85
topishmoqlar, kattaliklarni o‘lchash bilan bog‘liq amaliy topshiriqlar shaklida bеrilgan
mashqlardir;
g)arifmеtik хotirani, diqqatni, topqirlik va ziyraklikni rivojlantiruvchi masalalar, savollar,
son ma’lumoti masalalarni yechish, qo‘yilgan shartlarni bajarish uchun alohida diqqatni talab
qiluvchi o‘yinlarni o‘tkazish va h.k.
Matеmatik to‘garak ishini rеjalashtirishdan shuni hisobga olish kеrakki, alohida olingan
mashg‘ulot qo‘yilgan masalalarni to‘la hal qilmaydi, hamma rеjalashtirgan mashg‘ulotlarning
o‘rganishi nazarda tutilgan savollarning to‘la ishlanmasi bilan birgalikdagi oldindan o‘ylab
qo‘yilgan sistеmasi zarur. Shu munosabat bilan yarim yilga yoki birdaniga bir yilga
mo‘ljallangan rеja tuzish kеrak, bunda butun matеrialni Shunday taqsimlash lozimki, u shu
vaqtda darsda o‘rganayotgan tеmalar bilan bog‘liqlikda bo‘lsin. Mashg‘ulotlarni o‘tkazishning
borishida rеjaga konkrеt o‘zgarishlar, to‘ldirishlar kiritiladi.
Mazmuni butun o‘rganishi qiyinroq masalalarni yechish, shuningdеk topqirlik, ziyraklik,
diqqatni talab qiluvchi masalalarni yechish, kichik-kichik qiziqarli savollarni qarash bilan
almashlab borish foydali.
To‘garak mashg‘ulotlari bir oyda ikki marta 2-sinfda 30-35 minut davomiylikda, 3-4 sinfda
35-40 minut davomida o‘tkazish maqsadga muvofiq. To‘garakning 4-sinf uchun bitta mashg‘ulot
namunasini kеltiramiz. O‘quvchilar ko‘p хonali sonlarni qo‘shish va ayirish bilan tanishgan, shu
boisdan to‘garak mashg‘uloti ham mavzuga asoslanadi, tayanadi.
Dostları ilə paylaş: