«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar: f f. doktori, O`zbek tili va adabiyoti professor Sh. N. Ahmedova kafedrasi mudiri Sh. N. Ahmedova


Sensan sevarim, xsts inon, xoh inonma



Yüklə 104,46 Kb.
səhifə9/28
tarix06.06.2022
ölçüsü104,46 Kb.
#116688
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar f f. doktori, O`zbek

Sensan sevarim, xsts inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma,
matlaini qabul qilib, uni shu o`ynoqi vazn, shu qofiya—radif,
san`atini tan olish belgisi sifatida o`zining go`zal g’azalini yaratadi:
...La`ling g’amidin ko`nglum erur g’unchalari qon,
Gulbargi tarim, xoh inon, xoh inonma.
Zahri g’ami hajring meni o`ldurg’ali etdi,
Ey lab shakarim, xoh inon, xoh inonma.
Mashrab kabi kuyingda bo`lub barqi tajalli,
Qolmay asarim, xoh inon, xoh inonma.
Bu tatabbu Mashrabniig Lutfiy lirikasidan bahramand bo`lganligiga, o`rganganligiga ishonchli hujjatdir. Mashrab ijodiga, uning kamolga erishuviga, ayniqsa,ulug’ Alisher Navoiyning merosi ijobiy ta`sir ko`rsatdi.
Shoirning eng yaxshi asarlarida biz Navoiy falsafasini, dunyosevarligini, mazmunning hayotiyligi, chuqurligi va til soddaligini ko`ramiz, vazn ravonligi va o`ynoiqiligini qayd etamiz, mavzu tanlash hamda ularning badiiy talqinida yaqinlik va o`xshashlikni uchratamiz. Buni Navoiy va Mashrab g’azallarining birinchi baytlarini qiyoslashning o`zidayoq ko`rish qiyin emae. Navoiy:
Ohkim ul oshno begona bo`ldi oqibat,
Hajridin bexudlug’im afsona bo`ldi oqibat...1
Yoshurun dardimni zohir qildi afg’on oqibat,
Asrag’on rozimni yoydi sayli mujgon oqibat.
Mashrab yozadi:
Naylayin, dildordin begona bo`ldum oqibat,
Yuz g’amu hasrat bilan hamxona bo`ldum oqibat...(121-bet)
Qildi bu charxi falak rasvoi davron oqibat,
Boru yo`g’im bo`ldi oxir erga yakson oqibat (122-bet).
Mashrab Navoiyning «Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg’a ayt», «Ey nasimi subh, ahvolim diloromimga ayt» misralari bilan boshlanuvchi g’azallari yo`lida, ruhi va mazmunida «Ey sa­bo, borsang duo davlatli sultonimg’a ayt!» — deb boshlangan g’azalni yaratadi. Mana uning yakunlovchi bayti:

Yüklə 104,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin