Mavsumiy marosim folklorlari



Yüklə 39,13 Kb.
səhifə5/6
tarix26.09.2022
ölçüsü39,13 Kb.
#117975
1   2   3   4   5   6
Mavsumiy marosim folklorlari

Lirik qo‘shiqlar
Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, xalq qo‘shiqlarining
hamma turi qaysi mavzuni yoritishidan qat’i nazar, lirik
asarlar namunasi hisoblanadi. Fol klorshunoslikda lirik
qo‘shiqlar namunasi tilga olinar ekan, sevgi-muhabbat
mavzusidagi qo‘shiqlarni nazarda tutish odat tusiga kirgan.
Bu o‘rinda sevgi-muhabbat qo‘shiqlarida his-tuyg‘u, ichki
kechinmalar, muhabbat hissiga ega bo‘lishdan mamnunlik
kayfiyati yetakchi o‘rinni tutishi muhimdir. Har bir inson
balog‘at yoshiga yetganida muhabbat tuyg‘usining paydo
bo‘lishidan qoniqish hosil qilmog‘i lozim. Shuning uchun
qizni sevish yoki sevilish, ishq savdosiga yo‘liqish tashvishlari
insonni shoirlikka undaydi. Binobarin, ishq-muhabbat
mavzusidagi xalq qo‘shiqlarini ana shu tashvish, lazzat dengizida
suzgan insonlar, ya’ni yigit va qizlar yaratgan, de -
yishimizga to‘la asosimiz bor. Bo‘lmasa, xalq orasida ≪suygan
qo‘shiqchi, kuygan baxshi≫ kabi hikmatli so‘zlarni
yashab kelishiga asos topilmasdi. Lirik qo‘shiqlar matnini
o‘rganish bu qo‘shiqlarni faqat muhabbat tuyg‘usini yurak
qon tomirlaridan his qilgan shaxslar yaratishi mumkin,
degan xulosaga olib keladi. Bir misolga murojaat qilaylik:
Yurakkinamning taftiga tandir qiziydi,
Ko‘zginamning yoshiga o‘rdak suziydi.
Yuqoridagi misralarni xirgoyi qilib aytgan shaxs yigit
yoki qiz bo‘lishidan qat’i nazar, shubhasiz muhabbat deb
atalmish sirli va gashtli olam go‘shasida sayr qilgan bo‘lishi
ajab emas.
95
Muhabbat qo‘shiqlari odatda bir shaxs tomonidan kuy

jo‘rligida ijro etiladi. Ammo mashhur qo‘shiqlar gap-gashtaklarda,


turli munosabat bilan kichik doirada o‘tkaziladigan
yig‘inlarda jamoa bo‘lib ijro etilishi mumkin.
Ma’lumki, lirik qo‘shiqlar xalq og‘zaki ijodining mustaqil
janri sifatida bir qator xususiyatlarga egadir:
1. Lirik qo‘shiqlar deb atalmish xalq poetik she’riyatiga
mansub asarlarda inson ruhiy olami, uning ishqiy kechinmalari
aks etadi.
2. Agar boshqa mavzudagi qo‘shiqlar, ba’zan uch (kelin
salomlar), olti va sakkiz misralardan iborat bo‘lsa, ishqiy
mazmundagi lirik qo‘shiqlar to‘rt misradan tashkil topadi.
3. Biz nazarda tutayotgan lirik qo‘shiqlar asosan to‘rt
misrada tugal fikr anglatish imkoniyatiga egadir:
Dayraning ul yuzidan sel keladi,
Sel bilan ikki o‘rdak teng keladi.
O‘rdakka o‘rdak munosib, g‘ozga g‘oz
Yigitga qayliq munosib, qizga noz.
Ammo lirik qo‘shiqlar qatoridan bir necha bandlardan
iborat bo‘lgan asar namunalari ham o‘rin olgan. ≪Galdir≫,
≪Sumbula≫, ≪Omon yor≫ kabi qo‘shiqlar shular jumlasidan
hisoblanadi.
4. Agar ≪Bo‘zchi≫ qo‘shig‘ini faqat bo‘z to‘quvchi
kosib lar, ≪churiya≫ni echki sog‘uvchi ayollar mehnat faoliyati
davomida ijro etishsa, lirik qo‘shiqlar kasb, payt, o‘rin
tanlamaydi: ularni istalgan vaqtda istagan shaxs xohishiga
ko‘ra baland ovoz bilan yoki hirgoyi qilib aytaveradi.
Ma’lum bo‘ladiki, lirik qo‘shiqlarning ommalashuvi boshqa
mavzudagi she’riy asarlardan ko‘ra kengroq imkoniyatga
egadir.
Xalq orasidagi ≪Laylini Majnun ko‘zi bilan ko‘r≫, degan

hikmatli gap bor. Haqiqatan ham, muhabbat dardiga


yo‘liqqan kimsa tasavvurida o‘zining sevgi lisidan go‘zalroq,
aqlliroq, donoroq odam dunyoda yo‘qdek ko‘rinadi.
Shuning uchun ham xalq lirik qo‘shiqlarida sevgilisi —
qizning ≪qaldirg‘och qanoti≫dek qoshlari, yangi tandirdan
uzilgan ≪shir moy≫dek yuzlari, ≪Arslonbob asali≫ning
mazasini beruvchi lablari oshiq yigit tomonidan ehtiros
bilan kuylanadi.
Ayni paytda, yosh qizlarning nigohi yigitning ≪Beqasam
to‘ni≫ga, ≪maysadek kiprigi≫ga, ≪marvariddek tishi≫ga
tushadi va go‘zal qo‘shiq namunasi yaratiladi.
96

Masalan:
Qoshingni qaro deydilar
Qora qosh ukam, yor-yor,
Ko‘rsat qoshingni bir ko‘rayin,
Jonim ukamey, yor-yor.
Yoki:
Beqasam to‘nlar kiyib,

Muncha meni kuydirasiz,


Gohi-gohida bir qarab,
Voy, beajal o‘ldirasiz.
Qadim zamonlardan ma’lumki, bir-birini sevgan oshiqma’shuqlar
hamisha ham turmush qurish baxtiga muyassar
bo‘lavermaydilar. Shuning uchun lirik qo‘shiqlarda o‘ta
yuqori emotsional kayfiyat bilan bir qatorda dard, hasrat,
alam ohanglari ham o‘rin olgandir:
Oq ilon, oppoq ilon,
Oydinda yotganing qani?!
Sen meni yomon deding,
Yaxshini topganing qani?!
Lirik qo‘shiqlarda faqat go‘zal yorning tashqi qiyofasi
o‘z aksini topadi desak, to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki shunday
qo‘shiqlar borki, ularda sevikli yorning chaqqonligi,
mehnatsevarligi, odobliligi ham o‘z ifodasini topadi:
Gulijon o‘zi chaqqon,
Qoqi gulini taqqan.
Bir kulishi bor uchun,
Oyijoniga yoqqan.
Bir qator xalq lirik qo‘shiqlari yigit va qizlarning
aytishuvlaridan ham iborat bo‘lishi mumkin. Bu qo‘shiqlarda
iloji boricha yigitlar bir taraf, qizlar bir taraf bo‘lib, so‘z
o‘yinida bir-birlaridan g‘olib kelishga urinadilar. Aslini
olganda, bunday aytishuv qo‘shiqlari yigit-qizlarga hayot
go‘zalligi haqida, bu go‘zallikdan bahramand bo‘lish haqida
ma’lumot beruvchi lirik parchalarni eslatadi:
Ko‘zingni shahlo deydilar,
Shahlo ko‘z ukam, yor-yor.
Ko‘rsat ko‘zingni men bir ko‘ray,
Jonim ukam ey, yor-yor.
Ko‘zimni ko‘rib nima qilasiz,
Siz akajonim, yor-yor?
4—Xalq og‘zaki poetik ijodi 97
Tog‘da ohu ko‘zlarini,
Ko‘rmabmidingiz, yor-yor?
Yuzingni qizil deydilar,
Qizil yuz ukam ey, yor-yor.
Ko‘rsat yuzingni men bir ko‘ray,
Jonim ukam, ey, yor-yor.
Yuzimni ko‘rib nima qilasiz,
Siz akajonim, yor-yor?
Bog‘lardagi qizil gulni,
Ko‘rmabmidingiz, yor-yor?
Shunday qilib, lirik qo‘shiqlar asrlar davomida yosh
yigit-qizlar o‘rtasidagi bir-birlariga bo‘lgan ehtirosli muno -
sabatlarning badiiy ifodasi sifatida yashab keldi va
yashamoq da.



Yüklə 39,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin