Mavzu: Ekotizimlarning mahsuldorligi


Mavzu: Hujayra irsiyatini o`rganishga olib keladigan jarayonlar



Yüklə 70,94 Kb.
səhifə20/21
tarix31.12.2021
ölçüsü70,94 Kb.
#112919
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Mavzu Ekotizimlarning mahsuldorligi-fayllar.org

Mavzu: Hujayra irsiyatini o`rganishga olib keladigan jarayonlar



Darsning maqsadi:

ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy ma`lumotlar berish. Olgan bilimini nazorat qilish.

tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.

rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

Shakllantirilgan kompetensiya:biologik ob’ektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kom-si.

Dars turi: Yangi tushunchalar berish.

Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar, darslik, videodarslik.

Dars metodi: “Interfaol” metodi

Darsning borishi:



I

Tashkiliy qism

2 daqiqa


IV

Mustahkamlash

5 daqiqa


II

O’tilgan mavzuni so’rash

12 daqiqa


V

Baholash

3daqiqa

III

Yangi mavzu bayoni


20 daqiqa


VI

Uyga vazifa berish

3daqiqa



I. Tashkiliy qism. 1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.

II.O’tilgan mavzuni so’rash:

1. Plazmidlar asosan qanday genlardan tuzilgan?

2. Qaysi toifa plazmid qanday qilib bakteriyalarning antibiotikka chidamliligini tez amalga oshiradi?

3. Transmissibl va avtonom plazmidalarning hujayra irsiyatiga ta’sirini tushuntiring.

4. Transpozonlar qanday tuzilgan?

III.Yangi dars bayoni:

Gen muhandisligi maqsadi – rekombinant DNK yaratish va shu asosda organizm uchun foydali yangi belgilarni va xususiyatlar hosil qilishdir. Tabiatning o‘zida ham shu kabi rekombinatsiya jarayonlari yuz berishi kuzatiladi. Viruslar, faglar, bakteriyalar o‘zidagi genetik moddani boshqa organizmlarga o‘tkazish xususiyatiga ega. Rekombinantlar hosil bo‘lishining 3 xil usuli mavjud: transformatsiya, transduksiya, konyugatsiya. Amerika olimlari Lederberg va Tatum 1946-yilda bakteriyalarda jinsiy jarayonlar sodir bo‘lishini aniqladilar.

Organizm belgi va xususiyatlarining nasldan naslga o‘tishida nuklein kislotalar muhim ahamiyatga ega ekanligi 1928-yili Angliya bakteriologi Frederik Griffi t, keyinchalik 1944-yilda amerikalik mikrobiolog-genetik O.Everi bakteriyalar ustida olib borgan tajribalarida aniqlandi. DNKning genetik roli birinchi marotaba pnevmoniya (zotiljam) kasalligini qo‘zg‘atuvchi yumaloq shakldagi bakteriyalar – pnevmokokklarda isbotl angan.

1944-yilga kelib O. Eyveri, K. Makleod va M. Makkarti Griffi ts tajribasini qaytadan takrorladilar va S-shtammida uning patogenlik xususiyatini tashib yuruvchi DNK ekanligini ma’lum qildilar. Ular pnevmokokk bakteriyalarning 2xili streptomitsinga chidamli va chidamsiz shtammlari ustida tajriba olib bordi. Laboratoriya sharoitida probirkada streptomitsinga chidamli bakteriyalarni parchalab, uning DNK moddasi ajratib olindi.



IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:

Genetik injeneriya usullari


Kim tomonidan kashf qilingan


Mohiyati


Ahamiyati


Transformatsiya








Transduksiya








Konyugatsiya










V.Baholash:

VI.Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish va topshiriqni bajarish.

O`TIBRO’: __________________




Sana:____________ Biologiya: 10A ;10B

Yüklə 70,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin