«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar: f f. doktori, O`zbek tili va adabiyoti professor Sh. N. Ahmedova kafedrasi mudiri Sh. N. Ahmedova



Yüklə 104,46 Kb.
səhifə8/28
tarix06.06.2022
ölçüsü104,46 Kb.
#116688
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar f f. doktori, O`zbek

Mashrab lirikasi. O`z davrining ilg’or g’oyalarini yuksak badiiy san`at bilan ifoda etuvchi, chin insoniy his-tuyg’ularni kuylovchi, yomonlik va yovuzlikni qoralab, inkor etuvchi haroratli asarlar yaratgan mohir so`z san`atkori, jo`shqin qalb egasi Boborahim Mashrab asarlari, ayniqsa, lirikasi hamon qadrlidir.
Mashrab o`z she`riyati bilan insonni hayot go`zalliklaridan bahramand bo`lishga undaydi va aksincha, ba`zan, asarlarida bu dunyoni o`tkinchi, bebaqo deb biladi va undan voz kechishga chaqiradi, uning azob va xo`rliklaridan tezroq qu­tulish lozimligini ta`kidlaydi, «bir zumda shattalab o`tish» kabi o`ta pessimistik kayfiyatni olg’a suradi. Shular jumlasida va ular bilan aralash holda yana o`zining «toat-taqvoni bir shisha mayga almashtirishga» yoki «bir pulga sotishga» tayyor ekanligini baralla e`lon qilib, o`zini sha`riy rasm-rusmlardan batamom ozod hisoblaydi va hokazo.
Shoir «Alif»ni dilga jo qilmoqni...» so`zlari bilan boshlanuvchi she`ri qatorida:
Meni devona Mashrabga muhabbatdin bayon aylang,
Namozu ro`zadin forig’ bo`lub makkora Mashrabman1.
yoki:
Xonoqoyu Ka`badin, Mashrab, muroda etmadim,
May ichibon sokini butxona bo`ldum oqibat
kabi o`sha davrda isyonkor ruhda jaranglovchi bayt — misralarni bitadi. Mashrab lirikasida hayotiylik real inson madhi ustun tursa-da, ba`zan shoir tasvirida yor, unga muhabbat so`fiylarning yaratuvchiga bo`lgan muhabbati, fidoiyligi ruhini oladi, «ma`shuqa esa ilohiylashadi: “Ey mening nozik niholim, oromi jonim qaydasan?”.
Mashrab mumtoz adabiyotimiz yirik namoyandalarining an`analari zaminida, ular meroslarini tinmay o`rganish, mutolaa qilish asosida ijodkor bo`lib shakllandi, voyaga etdi. Shoir asarlarida, birinchi navbatda, uning ishqiy lirikasida ana shu an`analarning ta`sirini kuzatish mumkin. Masalan, Mashrab Lutfiyning mashhur:

Yüklə 104,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin