Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash


Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar



Yüklə 103,95 Kb.
səhifə4/9
tarix28.02.2023
ölçüsü103,95 Kb.
#123680
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli Kurs ishi (2)

3. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar.

Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo`lgan yo`qotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko`p hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning o`zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir.


Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar miqdorini o`z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o`zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg’arma va investitsiyalar miqdorining o`zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiqtisodiy muvozanatni ta`minlaydi.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo`jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyoning mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo`ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan o`zgarishlar tovar moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib kelsa, haqiqiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funktsiyasi :E=S+ I +G+Xp ko`rinishiga ega. Demak ,uning grafigi iste`mol funksiyasi (S=a+ v (U-T) ) grafigiga nisbatan I+G+Xp miqdorda yuqoriga surilgan bo`ladi. Keltirilgan Xp -sof eksport bo`lib, uning funksiyasi esa quyidagi ko`rinishga ega:
Xp = g - m’Y
Bu yerda :g – avtonom sof eksport;
m’ - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad.
Importga chegaralangan moyillik import xarajatlaridagi o`zgarish miqdorini bunga sabab bo`lgan daromadlardagi o`zgarish miqdoriga bo`lib topiladi.
m’ = ΔM / ΔY;

Bu yerda: ΔM - importga xarajatlarning o`zgarishi;


ΔY - daromadlarning o`zgarishi.
Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. Chunki, bunda iste`molchilar va investorlar ham milliy , xam import mahsulotlarga bo`lgan xarajatlari miqdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti hajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) miqdoriga bevosita bog’liq bo`lmaydi, balki tovar olib chiqib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o`zgarishiga bog’liq bo`ladi. Shuning uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o`zgarishi bilan sof eksport (Xp) o`rtasidagi bog’liqlik salbiydir va sof eksport funksiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko`rib chiqish jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (Y) o`zgarishiga bog’liq emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport to`liqligicha avtonom xarajatlar miqdoriga qo`shiladi, ya`ni avtonom xarajatlar (S + I + G +Xp) yig’indisiga teng deb olinadi.


Yüklə 103,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin