Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə44/71
tarix05.01.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#122000
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71
ilovepdf merged (2)

Jismonan kuchliroq oʻquvchilarga individual (qoʻshimcha) topshiriqlar berish kerak.
Darsdagi jismoniy tarbiya qoʻyidagicha mutanosiblashtiriladi:

  • oʻyinlar va mashqlar miqdorini oʻzgartirib;

-mashqlarni turlicha miqdorda takrorlash bilan;

  • mashqni bajarishga ajratilgan vaqtni koʻpaytirib yoki ozaytirib;

  • mashqni bajarish sur’atini oʻzgartirib;

  • harakatlar amplitudasini koʻpaytirib yoki ozaytirib;

  • mashqni bajarishni murakkablashtirib yoki soddalashtirib;

  • mashqlarni bajarishda turli predmetlarni qoʻllab.

Kasbga taalluqli jismoniy tayyorgarlik oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv muassasalarida umumjismoniy tayyorgarlik asoslariga tayangan xolda maxsus maqsadlarni amalga oshiradi va oʻquvchilar kelajak mehnat faoliyatlarining asosiy turlari bilan bogʻliq boʻladi.
Kasbiy jismoniy tayyorgarlikning asosiy maqsadlari qoʻyidagilardan iborat:

  1. Oʻquvchilarning hunarga ta’lluqli va zaruriy jismoniy sifatlarni takomillashtirish va rivojlantirish.

  2. Aniq hunarga ta’lluqli va organizmga kerakli ruxiy-fiziologik faoliyatlarni oʻzlashtirish;

  3. Mehnat sharoitida gipodinamiya, majburiy ish vaziyati, harakatning yuqori va past intensivligi, toliqish kabi noxush ta’sirlarni oldini olish;

Har bir kasb uchun zarur boʻlgan jismoniy sifatlar va harakat malakalari tanlangan mutaxassislikka oʻrganish jarayonida va mehnat jarayonining oʻzida orttiriladi hamda takomillashib boradi. Agar kasbiy ta’lim jarayonini maxsus jismoniy mashgʻulotga koʻshib olib borilsa, ish operatsiyalarini oʻrganib olish ancha tezrok boʻladi. Koʻpincha jismoniy fazilatlar yetarli darajada taraqqiy etmagani kasbiy maxoratga erishish yoʻlida yagona toʻsiq boʻladi. Koʻp xollarda jismoniy mashgʻulot qilmagan qilishini mutlaqo ishga qoʻyib boʻlmaydi (refaol aviatsiya uchuvchilari, kosmonavtlar). Maxsus mashqlarning qoʻllanishi professional ta’lim saviyasini yaxshilaydi va ayni vaqtda anchagina iqtisodiy foyda keltiradi, chunki bunda oʻquv vaqti qisqaradi va kadrlar tayyorlashga sarflanadigan mablagʻlar kamayadi.
Jismoniy mashqlar insonlarni bevosita kasbiy mehnatga va mudofaa faoliyatiga tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan koʻpgina masalalarni xal etishga yordam beradi. Xuddi shuning uchun ham sport yangi va murakkab kasblarni egallayotgan barcha kishilarning eng yaqin yordamchisi boʻlib qolmoqda. Tegishli jismoniy mashqlar, shuningdek, tashqi muxitning mehnat faoliyatining koʻpgina turlarida boʻladigan salbiy ta’siriga (badanning qizib ketishi, sovib ketishi, atmosfera bosimining pastligi va boshqalarga) organizmning chidamliligini ham oshiradi.
Kasbiy tayyorgarlik qanchalik katta ahamiyatga ega boʻlmasin, u xech qachon insonni jismoniy tarbiyalashning mustaxkam asosi boʻlgan umumiy jismoniy tarbiya oʻrnini bosa olmaydi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik kasbiy jismoniy tayyorgarlik uchun ham asos boʻlib xizmat qiladi.
Kasbiy jismoniy tayyorgarlik jismoniy tarbiyaning ixtisoslashtirilgan jarayonlari turlaridan biri boʻlib, shaxsning jismoniy ham da u bilan bogʻliq psixik fazilatlarini rivojlantirishga, shuningdek, harakat, maxorat va malakalarini kasbiy faoliyatning aniq xususiyatdariga moslab shakllantirishga qaratilgandir. Har bir kasb boʻyicha jismoniy tayyorgarlik turining vazifasi va mazmuni aniq kasb faoliyatining oʻziga xos xususiyatlaridan, shuningdek, faoliyat qanday sharoitda oʻtayotganidan kelib chiqadi.
Mehnat jarayonida kasbiy jismoniy tayyorgarlikka keng oʻrin berilishiga ikki xil sabab bor:
Birinchidan, ayrim mehnat turlarining jismoniy va boshqa sifatlar, shuningdek, malakalar katta majmuasini chuqur rivojlantirishni talab qilish xususiyati;
Ikkinchidan, odat boʻlmagan va koʻpincha favqulodda murakkab faoliyat sharoiti (dengiz flotida xizmat qilish, geodezist, geologlarning taygada, togʻli joylarda) ish olib borishi.
Insonning turli ish operatsiyalari sifatli bajarilishiga va mehnat unumdorligi ortishiga bevosita ta’sir etadigan psixik va jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish;
Tashqi muxitning noqulay ta’siriga organizm chidamliligini oshirish.

Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin