Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)
Zaharlovchi moddalarning zarar etkazish xususiyatlari.Zaharlovchi moddalar (ZM) kimyoviy qurolning asosini tashkil etadi. Jangovar maksadlarda ishlatilganida ular suyu-tomchi, aerozol (mayda-mayda tomchilar-tuman yoki mayda-mayda qattiq zarrachalar-tutun) va bug‘simon (gazsimon) holatga keltirilishi mumkin. Dushmanning kimyoviy kuroli ta’siri natijasida odamlar yoki chorva mollari ommaviy qirilib, undan zararlangan xudud kimyoviy quroldan zararlangan o‘choq deb e’lon qilinadi.
Zaharlovchi moddalar (ZM)ning shikastlovchi ta’siri ma’lum xususiyatlarga ega. Bu moddalar qisqa muddatlar ichida odam va xayvonlarning o‘tkir intoksikatsiya (zaharlanish xodisalari) tipida ommaviy qirilib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. ZM territoriyanigina emas, balki xavoning erga yaqin qatlamini ham zaharlaydi. Bug‘simon (gazsimon) holatda, tuman va tutun ko‘rinishida bo‘ladigan ZM binolarga, germetik qilib bekitilmagan ximoya inshootlariga o‘tib, o‘sha erda turgan odamlarning qirilishiga sabab bo‘ladi. Zaharlangan xudud va tashqi muxit ob’ektlaridagi ZM o‘zining qiruvchi ta’sirini uzoq vaqt mobaynida (soatlar, sutkalar, xaftalar davomida) saqlab turadi.
Zaharlovchi moddalar nafas organlari orqali organizmga o‘tganida, teri qoplamlari va shilliq pardalar orqali kirganida, shuningdek ZM yuqib qolgan ovqat va suv bilan birga me’da-ichak yo‘li orqali tushganida odamlarning shikastlanib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Zamonaviy ZM shikastlanmagan teri orqali organizmga o‘tganidagina emas, balki kiyim orqali ham o‘tib, zaharlanishga sabab bo‘la oladi.
Qiruvchi ta’sirning kuchi zaharlanish xodisasining nechog‘lik tez boshlanishi va og‘irligi, idoraizmga tushib qolgan ZM ning toksik xossalari va miqdoriga. ZMning qanday yo‘llar bilan idoraizmga tushganiga, qanday usullar va vositalar bilan ishlatilganiga, ob-xavo sharoitlariga, shuningdek idoraizmning o‘z holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Tabiiy ofatlar yuz berganida, ishlab chiqarish avariyalari bo‘lgan maxallarda, yadro quroli va boshqa turdagi qurollar ishlatilganida kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi zaharli moddalar saqlab qo‘yilgan idishlarning emirilishi natijasida ximiyaviy moddalardan ikkilamchi tartibda zaharlangan o‘choqlar paydo bo‘lishi mumkin. Ana shunday moddalar qatoriga xalq xo‘jaligida keng qo‘llaniladigan birikmalar: ammiak, vodorod sulfid, sulfid angidrid, azot oksidlari va boshqalar kiradi.