Maktabda darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish reja kirish I bob. Matematikadan darsdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazishning maqsad va vazifalari


II BOB. MATEMATIKA FANIDAN DARSDAN TASHQARI MASHG’ULOTLAR TASHKIL ETISH



Yüklə 421,5 Kb.
səhifə4/12
tarix04.05.2023
ölçüsü421,5 Kb.
#126343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Maktabda darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish reja kir

II BOB.
MATEMATIKA FANIDAN DARSDAN TASHQARI MASHG’ULOTLAR TASHKIL ETISH
2.1-§. Maktablarda matematika faniga qiziqish uyg’otish
Maktabda darsdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazishda o’quvchilarni fanga qiziqishini rivojlantirish, darsda olingan bilimlarni to’ldirish, malaka va ko’nikmalar hosil qilish, matematik faktlar hamda ma’lumotlar bazasini to’plash asosiy maqsadlardandir.
“Matematika o’qitishdan asosiy maqsad odamni matematika go’zalligi bilan tanishtirish va uning yordamida matematikada juda ham zarur bo’lgan intizomga va mantiqiy fikrlashga o’rgatishdir. Bu juda ham muhimdir, chunki matematikada mantiqiy fikrlashga o’rgangan odam uni hayotining xohlagan bir sohasida qo’llay oladi,” – degan edi A.Reni.
Matematikadan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning eng asosiysi matematika to’garagidir. Shu boisdan, quyida matematika to’garagini tashkil etish to’g’risida to’xtalib o’tdik. Yuqorida sanab o’tilgan sinfdan tashqari tadbirlarning aksariyati matematika to’garagining tarkibiga kiradi.
To’garaklar o’quvchilarda fanga qiziqish o’yg’otib, ularni matematik bilim va malakalarini, ijodiy bilimlarini rivojlantirishga, mustaqil ishlash faoliyatini hosil qilishga va bu bilan ularning matematik tayyorgarliklari sifatini oshirishga imkon yaratadi.
Matematika to’garagi a'zoligiga matematikadan yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilarnigina emas, balki matematikadan olgan baxosidan qat'iy nazar, o’zining matematik bilimini oshirishni istagan, matematikaga qiziqqan o’quvchilarni qabul qilish kerak. Matematika to’garagi a'zolari soni 15-20 nafardan ortmagani maqsadga muvofiqdir. Matematika to’garagini faoliyati samarali bo’lishi uni to’g’ri tashkil qilinishiga, to’garak mashg’uloti mavzularini to’g’ri tanlanishiga bog’liqdir.
To’garaklar ishini maktabda o’tkaziladigan (matematika kechalari, viktorinalar, olimpiadalar, komandalarning musobaqalari va boshqalar) hamda maktabdan tashqarida o’tkaziladigan (matematik tanlovlar, oliy o’quv yurtlari qoshidagi tayyorlov bo’limlaridagi mashg’ulotlar, radio va televideniya orqali o’tkaziladigan tanlovlar va boshqalar) tashkiliy ishlar to’ldirib turadi.
To’garak mashg’uloti tarixiy materiallar bo’yicha doklad (ma'ruza) tayyorlash, dars jarayonida o’tilgan mavzuga doir murakkabroq masalalar yechish, oliy o’quv yurtlariga kirishda tavsiya qilinadigan topshiriqlarni yechish, qiziqarli masalalar yechish, darsda o’tilishi ko’zda tutilmagan mavzular va ularga doir masalalar yechish, matematik sofizmlar va hokazolarni o’z ichiga oladi.
To’garak mashg’ulotlari mavzularining rang-barangligi o’quvchilarni zeriktirmaydi va uni o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini yanada orttiradi.
Matematika barcha sohalarning, fanlarning asosini tashkil etishi inkor etib bo’lmaydigan haqiqatdir. Shu boisdan, matematika fani o’qituvchilariga katta mas’uliyat yuki tushmoqda. Ular matematikani barchaga birdek o’qitishga harakat qilishi va o’zlashtira olmagan o’quvchilar bilan darsdan tashqari shug’ullanishi lozim.
Sinfdan tashqi ishlarni ikki xil sabab bilan tashkillash mumkin:

  1. Darsni o’zlashtirishga qiynalayotgan bolalar bilan shug’ullanish.

  2. Matematikani o’rganishga qiziquvchi o’quvchilar bilan shug’ullanish.

Qo’shimcha dars o’tishni birinchi turi barcha maktablarda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Lekin shunga qaramay hamma o’quvchilarni matematikani yaxshi o’zlashtiryapti deyish noto’g’ri. Tabiiyki, matematikani ajratilgan dars soatlarida to’liq tushuntirishga vaqt kamlik qiladi. Shu boisdan sinfdan tashqi mashg’ulotlar tashkillash va unga butun bir sinfni jalb qilishimiz zarur. O’tish davridagi bolalarni jalb qilish uchun matematika darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish ancha samara beradi. Sinfdan tashqi ishlarni tashkillash o’qituvchi oldiga quyidagi maqsadlarni qo’yadi:

  • Matematik muhitni yaratish.

Bunda biror xonani “Matematika qasri” deb nomlab, xona ichini ham matematik figura va jihozlar bilan bezash kabilar nazarda tutilmoqda. O’qituvchi imkoniyatiga qarab stol-stullar o’rnini har dars uchun alohida jihozlash to’garak qatnashchilarini darsdan zerikishini oldini oladi.

  • O’quvchilarni mashg’ulotga jalb qilish.

Odatda maktabda to’garakka faqat matematikaga qiziquvchi o’quvchilarnigina jalb qilinadi. Bu fikr to’g’ri emas, chunki har bir bolada matematikaga qiziqish uyg’otish mumkin. Shuning uchun har bir o’quvchi to’garakka a’zo bo’lishi muhim.
Barcha o’quvchilarda matematika faniga birdek qiziqish uyg’otish uchun quyidagicha usulni amaliyotda qo’llasa yaxshi samara beradi. “Matematika qasri” eshigiga soqchi sifatida o’quvchilar yoki o’qituvchilar qo’yilib, ko’paytirish jadvali yoki matematik formula so’rab kirgizilsin. To’garak a’zolari mashg’ulot jarayonida matematik terminlar orqali so’zlashishlari ham maqsadga muvofiq bo’ladi.
Masalan:
- Salom Uchburchak. Kecha nima qilding?
- ta daraxt ekdim.
Bu kabi so’zlashuv tabiiyki, mashg’ulotdan tashqarida ham odat tusiga kiradi. Bu holat boshqa o’quvchilarni ham mashg’ulotga qiziqishini orttiradi.

  • O’quvchilarni maktab dasturi bo’yicha bilimlarini mustahkamlash.

Bunda darsda o’tilgan mavzularni biladigan o’quvchilar yordamida o’zlashtirishi sust o’quvchilarga tushuntirish eng yaxshi usuldir.

  • O’quvchilarni fikrlash qobilyatini rivojlantirish.

Matematika mantiqiy fikrlar majmuasidan tarkib topgan. Fikrlashni rivojlantirish uchun biror savol va masalalarni tekshirish yoki isbotlashni o’quvchining o’ziga tashlab qo’yish kerak.
Masalan: bo’lishini isbotlang? Bu tenglikni noto’g’ri ekanligini keltirib chiqarish zarur.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin