Magistrlik dissertatsiyasi



Yüklə 319 Kb.
səhifə10/23
tarix02.02.2022
ölçüsü319 Kb.
#114122
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Mubolag`a (hyperbole). Mubolag`a ortirib, bo`rttirib, ko`rsatish ma'nosini bildiradi. Mubolag`a haqiqatga ma'lum darajada mos kelishi kerak aks holda badiiy bo`yoq yo`qoladi, o`quvchida ishonchsizlik hosil bo`ladi [8,173-174]. Mubolag`ali tasvir haqiqatga yaqin kelganday bo`ladi, ammo amalga oshishi mumkin bo`lmaydi:

Agar muhabbat shunday kezlarda to`kiladigan ko`z yoshi bilan o`lchansa, yuzta Shirinu, yuzta Laylining muhabbati bunikiga o`rpoq ham emas. (A. Qahhor, "Xotinlar"). "and this maiden she lined with no other thought.

Them to love and be loned by me"[Edgar Allan Poe]

2. Mubolag`ali tasvirni faqat tasavvur qilish mumkin, amalga oshirish mumkin emas.

Oygul turishi bilan, saroy charaqlab, ketdi, hammayoq bo`lib ravshan, uylar yaraqlab ketdi. (H. Olimjon. "Oygul bilan Baxtiyor".)

3. Mubolag`ali tasvirni amalda bajarish mumkin emas, hatto tasavvur ham qilish mumkin emas. "quyoshni olardi to`zon, hatto daryolardan chiqar edi chang [H.Olimjon, "Sharqqa ketganda"].

Ko`pchilik hollarda mubolag`a bo`rtitrishga metofara asosida hosil bo`ladi. [1,83].

All days are nights to see till I see thee ,

And night`s bright days when dreams do show thee me [W.Shakspeare. Sonnet XVIII].

Sevgilisini ko`rmagan kun tunga aylanadi., deyilgan, albatta kunning tunga aylanishi hech ham mumkin emas. Uni tasavvur ham qilib bo`lmaydi. Bunda judolik sevishganlar uchun kunni tunga aylanishga o`xshatiladi.




Yüklə 319 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin