Mavzu: avtomobillarni ishlab chiqarishda va ta’mirlashda qo’llaniladigan plastmassalar ma’ruza rejasi



Yüklə 287,71 Kb.
səhifə2/4
tarix23.11.2022
ölçüsü287,71 Kb.
#119794
1   2   3   4
пластмасса турлари

2. Polivinilxloridlar
Polivinilxloridlar (PVX) - YUqori molekulyar birikmani o`zida ifodalaydi va vinilxlorid polimerizasiyasini hosil qiladi, ya’ni, 56,8% xlorli birikishga ega.
n (CH2 = CH ) → ( - CH2 - CH- )n
| |
Cl Cl
Xlorning mavjudligi yonishni kamaytiradi. Plastifikator yordamida PVX asosidagi qattiq va elastik materiallar olinadi. Polivinixloridlar och jigarrangdan to`q jigarrangacha bo`lgan elektr izolyasiya xossalari yaxshi bo`lgan, kimyoviy chidamligi yuqori bo`lgan materiallardir. Ular neft mahsulotlariga va spirtga chidamlidir.
Polivinilxlorid och jigarrangdan to’q jigarrangacha bo’lgan xira plastik materialdir. Uning elektr izolyatsiyalash xossalari yaxshi, kimyoviy chidamliligi yuqori, neftü mahsulotlari va spirtlarda erimaydi, yonmaydi. Qattiq va elastik material bo’lib, unga ishlov berish oson (shtamplash, parmalash, frezalash, jilolash, unga naqsh berish, yelimlab yopishtirish, payvandlash mumkin). U qalinligi 20 mm gacha bo’lgan plastina va listlar, chiviqlar, trubalar, shakldor buyumlar va kukun ko’rinishida ishlab chiqariladi.
Suvda shishadi shuningdek sovuqqa chidamliligi cheklanganligi ( - 20 oS gacha) bu plastik materialning kamchiligidir. 150-160 oS gacha haroratda ishlay oladi, bundan ortiq haroratda qo’ngir yoki to’q jigarrang tusga kiradi, o’zidan vodorod xlorid ajratib chiqaradi. Quyosh nuri ta’sirida parchalanishi mumkin.
Polivinilxloriddan akkumulyator bankalari, nasoslarning, ventilyatorlarning detallari, suv, yonilg’i, moy trubalari, idishlar (masalan, shamolni to’sadigan oynani yuvgichning bakchasi), moldinglar o’rindiq qoplamalari tayyorlanadi, undan kuzovni qoplashda foydalaniladi va hokazo. Vinplast asosida olingan plyonkabop materiallardan simlarni izolyatsiyalash va dvigatellarni konservatsiyalashda foydalaniladi.


3. Polistirol plastik: qo’llanilishi.
Stirolning polimerlanishi quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin.

Yüklə 287,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin