metodi.
5) Tarixiy hujjatlar bilan ishlash metodi.
6) Badiiy adabiyotlardan foydalanish metodi.
P.S.Leybengrub og`zaki bayon qilish metodlarining hammasini hikoya va leksiyadan iborat qilib qo`yadi. N.Vagin o`zining tarix o`qitish metodlari klassifikasiyasiga bilim olish mansalari bilan birga bilim olish usulini ham asos qilib olgan. U o`qitish metodlarini qo`uyidagi uch gruppaga bo`ladi.
1) Jonli so`z: hikoya, tavsiflash, xarakteristika, problemali bayon.
2) Ko`rsatmali metodlar, rasmlar va boshqa ko`rsatmali qurollar, doskaga chiziladigan grafik yozuvlar, texnika vositalari va boshqalar.
3) Tekstlar bilan ishlash metodlari.
O`qitishning metod va usullarini tanlashda shuni nazarda tutmoq kerakki, o`quvchilar esda saqlab qolishi zarur bo`lgan bilimlarni shunchaki bayon qilib quya qolish bilan maqsadga erishib bo`lmaydi. O`qitish jarayonida o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish ularni amaliy faoliyatga tayyorlash o`rganish ham lozim. Ularda mustaqil ijodiy izlanish, yangilikka intilishni qidirib topish va amaliy faoliyatga joriy eta bilish qobiliyatini ham rivojlantirish zarur.
O`qitishning birinchi va ikkinchi usulida o`quvchilar o`rganiladigan materiallarni puxta esda saqlab qolishlari va uni qayta so`zlab berishlari mumkin. O`quvchi tushuntirib beradigan tayyor bilimlarni tushunib olish qiyin emas, ularni faqat esda saqlab qola bilish kerak. Bu usulni muhim tomoni shundaki, u nisbatan qisqa vaqt ichida katta kulamdagi tarixiy bilimlarni o`rganish va o`quvchilar diqqatini rivojlanishiga yordam beradi. Ammo bu usul o`quvchilarda ayniqsa yuqori sinf o`quvchilarida tarixni o`rganishga qiziqish o`yg`ota olmaydi.
Ularning tafakkuri, bilim, malaka va qobiliyatlari rivojlanishini ta`minlay olmaydi.
Muommoli ta`lim yoki muommoli o`qitish usuli birinchi usuldan ko`ra samaraliroqdir. O`qituvchi o`quv materialini bayon qila turib o`quvchilar oldida problematik saboqlar qo`yadi, o`quvchilar bilan birga uni xal qilish yo`llarini topadi. Boshqacha qilib aytgani o`qituvchi o`quvchilarga tarixiy bilimlarni tushuntirish bilan birga, ularni shu bilimlar ustida uylashga majbur etadi, ularni fikrlash faoliyatini faollashtiradi, qiziqishlari ortadi. O`quvchilar o`qituvchi rahbarligida problemali mantiqiy vazifalarni bajarish jarayonida mustaqil mulohaza qilish va mustaqil fikrlashga o`rganadi. Bularning hammasi o`quvchilarning tarixiy fikrlashga tadqiqot ishlarining dastlabki oddiy malakalarini egallab olishlariga yordam beradi.
O`quv tekshirish ishlari ham turli usullar yordamida amalga oshiriladi.
O`qitish metodlariga ta`rif berganda birinchi navbatda u o`qituvchining o`qitishi va o`quvchilarning o`rganish yoki bilim faoliyati usullaridan iborat ekanligini nazarda tutushi kerak. Haqiqatdan ham, o`qituvchi ko`rsatmali vositalar yordamida so`zlab berish yoki qandaydir amaliy xarakatlarni ko`rsatish ularni tushuntirib borish jarayonida o`zi faol fikrlash bilan birga o`quvchilarni ham fikrlash faoliyatini qo`zg`atadi va o`quv materialining o`zlashtirilishiga rahbarlik qiladi, ular yordam ko`rsatadi. Binobarin o`qitish metodlariga o`qitish va o`rganish usullari va o`ta bog`lab o`qituvchi va o`quvchilarning tafakkur qilish faoliyati asos qilib olinadigan bo`lsa, uni qo`yidagicha ta`riflash mumkin.
O`qitish metodlari o`qituvchilarning faol fikrlash asosida o`quvchilarni o`qitishga o`qituvchi rahbarligida o`quvchilarning ilmiy bilimlarini o`zlashtirish va amalda qo`llana bilishlariga ilmiy dunyoqarash va e`tiqod hosil qilishlariga aqliy va jismoniy ko`nikma va malakalarini egallashlariga bilish va ijodiy qobiliyatlar usishiga yordam berishni ta`minlovchi usullardan iboratdir.
Maktab ta`limi metodlari sistemasidan to`g`ri foydalanilgan taqdirdagina ta`lim tarbiya ishlari sohasida yaxshi natijalarga erishish mumkin. Maktab ta`lim metodlari sistemasi deb eng umumiy belgilari bilan o`zaro bog`langan bir biriga ta`sir ko`rsatadigan metodlar gpuppasiga aytiladi. Bu metodlarning umumiy muhim belgilari o`qitish va o`rganish usullari, hamda o`qituvchi va o`quvchilarning tafakkur faoliyatidan iboratdir.
Bip-biri bilan bog`langan o`qitish metodlarini quyidagi gruppalarga ajratish mumkin.

  1. og`zaki o`qitish metodi, bu metod o`z navbatida ikki turga bo`linadi.

    1. og`zaki ta`lim metodi;

2) bosma tekstlar yordamida o`qitish metodi;
b) ko`rsatmali ta`lim metodi
v) ta`limning amaliy metodi.
O`qitsh usullari va o`quvchilar tafakkur faoliyatining turli formalari o`rtasidagi o`zaro aloqa va ularning bir biriga ko`rsatadigan ta`siri asosida bir sismavzudagi metodlarning o`zaro bog`ligi yuzaga keladi. Maktab tajribasida ko`rsatmali o`qitish deyarli hech qachon o`qituvchining bayonisiz qo`llanilmaydi, o`qituvchining bayoni ham doim ko`rsatmali vositalarga suyanadi. O`quvchilarning texnika vositalari, tekstlar va boshqalar ustidagi amaliy faoliyati ta`limning ko`rsatmali va og`zaki usullari bilan chambarchas bog`liq bo`ladi.
Mazkur metodlar sistemasi maktabdagi barcha o`quv predmetlarini o`qitishda qo`llanishi mumkin. Ammo ularning fani, xususan tarix fanining mazmunidagi o`ziga xos xususiyatlar, uning ta`lim- tarbiyaviy vazifalarga mos ravishda turli metodik usullarda foydalaniladi.
O`qitish usullari va o`quvchilarning o`rganish bilish faoliyati usullari
turli fomalarda bir-biri bilan qushilib, o`qituvchi va o`quvchilar faol ishtirok etadigan o`quv tarbiyaviy jarayonning yagona metodini tashkil qiladi. Bu usullar gruppasidan birortasini ham e`tibordan chetda qoldirib bo`lmaydi, aks holda ta`lim-tarbiya jarayonida o`qitish metodlarini belgilashda yaxshi natijaga erishib bo`lmaydi.
O`qitish va o`rganish usullari ta`lim metodlarining tarbiyaviy qismi bo`lishi bilan birga o`qituvchi va o`quvchilarning faol tafakkur qilish faoliyati va xatakteriga mos bo`lgan xuddi shunday usullarni ham o`z ichiga oladi.
Ammo o`qitish usullarining belgilar, hamda muhim spetsifik xususiyatlarga ega bo`lgan holda ta`lim metodlari bilan bog`liq bo`ladi. Shu jihatdan o`qitish usullari barcha o`quv predmetlari uchun umumiy bo`lgan didaktik metodlardan farq qiladi.
Metodik usullar o`qitish fani tarix ko`rsining mazmuni bilan bog`liq va unga ta`sir ko`rsatadi. Shunday qilib o`qituvchi darsga tayyorlanishda o`quv materiallarining mazmuniga muvofiq va bu materialning ta`lim tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradigan metodik usullarni tanlab olish shart.
Ma`lumki xar bir darsga va darsdan tashqari mashg`ulotga tayyorlanish, dars va mashg`ulot maqsadini ularning ta`lim-tarbiya vazifalarini belgilashdan boshlanadi. O`quv materialining mazmuniga muvofiq uning ta`lim-tarbiya vazifalarining amalga oshirishga yordam beradigan metodik usullarni to`g`ri ilmiy asosga tanlab olish o`qituvchining bu boradagi nazariy bilim darajasi va metodik usullar sistemasini qanchalik o`zlashtirib olganligiga bog`liqdir.
Ma`lumki, maktab tarix kursining mazmuning ayrim konkret va tipik voqealardan iborat faktlar tashkil etadi. Bu faktlar o`quvchilarga ijtimoiy xayotning barcha tomonlari, bu tomonlarning rivojlanishi va ular o`rtasidagi o`zaro aloqalar haqida bilim beradi, ularning aqli, uyi, xayoli, so`zi va irodasiga ta`sir ko`rsatadi. Tarixiy faktlarning xarakterli xususiyati shundaki ularni bevosita xissiy tasavvurlar asosida o`rganib bo`lmaydi. Shuning uchun o`tmishga doir eng muhim faktlarni obrazli tasavvur etishning ahamiyati g`oyat kattadir. Obrazli tasavvurlar o`quvchilarning tarixiy voqealar haqidagi faktlarni jonli idrok etishlariga yordam beradi.
Shunday qilib, o`tmishning xayotiy voqealari haqidagi obrazli tasavvurlar o`quvchilar olgan tarixiy bilimlarining birinchi eng muhim tafakkur imkoniyati bo`lib xizmat qiladi. Ana shu asosda o`quvchilarda obrazi tarixiy tasavvurlarni shakllantirishning metodik usullarini gruppalarga ajratish mumkin. O`qituvchining voqeali suratlab tavsiflashi, syujetli hikoya, badiiy tarixiy tekstlarni o`qib berishi va o`qitishning boshqa usullaridan foydalanish, shuningdek uning obrazli bayon va suratlar asosida o`quvchilarning ham hikoya qilib berish, insho yozish kabi o`rganish usullari bir gruppani hosil qiladi.
Maktab tarix kursida ta`lim tarbiyaviy jihatdan juda muhim bo`lgan keng va obrazli qilib yoritilgan faktlardan tashqari ular o`rtasidagi bog`lanishlarni aniqlashga yordam beradigan boshqa faktlar voqeaning sodir bo`lgan yili, joyning nomi va statistik ma`lumotlar ham berilgan. Ular juda qisqa ba`zan spravka shaklida bo`lsada tarixiy jarayonni bir butun yaxlit tasavvur etish uchun tushunchalar sistemasini na ijtimoiy rivojlanishning qonuniyatlar to`liq o`zlashtirishga yordam beradi.
Shunday qilib o`quvchilar xotirasida saqlab qolishi kerak bo`lgan tarixiy materiallar tarixiy bilimning ikkinchi muhim tarkibiy qismini tashkil etadi.
Tarix o`qitish amaliyotida tarixiy materiallarni puxta va mustaxkam o`zlashtirishga yordam beradigan ko`pgina samarali usullar bor. Materialni bayon qilib berishda o`qituvchi va o`quvchilarning o`quv materiali yuzasidan og`zaki va yozma reja, voqealar kalendari va xronologik jadvallar tuzishlari, raqamlarni yozish, grafika yozuvlarini olib berishlari, diagrammalar chizish va aplikatsiyalardan foydalanishlari, konturkarta va daftarda yozuv-chizuv ishlarini olib borishini shular jumlasidandir.
O`quv materialini o`quvchilarning xotirasida mustaxkam o`rnatishga yordam berash bu va shunga o`xshash boshqa usullarni birinchi gruppaga kirgan usullar bilan uzviy bog`langan ikkinchi gruppaga kiritish mumkin.
Shuni aytish kerakki, obrazli tarixiy tasavvurlarni shakllantirish tarixiy faktlar, xronologiya va boshqalarni xotirada mustaxkam saqlab qolish tarixni o`rganishning birinchi bosqichini tashkil etadi xolos. Uning eng muhim ikkinchi bosqichi tarixiy tushunchalarni shakllantirishdir.
Tushuncha o`quvchilarga konkret tarixiy faktlar va qonuniyatlarni, ularning muhim belgilari va xususiyatlarini umumlashtirib tushuntirish va ularni o`quvchilarning puxta tushunib olishi bilan yuzaga keladi.Tushunchani shakllantirish juda murakkab va serqirra jarayondir.
O`qituvchi va o`quvchilar o`quv materiali ustida chuqurr va faol fikr yuritib uni analiz qilishlari va umumlashtirishlari lozim. Tarixiy tushuncha o`quvchilardagi tarixiy bilimlarining uchunchi eng muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Tarixiy tushunchalarni o`zlashtirishni juda katta ta`limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ularning tafakkur faoliyatini bilish malakalari va qobiliyatlarini ustiradi.
Keyinngi yillarda maktab amaliyotida o`quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirish tarixiy tushunchalarni jumladan ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari haqidagi tushunchalarni chukur o`zlashtirishni ta`minlaydigan o`qitish o`rganishning samarali usullari ishlab chiqildi.
Tafakkur qilishning psixik jarayoniga suyanadigan bu usullar xar qaysi tarix o`qitish metodik usullarining uchunchi gruppasi bo`lib kirishi mumkin, ular birinchi navbatda o`qituvchining tushuntirib berish problemali bayoni o`qituvchi rahbarligida o`quvchilarning tarixiy hujjatlarini taxlil qilish mantiqiy vazifalarini yechishi va evristik suxbatdan iboratdir.
Shunday qilib mazmunning o`ziga xos xususiyatlari ta`lim-tarbiya vazifalari o`quv materialining mantiqiy tuzilishiga muvofiq psixik jarayonlarning idrok qilish xotirada saqlashning tafakkur va tasavvur qilishning bir biriga ta`sir ko`rsatishini e`tiborga olib maktab tarix ta`limining bir biri bilan uzviy bog`langan quyidagi metodik usullar sistemasini belgilash mumkin:
1. O`quvchilarda tarixiy faktlar haqida obrazli tasavvurlarni shakllatirish usullari
2. O`quvchilar xotirasida tarixiy faktlar xronologiya maxalliy va statistik ma`lumotlarni mustaxkamlash usullari
3.Konkret tarixiy materialni uzlashtirish va o`quvchilarda tarixiy tushunchalarni shakllantirish usullari.
Ta`lim-tarbiya jarayonida bu usullarning barchasi va bilimlarning barcha tarkibiy qismlari bir-biri bilan o`zaro bog`langan holda ishtirok etadi. Metodik usullarni tanlash o`quv materialining xarakteri bilan bog`liqligini, u yoki bu tarixiy materialni o`rganishga qanday usullardan foydalanish kerakligini bilish bilan birga, ularni o`quvchilarning bilish va bilish malakalarini muvofiq tarzda qo`llay bilish maxoratini ham egallash kerak.
Hozirgi kunda maktablarimizda qo`llanib kelinayotgan amaldagi o`qitish metodlarini asosan uch gruppaga bo`lib ko`rsatish mumkin.Аsоsiy аdаbiyotlаr va mаnbаlаr:
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Kаrimоv I.А.Yuksak ma`naviyat-engilmas kuch.T.,2008.

  2. Mirziyoev Sh.M.Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T., “O‘zbekiston”. 2017.

  3. Ishmuhammedov.R., Abduqodirov. Ta`limda innovatsion texnologiyalar. T.,2008.

  4. M.Tojiboyev, Z. Ilhomov. O`zbekiston tarixini o`qitishning metologiyasi. T., 2003.

  5. Sа`diеv А.Mаktаbdа tarix o`qitish usullari. T.,1993.

  6. Tаrixdаn g`оyaviy-siyosiy tаrbiya. T.,1989.

  7. Toshpo`latov.T.,G`afforov,Ya. Tаrix o`qitish usullari. T., 2002.

  8. Lafasov M. Jo`raev U. Jahon tarixi. T., 2005.




Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin