Mavsumiy marosim folklorlari


Yozgi mavsum bilan bog’liq marosimlar folklori



Yüklə 39,13 Kb.
səhifə2/6
tarix26.09.2022
ölçüsü39,13 Kb.
#117975
1   2   3   4   5   6
Mavsumiy marosim folklorlari

Yozgi mavsum bilan bog’liq marosimlar folklori
Yozgi mavsum bilan bog’liq marosimlar folkloridan shamol to’xatish bilan bog’liq ayrim janrlar saqlanib qolgan bo’lib , “Choy Momo ” marosimida ijro etiladigan qo’shiqlardan iborat.
O’tmishda ajdodlarimiz shamolga g’ayri tabiiy kuch- qudratga ega bo’lgan jonli mavjudod sifatida munosabatda bo’lganlar . “ Choy Momo ” marosimi ana shunday qarashlar samarasida vujudga kelgan . “ Choy Momo ” marosimi surunkali davom etgan qattiq shamollarni to’xtatish maqsadida o’tkazilgan . Marosim atamasi shamol ma’nosini anglatuvchi “ Chuy ” so’zidan olingan .
Qadimgi turkiy xalqlarda shamol homiysi keksa ayol sifatida tasavvur qilingan va keyinchalik shamol ona ma’nosini ifodalash uchun “Choy ” so’ziga “ Momo ” so’zi qo’shilgan .
Ma’lumki , yozda mevalar g’arq pishgan , boshoqli ekinlar yetilgan mahalda surunkali qattiq shamol bo’lsa , yetilgan hosil nobud bo’lgan . Mana shunday vaqtda tabiat kuchlari oldida o’larini ojiz sezgan ota- bobolarimiz “ Choy Momo ” marosimini o’tkzganlar . “ Choy Momo ” marosimida ikkita kampir eski ust –bosh kiyib , yuzlariga qorakuya surtib qo’llariga hassa ushlab , bittadan yog’och ot qilib minib, “ Choy Momo ” qo’shig’ini aytib , qishloq ko’chalarida yurishgan .
Choy , choy , choy momo , Choy momosi o’libdi . O’g’li yetim qolibdi , Bosa – bosa beringlar , Bosilib qolsin bu shamol . Uga – uga beringlar , Ugilib qolsin bu shamol . Oblo - hu , oblo - hu …
Ularning orqasidan boshlarida qizil sholcha yopingan beshta bo’yiga yetgan qizlar qo’shiqqa jo’r bo’lishgan va ular marosim tugamagunga qadar boshlariga yopilgan sholchani olmasliklari yoki yuzlarini ochmasliklari shart bo’lgan . Ulardan keyin eshak mingan 7 - 8 yoshli bola xonadonlardan berilgan xayr sadaqalarni xurjunga solib borgan . Eshakda uqlog’ , keli sopi va supurgi birga qo’shib bog’langan bo’lgan . Shu tariqa marosim ishtirokchilari “ Choy Momo ” qo’shig’ini kuylab , barcha ko’chalarni aylanib chiqishgan . Marosim so’ngida yig’ilgan xayr – sadaqalar hisobiga barchaga “ Shamol momo ” haqqiga deb xayri xudoyi qilishgan .


Yüklə 39,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin