Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə19/71
tarix05.01.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#122000
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
ilovepdf merged (2)

Kalit soʻzlar: jismoniy tarbiya darslarida oʻquvchilar faoliyatini tashkil etish va boshqarish, yuklamalarni me’yorlash qoidalari; oʻquv yilida jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini rejalashtirishni oʻrgatish; jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini tashkil etish usullari.


Mashgʻulotlarni tashkil etish xususiyatlarini ochib berish


Sogʻlom bolani rivojlantirish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar shuni kursatadiki, bola organizmining shakllanishida jismoniy tarbiya va sportning ta’siri bekiyos hisoblanadi. Inson organizmi muntazam ravishda harakatlarga biologik extiyojni sezadi. Bu harakatlar jismoniy kamolotga erishishda va intellektual rivojlanishda faol biologik stimul vazifasini bajaradi.
Organizmning intensiv oʻsish va rivojlanish davri bolalik va oʻsmirlik vaqtiga toʻgʻri keladi. Bugungi kunda respublikamizning sogʻlom va garmonik rivojlangan fuqarolarni shakllantirishni, jismoniy tarbiya va sportsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Toʻgʻri tashkil etilgan jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarining bolalar sogʻligʻi va tashki muxitning noqulay ta’sirlariga qarshi turish qobiliyatiga muxim ta’sir koʻrsatish toʻgʻrisida ilmiy asoslangan tadqiqotlar mavjud.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish bolalar va oʻsmirlarda optimizm, ruxiy va ma’naviy tetiklikni shakllantiradi, vatanparvarlik va vatanni sevish xis-tuygʻularini shakllantiradi.
Sportni bolalarning kundalik extiyojiga aylantirish va ularni sport turlariga jalb etish maqsadida joylarda juda koʻp ommaviy musobaqalar oʻtkazilmoqda. Bolalar sportini zamon talablari asosida rivojlantirishga xizmat qiladigan, mamlakatimizda joriy etilgan uch bosqichdan iborat musobaqalarni yaxlit milliy tizimi yoshlarni uzluksiz sportga jalb qiladigan asosiy mexanizm boʻldi.
Ushbu tizim:

  • viloyat xokimliklari, tegishli vazirliklar va sport tashkilotlari oʻquvchi- yoshlarini sportga keng jalb qilish borasidagi harakatlarini birlashtirdi;

  • qishloq joylarida tarqoq, oʻzaro bogʻlik boʻlmagan va aniq maqsadga qaratilmagan musobaqalarni tartibga keltirdi.

Mazkur tizim musobaqalarini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 3 iyunda “Oʻquvchi va talaba-yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 244-sonli qaroriga binoan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining respublika finalini uch yilda bir marotaba oʻtkazilishi belgilandi.
Bugungi kunda respublikamizning barcha shahar va olis qishloqlarida ham sport zallari, maydonchalari, klublari, salomatlik markazlari yangitdan qurilib, eskilari esa ta’mirlanib foydalanishga topshirilmoqda. Bu yerlarda oʻquvchi yoshlar uzlarining yoqtirgan sport turlari bilan shugʻullanishmoqda.




Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin