Mavzu: Elektr chiqish signallari birlamchi usullari. Mundarija


Datchiklarning turlari va ishlatilish joylari



Yüklə 120,88 Kb.
səhifə3/10
tarix20.12.2022
ölçüsü120,88 Kb.
#121516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Hakimov Ulug`bek kurs ishi (Bosh naza)

1.2 Datchiklarning turlari va ishlatilish joylari.
Datchik (ruscha), birlamchi oʻzgartirgich — oʻlchanayotgan fizik kattalik (bosim, temperatura, elektr kuchlanish, siljish va b.)ni uzatish, unga ishlov berish va qayd qilish uchun signal (odatda, elektr signal)ga aylantirib beradigan vosita.
Oʻlchash, signal yoki rostlash qurilmalari tizimining muhim qismi; sezgir elementi tekshirilayotgan miqdorlar (bosim, temperatura, tezlik, yorugʻlik kuchi, elektr toki, kuchlanish va b.) taʼsirini sezadi. Ishi elektr qarshiligi, sigʻim, induktivlikka, shuningdek, nazorat qilinadigan mexanik, akustik, issiqlik, elektr, optik, magnit kattaliklar taʼsir etganda elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) hosil boʻlishiga asoslangan datchiklar (sig’im datchigi, induktiv, induksion va h. k.) keng tarqalgan. Elektr zanjirlarida kontaktlarning ulanib-uzilishiga asoslangan datchiklar (kontakt datchigi) va elektr mashina datchiklari ham bor. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va ilmiy tadqiqot ishlarining amaliy kis-mini bajarishda ishlatiladi.
Datchiklar avtomatika va telemexanika qurilmalarining muhim qismi hisoblanadi.
Kontaktsiz datchiklar

Har xil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ularning ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot olish zarur hisoblanadi. Bu maqsadda birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki datchiklar) keng qo‘llaniladi. Datchik deb, nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni kerakli yoki avtomatika tizimining keyingi elementlarida qo‘llash uchun qulay qiymatga o‘zgartiradigan vositaga aytiladi.

Datchiklarning aniq va ishonchli ishi, butun tizim ishini tegishli asosiy ko‘rsatkichlarini belgilab beradi. Datchiklar yuqori ta'sirchanlik (sezgirlik) va aniqlikka, uzoq xizmat muddati va ishda beshikastlikka, kichik o‘lcham va og‘irlikka, hamda past narxga ega bo‘lishlari kerak.

Datchiklarning turlari va ishlatilish joylari.


  • Mexanik o‘zgartirgichlar mexanik kirish ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, tezlik, sarf va hokazo) mexanik chiqish ko‘rsatkichlarga (aylanish chastotasi, bosim va hokazo) o‘zgartirib berish bilan xarakterlanadi. Bunday o‘zgartirgichlarning sezgirlik elementi sifatida elastik elementlar (membrana, prujina, balka kabilar) poplavoklar, krilchatkalar va drosselli qurilmalar ishlatiladi.

  • Elektromexanik birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki elektrik datchiklar) kirish mexanik ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, sarf kabilarni) chiqish elektrik ko‘rsatkichlarga (kuchlanish, tok, qarshilik, induktivlik kabilarga) o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi. Elektromexanik o‘zgartirgichlar parametrik va generator o‘zgartirgichlarga bo‘linadi.

Yüklə 120,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin