Mashg’ulot turi: ma’ruza 2-mavzu. Psixodinamik nazariya mashg’ulot rejasi


Bolalar bilan ishlashda ramziy o'yinlarga alohida ahamiyat beriladi



Yüklə 110,5 Kb.
səhifə12/19
tarix24.02.2022
ölçüsü110,5 Kb.
#114667
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
2-MAVZU. PSIXODINAMIK NAZARIYA

Bolalar bilan ishlashda ramziy o'yinlarga alohida ahamiyat beriladi ongsiz fantaziyalarni ishlash va tashqi holatga keltirish usuli sifatida, keyinchalik ulardan kelib chiqadigan tashvishlarni oydinlashtirishga va modifikatsiyani o'yin orqali ham, ijodiy vizualizatsiya, bayon qilish, rasm chizish, raqs yoki rol o'yinlari kabi boshqa vositalar orqali kiritishga harakat qilish.

Erik Eriksonning psixodinamik nazariyasi

Xulq-atvorni hissiyot, mayl va boshqa psixikaning ratsional bo‘lmagan tarkibiy qismlari bilan tushuntiruvchi nazariya psixodinamik nazariya deb ataladi.Bilish qobiliyatlari va intellektning rivojlanishiga urg‘u beriladigan qonsepsiya kognitiv yoki kognitiv-genetik konsepsiya deb ataladi. SHaxsning rivojlanishiga urg‘u beriladigan qonsepsiyalar personologik qonsepsiyalar deb ataladi.

Ilk o‘sprinlik haqida psixodinamik nazariyaning yirik namoyondasi mashhur amerikalik psixolog E.Erikson hisoblanadi. Uning falsafiy-metodologik qarashlari freydistik-psixoanalizning davomi hisoblanadi.Z.Freyd shaxs taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi biologik jinsiy mayl(“libido”) deb hisoblaydi. Eriksonning ta’kidlashicha, insonning rivojlanishi, o‘zaro bog‘liq uch jarayondan iborat: biologiya o‘rganadigan jismoniy taraqqiyot, psixologiya o‘rganadigan ongli “Men”ning rivojlanishi, ijtimioy fanlar o‘rganadigan ijtimoiy rivojlanish. Taraqqiyotning asosiy qonuni – “epigenetik prinsip “ bo‘lib, rivojlanishning har bir yangi bosqichida oldingi bosqichlarda bo‘lmagan yangi hodisa va hislatlar paydo bo‘ladi. Taraqqiyotning yangi fazasiga o‘tish “normativ inqiroz” shaklida o‘tadi, u tashqaridan patologik hodisaga o‘xshaydi, lekin o‘sishning normal qiyinchiliklarini ifodalaydi.

Taraqqiyotning yangi bosqichiga o‘tish oldingi bosqichga xos bo‘lgan asosiy qarama-qarshilikni hal qilish asosida mumkin bo‘ladi. Agar qarama-qarshilik hal qilinmasa u albatta keyin namoyon bo‘ladi.

Erikson hayotiy siklni sakkiz bosqich (faza) ga bo‘ladi.

Birinchi bosqich – go‘daklik. Uning asosiy maqsadi – tashqi dunyoga “ishonish” hissini hosil qilishdir. Uning asosiy vositasi ota-onaning muhabbati va g‘amxo‘rligidir. Agar go‘dakda “asosli ishonish “ vujudga kelmasa, unda dunyoga “asosli ishonmaslik”, xavotirlanish hissi paydo bo‘ladi.

Ikkinchi bosqichilk bolalik - bolada uyat va shubhalanish kabi hislar paydo bo‘ladi. Bolada mustaqillik, ma’suliyat, tartib va intizomni hurmatlash kabi xislatlar paydo bo‘ladi.

Uchinchi bosqich – o‘yin Yoshi (5-7 Yosh) tashabbus hissi, nimadir qilish hissi paydo bo‘ladi. Bu Yoshda guruhiy o‘yinlar, tengdoshlari bilan muloqot, xayolning rivojlanishi muhim hisoblanadi. Bu Yoshda adolat, qoidaga mosligini tushunish hissi paydo bo‘ladi.

To‘rtinchi bosqich –maktab Yoshidagi yangi psixologik tuzilma - maqsadga erishish qobiliyati, tashabbuskorlik hissidir.

Beshinchi bosqich – o‘spirinlik bo‘lib, boshqalarga o‘xshamaslik, individuallik hissining paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Erikson o‘z-o‘zini anglash, vaqtni yangicha his qilish, jinsiy qiziqishlar shakllanishi mexanizmlarini to‘liq tavsiflaydi.

Oltinchi bosqich – Yoshlik – boshqalar bilan intim psixologik yaqinlik, jumladan jinsiy yaqinlik ehtiyoji va qobiliyati paydo bo‘ladi.

Ettinchi bosqich – etuklik davrida hayotiy faoliyatning barcha sohalarida ( mehnatda, ijodiyotda, g‘amxo‘rlikda, pusht qoldirishda, tajriba uzatish va boshqalarda) mahsuldorlik tuyg‘usi uzluksiz hamroh bo‘ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki vazifasini bajaradi.

Sakkizinchi bosqich, ya’ni qarilik inson sifatida o‘z burchini uddalay olganligidan, turmushning keng qamrovliligidan qanoatlanish tuyg‘ulari bilan xarakterlanadi.

Amerika psixologi E.Erikson inson umrini 8 ta davrga ajratadi va ular o‘ziga xos, betakror xususiyatlarga ega deb hisoblaydi.




Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin