Ma`ruza mashg`ulotlarini ta`lim texnologiyasi


HARAKATLI O’YINLARNI DARSNI ASOSIY QISMIGA MOS HOLDA O’TKAZISH METODIKASI



Yüklə 5,51 Mb.
səhifə14/15
tarix19.11.2023
ölçüsü5,51 Mb.
#133345
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanidan 2 ma`ruza darsi (1)

HARAKATLI O’YINLARNI DARSNI ASOSIY QISMIGA MOS HOLDA O’TKAZISH METODIKASI

Harakatli o’yinlar jismoniy tarbiya metodi va vositasi sifatida maktabda jismoniy tarbiya darsida va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda keng qo’llaniladi.


Harakatli o’yinlar jismoniy tarbiya bo’yicha maktab dasturiga mos ravishda 1-9 sinflarda gimnastika, yengil atletika, sport o’yinlari, kurash, suzish bilan birga qo’shib olib boriladi.
Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinlar dastur talablariga mos ravishda ta’limiy, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalarini xal etishi uchun foydalaniladi.
Ta’limiy vazifalarga quyidagilar kiradi: yugurish, sakrash, uloqtirish malakalarini mustaxkamlash va takomillashtirish shuningdek gimnastika, yengil atletika, sport o’yinlari, kurash va suzish mashg’ulotlarida egalagan malakalarga ega bo’ladi.
Tarbiyaviy vazifalarga quyidagilar kiradi: jismoniy (tezkorlik, epchillik, kuch, merganlik, chidamlilik) va axloqiy irodaviy sifatlar (jasurlik, xalolik, jamoatchilik va x.k).
Sog’lomlashtirish vazifasiga o’quvchilarning organizimini normal rivojlantirishga, ularni sog’lig’ini mustaxkamlashga yordam beradi.
Yuqorida aytib o’tilgan vazifalar bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’liqdir. Ularni xal etishda o’quv tarbiyaviy jarayonni har xil tomonlarini xisobga olish kerak. Xuddi shunday, “Kim chaqqon” o’yinini o’tkazishda chap berib yugurish tezligini takomillashtirish uchun, kichik maktab yoshidagi bolalarda bir vaqtni o’zida dadillikni, ziyraklikni, o’zini kuchiga ishonishni rivojlantirish mumkin.
Jismoniy tarbiya darslaridagi o’yinlarni boshqa mashg’ulot shakllaridan farqi eng muximi o’yinni ta’limiy va sog’lomlashtirish tomoniga diqqatni qaratish kerak, shuningdek jismoniy tarbiya sifatiga ham.
Dars uchun o’yin tanlashda, darsni vazifasini, o’quv materialini, o’yinga kiruvchi harakat turlarini, o’yinni fiziologik yuklamasini, ishlash uchun shart-sharoitni xisobga olish zarur.
Har bir o’yinda o’yin qatnashchilaridan bilim va malakalarini namayon qilishni talab qiladi, uni o’yin jarayonida takomillashtiradi. Elementar o’yinlarga maxsus tayyorgarlikni talab qilmay. Biroq shunday o’yinlar borki, murakkab harakatlardan tashkil topgan o’yinlar bor. Masalan, quyidagi o’yinlarni o’quvchilarga taklif qilish mumkin emas, (“To’p kapitanga”, “To’p o’rtadagiga”) agarda ular to’p oshirishni uni ilib olishni bilmasa va raqib bilan bir-biriga tegishida uzatishni, yaxshi reaktsiyaga harakat koordinatsiyasini va boshqa zarur bo’lgan sifat va malakalarini egalab ololmaydi.
Agarda darsni asosiy qismini hammasi o’yinga bag’ishlangan bo’lsa, bunda ko’proq harakatli o’yinlar bilan kamroq harakatlanadigan o’yinlar bilan almashlab olib boriladi, shu bilan birga harakatni xarakteri bo’yicha turli-tuman o’yinlar tanlab olinadi.
Harakatli o’yinlarni darsni hamma qismlariga kiritish mumkin. O’yin mazmuni shug’ullanuvchilarning tarkibiga va vazifasiga bog’liqdir. Darsni tayyorlov qismiga kam harakatli va murakkab bo’lmagan o’yinlarni kiritilishini tavsiya qilinadi, bu o’quvchilarni diqqatini tashkil qilishga (“Gurux tik tur!”, “Og’ma tayoq!”) yordam beradi, shuningdek o’rtacha harakatdagi o’yinlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi harakterdagi mashqlar (“Taqiqlangan harakat”) dir. Darsni asosiy qisimda tez yugurish, chap berish yoki aldab o’tish chidamlilik, to’siqni oshib o’tish har xil sakrashlar qarshilik ko’rsatish, kurash, qo’zg’aluvchan va qo’zg’almaydigan nishoga uloqtirish bilan bajariladigan harakatli o’yinlardan foydalaniladi.
Darsni yakuniy qismida o’rtacha kam harakatchanlikka oid o’yinlar o’tkaziladi, u murakkab bo’lmagan o’yin qoidalari bilan diqqatni tashkil qilish uchun o’tkaziladigan o’yinlar, darsni asosiy qisimdagi tezlik bilan beriladigan yuklamadan keyin faol dam olishga yordam beradi. (“Kim keldi”, “Gurux tik!”).
Jismoniy tarbiya darsida harakatli o’yinlarni o’tkazish metodikasini o’ziga xosligi darsni zichligiga to’g’ri keladiganligini saqlab qolish zarurligi va qisqa muddatlilik bilan bog’liqdir.
Vaqtdan maqsadga muvofiq foydalanishda va o’yinni o’tkazish metodikasini to’g’ri tanlash esa darsda zarur bo’lgan zichlikka erishiladi. SHunga erishish uchun, barcha o’yinda qatnashuvchi o’yinchilar taxminan bir xil yuklama oladilar. SHu bilan bog’liq bo’lgan barcha shug’ullanuvchilarni o’yinda faol qatnashishlari uchun teng sharoit yaratib berishga harakat qilishi kerak.
Odatda harakatli o’yinlarni yoppasiga oid (frontal) metod bilan o’tkaziladi. O’yin qatnashchilari barchasi 2-3 guruxlarga bo’linadilar va har bir guruxda bitta va shu o’yinni o’zi mustaqil ravishda o’tkaziladi.
O’yinda guruhga oid metod ham qo’llaniladi. Rahbar o’yinchilarni ikki guruxga bo’lib, ularga har xil o’yinlar beradi. Odatda guruxga oid metod turli-tuman ta’limiy vazifalarni hal etish uchun 6-8 sinflarda foydalaniladi. Masalan, qiz bolalarga “O’yin boshiga to’p berma” o’yinini taklif qiladi (basketbol o’yiniga tayyorlash uchun), o’g’il bolalarga “Aylanadan tashqarida” (futbol o’yiniga tayyorlaydigan).
Yoki o’g’il bolalrga chidamlilikni, kuchni rivojlantirishni tarbiyalash uchun qizlarga-koordinatsion qobiliyatni tarbiyalaydigan o’yin beriladi. O’yinga ma’lum vaqtni belgilash shartdir. CHunki uni o’ynovchilarni charchashi, o’yinni yetarli darajada o’zlashtirmaganligi va boshqa sabablar bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
Darsda o’yin o’kuvchilarni sog’lomlashtirishga qaratilgan bo’lishi kerak. SHuning uchun hammadan ko’ra uni maydonchada o’tkazilgani yaxshi. Agarda o’yin bino ichida o’tkaziladigan bo’lsa, unda ijobiy ta’sir ko’rsatadigan gigienik sharoit yaratilishi kerak.
Tibbiy ko’rikdan keyin asosiy guruxga kiritilgan, bolalar ularni sinf uchun jismoniy tarbiya bo’yicha dasturda berilgan, barcha harakatli o’yinlarda qatnashishlari mumkin. Maxsus tibbiy guruxga ajratilgan bolalra o’yinda faol qatnashish istaklarini bildirganligini xisobga olmasdan, ularni harakatini chegaralash zarur. Ularga harakat qilishni talab qilmaydigan yoki o’yin vaqtini qisqartirish nafsoniyatiga tegmaydigan shunga o’xshash rollarni berish kerak. SHuningdek ularni xakamni yordamchisi, ochkolarni xisoblaydigan sifatida jalb qilish mumkin. SHu bilan bir vaqtda zaif bolalarni ularni salomatligini mustaxkamlash uchun ularni kuchlari yetadigan o’yinlarga jalb qilish kerak.
Jismoniy tarbiya darslarda harakatli o’yinlar o’quv yilini har bir choragiga o’qituvchi tomonidan qo’yilgan mavsum va vazifalarini xisobga olgan xolda butun o’kuv yili bo’yicha rejalashtiradi.
Rejalashtirishda o’kuv yili bo’yicha dasturda taklif qilingan, o’yin ro’yxatiga amal qilish kerak. O’kituvchi maktabda ishlash sharoitida kelib chiqqan xolda bu o’yin ro’yxatiga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritishi mumkin: shug’ullanuvchilarning milliy tarkibi, geografik sharoitiga, shug’ullanuvchilarning tayyorgarligiga mashg’ulotni, jixozlar va boshqalar uchun binolar bo’lishi zarur.
O’yin uchun soat miqdori dasturda berilgan. Biroq ishni sharoitidan va o’rgatish vazifalaridan kelib chiqqan xolda ayrim o’zgarishlar kiritish mumkin.
O’kuv yiliga mo’ljallangan o’yinni, barcha o’kuv materialini rejalashtirishni xisobga olish bilan ularni choraklar bo’yicha taqsimlab chiqish kerak. O’zbekiston Respublikasi sharoitida maktablarda 1,2 va 4 chorakda maktab maydonchasida o’tkaziladi, shuning uchun rejaga koptokni uzoqqa uloqtirish, har xil masofalarga yugurish, o’yin-estafetalari kiritilishi mumkin.
3-4 sinfdan boshlab 1 va 4 choraklardan o’quv materialini asosi yengil atletika mashqlaridan tashkil topgan, harakatli o’yinlar faqat aloxida yengil atletika malaklarini mustaxkamlaydi va takomillashtirishga yordam beradi. Ana shu maqsadda tez yugurish, to’siqlardan oshib o’tish, sakrash va uloqtirish bilan estafetalar o’tkaziladi.
O’yin davom etishi va ularni vazifalariga bog’liq bo’lgan xolda o’yinni choraklar bo’yicha taqsimlanadi. Yangi o’yinlar asosiy 1-2-3 chorak oxirida o’rganib oladilar 1-chorakni boshida o’tgan o’kuv yilida o’rganilgan o’yinlarni o’zgartiradilar va mustaxkamlaydilar 4-chorakda esa ushbu o’quv yilida o’tilgan o’yinlarni asosan murakkablashtiriladi va mustaxkamlaydilar.
CHoraklar bo’yicha rejalashtirilganda, xuddi shunday darslar ham o’yinni o’tishi va takrorlanishi ketma-ketligi ham nazarda tutish kerak. O’quv yilining boshida har bir sinfda ko’proq yengil o’yinlar o’tkaziladi, oxirida esa uni murakkablashtiriladi.
O’qituvchi o’quv yilining oxirida o’kuv materialini o’zlashtirilishini sifatini xisobga oladi va kelgusi o’kuv yilida uni rejalashtirish uchun tegishli xulosalar qiladi.
HARAKATLI O’YINLARNI TAHLIL QILISH

Yüklə 5,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin