Masofaviy ta’limi


-mavzu: Urug‘-qabila va milliy dinlar



Yüklə 3,87 Mb.
səhifə98/163
tarix02.02.2022
ölçüsü3,87 Mb.
#114132
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   163
12-mavzu: Urug‘-qabila va milliy dinlar.

Yahudiylik dini eramizdan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida Falastinda vujudga kelgan, birinchi bo‘lib yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo‘lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Yahudiylikning kitobiy asoslari er. av. IV-III asrlarda shakllandi. Bu dinning ta’limotiga ko‘ra olamlarni yaratuvchi yagona xudo Yahve mavjud. U Tavrotni yahudiylarga berish bilan ular bilan ahd tuzgan. Go‘yoki yahudiylar Yahvening yer yuzidagi xalqlarning “eng mumtozi” va keyingi dunyoda berilajak in’omlarning eng haqlisi, Muso Yahvening elchisi, Tora Tavrot) Yahve tomonidan Musoga Tur tog‘ida berilgan muqaddas kitob. Yahve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. Shuning uchun yahudiylik diniga ko‘ra shanba kuni ulug‘ kun hisoblanib, hech qanday mehnatga qo‘l urilmaydi.

Daosizm - aslida falsafiy ta’limot bo‘lib, u miloddan avvalgi IV-III asrlarda Xitoyda paydo bo‘lgan. Uning asosida miloddan avvalgi II asrda daosizm dini shakllandi.

Daosizmning falsafiy prinsiplari “Dao-Deszin” kitobida bayon etilgan. Bu asar o‘tmishdagi Xitoy donishmandi Lao-Szi qalamiga mansubdir. Lao-Szining tarixiyligi xususidagi masalaga sinologlar shubha bilan qaraydilar.

Asarning asosiy tushunchasi “dao” yo‘l) bo‘lib, u olamning mohiyati va bosh sababi, dunyoning turli-tumanligi manbai, barcha narsalarning onasi deb tushunilgan. Bu, go‘yo qandaydir yo‘l bo‘lib, atrofni o‘rab olgan olam va barcha kishilar shu yo‘l bilan borishi lozim. “Dao” diniy mazmun kasb etgan yo‘lgina bo‘lib qolmay, ayni paytda u hayot tarzi, usuli, prinsiplari ham edi.


Yüklə 3,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin