Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə54/71
tarix05.01.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#122000
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71
ilovepdf merged (2)

Sport natijalari - sportdagi son va sifat darajasining koʻrsatkichidir.
Sportchining tasnifi - sportchini barqaror tasnifi boʻlib, ma’lum vaqt ichida yoki sport musobaqalarida qatnashishini umumlashgan yakunidir.
Oʻzbekiston Respublikasida yagona sport tasnifi mavjud boʻlib, har toʻrt yilda oʻzgarib turadi. Sportning ijtimoiy hodisa sifatida oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, u asosan jamiyatga insonning jismoniy sifatlarini rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi, shu bilan birga, uning ma’naviy kamolotiga ham kuchli ta’sir koʻrsatadi.
Sport shaxsning har tomonlama rivojlanishiga maxsus tarzda ta’sir koʻrsatadi, hayotiy koʻnikma va malakalarning shakllanishiga yordam beradi, ma’naviy, ahloqiy va aqliy oʻsishga, shaxsning mardlik, iroda, ruhiy tetiklik kabi xususiyatlarini chiniqtirishga koʻmaklashadi, insonlarda oʻzaro hurmat,doʻstlik- inoqlik hissiyotlarini tarbiyalaydi, oʻzaro yordam, olijanoblik, halollik, baynalmilallik ruhi va boshqalar sportning eng muhim fazilati hisoblanadi.
Trenirovka atamasi boshqa terminlar singari bir ma’noli soʻz emas. Uni eng keng ma’noda, mashqlarning konkret mazmuni mutlaqo xilma xil boʻlishi mumkinligiga qaramay, har qanday mashq qilish, odatlantirish jarayoni ma’nosida tushunadilar.
Sport trenirovkasi pedagogik hodisa boʻlib, u sportda yuksak natijalarga erishish uchun bevosita yoʻnaltirilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir.
Sport trenirovkasining maqsadi mazkur sportchi uchun mumkin boʻlgan eng yuqori tayyorgarlik darajasiga erishish hamda musobaqa faoliyatida yuksak natijalarni namoyish etishdan iboratdir.
Sport trenirovkasi atamasi bilan bir qatorda sportchini tayyorlash atamasi ham qoʻllaniladi.
Sportchini tayyorlash- kengroq tushuncha boʻlib, u sportda yuksak koʻrsatkichlarga erishishga tayyor boʻlish va buni oshira borishni ta’minlovchi barcha vositalardan foydalanishni oʻz ichiga oladi.
Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiyligi uning oqibatlaridan samarali ravishda manfaatdordir deb hisoblaydi (O.A.Milshteyn).
Bu oqibatlar majmui, sport bilan shugʻullangan har bir jamoa a’zosi, har bir ijtimoiy guruh uchun qanchalik foyda yoki ziyon keltirishini aniqlab beradi.
Bularga quyidagilar kiradi:

  • aholini barcha ijtimoiy guruh va tabaqalariga jismoniy tarbiya tizimining ijtimoiy ta’siri;

  • jismoniy tarbiya boshqaruvini tashkil qilish va uning faoliyat samaradorligi;

  • har bir jamiyat a’zosining ruhan va jismonan sogʻlom boʻlishiga, uning ijodkor shaxs sifatida har tomonlama kamol topishiga, uning mehnat faoliyati, ijtimoiy siyosiy harakati, umuman, ijtimoiy qiyofasi va faoliyatiga, hayotda tutgan oʻrniga sportning tarbiya, ta’lim va sogʻlomlash-tirishga qaratilgan ta’sirining amaliy natijasi;

  • mashgʻulotdan boʻsh vaqtlarda samarali dam olish usullari va bunday dam olishning ommaviyligi;

  • ommaviy axborot vositalari orqali jismoniy tarbiya va sportni targʻib qilishning samaradorligi;

-xalqaro sport harakatlari va olimpiya oʻyinlarining rivojlanishiga, turli mamlakat xalqlari oʻrtasida tinchlik – totuvlik va hamkorlikning rivojlanishiga, keskinlikni yumshatishga qoʻshgan hissasining samaradorligiga bogʻliqdir.
Sport hamisha jamiyat oldida, bir qator muhim vazifalarni bajarib kelgan hozirgi kunda vazifalar bundan ham koʻpaya boradi.
Sport shaxsning har tomonlama rivojlanishiga maxsus tarzda ta’sir koʻrsatadi, hayotiy koʻnikma va malakalarning shakllanishiga yordam beradi, ma’naviy, axloqiy va aqliy oʻsishga, shaxsning mardlik, iroda, ruhiy tetiklik kabi xususiyatlarini chiniqtirishga koʻmaklashadi, insonlarda oʻzaro hurmat, doʻstlik- inoqlik hissiyotlarini tarbiyalaydi, oʻzaro yordam, oliyjanoblik, halollik, baynalminallik ruhi va boshqalar sportning eng muhim fazilati hisoblanadi.
Sport koʻngilxushlik va muxlislik bilan birgalikda sogʻlomlashtirish vazifasini bajaradi, uning sogʻlomlashtirish turlari, dam olish, joʻshqin xordiq chiqarishga qaratilgan boʻlib, sogʻlom hayotning asosi boʻlib, hisoblanadi.
Nazariya - deganda, asosan, u yoki bu sohadagi tajribalarni umumlashtiruvchi, tabiat qonunlarini, obyektiv ravishda koʻrsatishi asosiy bilimlarni inson ongida namoyon boʻlishi tushuniladi.

Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin