Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə12/71
tarix05.01.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#122000
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71
ilovepdf merged (2)

“Dars” tushunchasiga tavsif.


Dars – jismoniy tarbiya mashgʻulotlarining tizimli shakli boʻlib, bir xil yoshdagi, bir xil kontingentdagi bolalarga belgilangan vaqt ichida dastur mavzularini oʻqitish jarayonidir.
Maktab darsi jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish uchun mashgʻulotlarning alohida shakli boʻlib, boshqa oʻquv muassasalardagi mashgʻulotlardan oʻzining maqsadi va vazifalari bilan farqlanadi.
Jismoniy tarbiya jarayoni bir yillik emas. Mazmuni va tashkillanishining turli tumanligi bilan harakterlanadigan mashgʻulotlar, darslar turkumi orqaligina tarbiyaning bu yoʻnalishida ma’lum natijalarga erishishni maqsad qilib qoʻyish mumkin. Har bir darsda alohida vazifalar hal qilinadi. Oldin oʻqitilgan (oʻrgatilgan)ni va keyin oʻqitiladigan mavzulari bir biri bilan harakatning ayrim yoki boʻlaklari bilan albatta bogʻlanishi va tuzilishi bilan farqlanadi hamda belgilangan tizim asosida olib boriladi.
Jismoniy tarbiya darslarining harakterli tomoni shundaki, u maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis tomonidan, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarligi taxminan bir-biriga yaqin kontigent bilan bir necha yilga
moʻljallangan dastur asosida hamda ma’lum tizimga solingan jadval asosida tashkillashtiriladi. Darslar umumiy jismoniy tarbiya, kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi va sport ixtisosligini yoʻlga qoʻyish maqsadida oʻtkaziladigan mashgʻulotlarning tizimli va nisbatan tejamli, samarali shaklidir.
Jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish mashgʻulotlarning boshqa tipik shakllari oʻzining davriyligi, tizimli emasligi, faqat bir marotabaliligi, individualligi bilan darslardan tubdan farqlanadi. Koʻpincha mashgʻulotlarning yuqorida qayd qilingan shakllari darsni toʻldiradi va uni xususiy va umumiy vazifalarini toʻldirishda qoʻshimcha rol oʻynaydi. Lekin ular aholini jismoniy tarbiya boʻyicha ma’lum darajadagi talablarni toʻla qondirib mustaqil ahamiyat kasb etadi.

Jismoniy tarbiya darsining vazifalari va unga qoʻyilgan talablar.


Jismoniy tarbiyada pedagogik jarayonning natijalari jismoniy tarbiya darslarida olib boriladigan oʻquv-tarbiyaviy ishlarning sifatiga bogʻliq. Bunga har bir dars zamiridagi qator vazifalarni hal etish bilan erishiladi.
Jismoniy tarbiya darslari ta’lim berish (oʻqitish), tarbiyalash va sogʻlomlashtirishdek jismoniy tarbiya jarayonining umumiy vazifalaridan kelib chiqib, har bir dars uchun aniq “Tanishtirish”, “Oʻzlashtirish”, “Mustahkamlash”, “Takomillashtirish” dek mazmunga ega boʻlgan xususiy vazifalarni qoʻyish va unihal qilishni nazarda tutadi.

Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin