Magistrlik dissertatsiyasi


Ishning nazariy ahamiyati



Yüklə 319 Kb.
səhifə6/23
tarix02.02.2022
ölçüsü319 Kb.
#114122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Ishning nazariy ahamiyati. Mazkur magistrlik dissertatsiyasi oliy o`quv yurtlarining xorijiy filologiya va o`zbek filologiyasi fakultetlari talabalariga stilistika, matn tahlili, matn interpretatsiyasi kabi fanlardan malakaviy-bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsiyasi yozish uchun nazariy manba sifatida xizmat qiladi.

Ishning amaliy ahamiyati. Har qanday til o`rganuvchi til uslubini o`rganishi, yoki oliy o`quv yurtining ingliz va o`zbek filologiyasi bo`limida ta’lim olayotgan talaba stilistika, matn tahlili va matn interpretatsiyasi fanlaridan o`tkaziladigan seminar mashg`ulotlarida mazkur ishdan foydalanishlari mumkin. Chunki ingliz tilida yozilgan matnni o`qiyotgan mutaxassis, ingliz xalqi uchun, masalan, sheep “qo`y”, snake “ilon”, hen “tovuq” kabi jonivorlarning ijobiy yoki salbiy xarakterga ega, yoki ega emasligini bilmay turib, yoki “the moon is winking from behind the clouds” (Oy bulutlar orqasidan mo`ralab chiqmoqda) gapida jonsiz “Oy” ning ekspressivlikni oshirish maqsadida jonlantirilishini sezmay turib, so`zning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini tushunib yetmaydi. Shuning uchun so`zlarning ko`chma ma’nolarda ishlatilishi va ularning matndagi ekspressivlikni oshirishdagi mohiyatini anglab olish foydadan xoli emas.

Ishning metodi. Mazkur ish dialog, monolog, peyzaj tasviri asosida deskriptiv metod orqali tadqiq etildi.


Yüklə 319 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin