Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja


O’q otish bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazish uchun reja konspekt tuzish tartibi



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə60/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)

O’q otish bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazish uchun reja konspekt tuzish tartibi.
Mashg‘ulotlarga tayyorlanishda harbiy rahbarning o‘quv-moddiy baza va ta’lim texnik vositalarini tayyorlashi muxim omillardan xisoblanadi. Harbiy xona CHQBT o‘quv-moddiy bazasining asosiy elementlaridan xisoblanadi. U muntazam ravishda ozoda va tartibli bo‘lishi, ko‘gazmali kurollar o‘z vaqtida yangilanishi va ularning mavzu va mazmuni yoshlarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi dasturiga to‘g‘ri kelishi kerak.
Imkoniyat boricha xona katta, yorug‘ joyda joylashishi va ikki o‘rinli stollar, xar bir o‘quvchi uchun alohida stul, harbiy rahbar uchun stol va sinf yozuv taxtasi bilan jixozlangan bo‘lishi kerak.
CHQBT dasturining xar bir bo‘limini asosiy mazmunini aks etadigan stendlar bilan bezatilishi kerak. Priborlar, ko‘gazmali qurol va kurol-aslaxalardan tashqari boshqa o‘quv bumlarini saqlash uchun harbiy xona yonida o‘quv priborlari, buyumlari va ko‘gazmali qurollar o‘quv dasturining bo‘lim va mavzulari bo‘yicha tartibga solinadigan, xar bir turiga muvofiq alohida to‘plami bilan tokcha, shkaf va vitrinalarda joylashadigan laborantlik xonasi ko‘zda tutilishi kerak.
Xonani jixozlashda kinoapparat va kino ekrannni joylashtirish masalasi o‘ylab chiqilishi lozim.
Xonaning kengligi unda guruh navbatchisi majburiyatlarini amaliy o‘rganish uchun imkoniyat bersa o‘quv joyini jixozlash mumkin bo‘ladi.
CHQBT bo‘yicha o‘quv jarayonidagi ko‘rgazmali vositalar quyidagi turda bo‘lishi mumkin:
- buyumlar ko‘rgazmasi - bu real qurol namunalari, FM priborlari, harbiy texnika va boshqalar;
- tasviriy ko‘rgazma - bu sxema va plakatlar, rasm va suratlar, ma ket va modellar, diafilm va o‘quv kinofilmlari, mashq qilish uchun moslamalar;
-So‘z - obrazli ko‘rgazma - bu voqealarni, turli jasoratlarni yorqin tasvirlab berish, o‘xshatish va taqqoslashlarni ishlatish.
Ko‘rgazmali qurollar maksimal darajada qisqa va asosiy narsalarni yoki xodisa moxiyatini ifodalashi, kerakli o‘lchov va tushunarli bezakka ega bo‘lishi va bunda rejalarni qabul qilish psixologiyasining ba’zi bir xususiyatlari e’tiborga olinishi kerak. Buning barchasini harbiy xonani jixozlash va darsni o‘tkazishda e’tiborga olish lozim.
Darslarda ko‘rgazmali qurollarni ishlatishda quyidagi tavsiyalarga rioya qilish shart:
- ko‘p sonli ko‘gazmali qurollarga berilib ketmaslik;
- birdaniga barcha ko‘gazmali qurollarni osib ko‘rsatmasdan ularni materialni bayon etish vaqtida ko‘rsatish;
- ko‘gazmali qurollarni ko‘rsatishda ularning mazmunini o‘quvchilar yaxshi anglashlari uchun kerakli tushuntirishlarni berish;
- mashg‘ulot o‘tishda ko‘gazmali kurollarning turli shakllarini birga qo‘shish;
- ko‘rgazmali qurollarni ko‘rsatilgandan va o‘quvchilar kuzatib bo‘lishganlaridan keyin o‘quvchilar tomonidan xulosalar qilinadi.
Ta’limda ko‘rgazmali qurollardan diafilm va kinofilmlar o‘ta muxim hisoblanadi.
Harbiy rahbar, CHTO‘ mashg‘ulotdan oldin ularni ko‘rib chiqishi, namoyish qilish rejasini tuzishi, ya’ni ko‘rsatish paytida kachon va qanday izoxlar berish kerakligi xaqida fikrlashi kerak bo‘ladi. Bundan so‘ng namoyish etilgan o‘quv filmlar bo‘yicha o‘quvchilar bilan qisqacha suhbat o‘tkaziladi.
Mashg‘ulot raxbarini mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida hozirgi kunda o‘quvchilarning texnika taraqqiyotidan yaxshigina xabardor ekanligini, ularning internet tizimidan foydalanish imkoniyatiga ega ekanligini, ularda filmlar va boshqa manbalar orqali xar xil ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘z fikrlari va qarashlari shakllanganligini e’tiborga olib tegishli xulosalar chiqargan xolda mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishi taqozo etiladi.


CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani bo‘yicha mag‘ulot o‘tish uchun tuziladigan reja – konspektkning shakli. (variant)
«Tasdiklayman»
Farg‘ona shaxar Xalq ta’limiga
qarashli32-maktab
direktori Q.Oxunov
«15» yanvar 2021 y.

11-kurs o‘quvchilari bilan CHQBT fani bo‘yicha otish tayyorgarligi bo‘limidan 1-mavzu 2-mashg‘ulotni o‘tkazish uchun



Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin