Mavzu: Iqtisodiyot nazariyasi faniga kirish



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə2/7
tarix26.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#136300
1   2   3   4   5   6   7
1 mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi faniga kirish

MAKROIQTISODIYOT –
Milliy iqtisodiyot va uning alohida yirik sektorlari (davlat sektori, nodavlat sektori va xususiy sektor)
MEGAIQTISODIYOT –
Jahon xo‘jaligi va davlatlararo hududiy tuzilmalar iqtisodiyoti (Evropa ittifoqi, MDH va h.k.)
Iqtisodiy faoliyat-insonlarning moddiy va ma’naviy ne’matlarini ishlab chiqarish, iste’molchiga yetkazib berish hamda xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan, bir-biriga bog‘liqlikda amalga oshiriladigan faoliyatlar.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib , kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan xayotiy vositalarini ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qaratilgan , bir – biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli – tuman faoliyatlarini yaxlit qilib bir so‘z bilan, iqtisodiy dalil deb ataladi.
Takror ishlab chiqarish—ishlab chiqarishning yangidan boshlanib va qaytadan to‘xtovsiz takrorlanib turishidir.
Takror ishlab chiqarish turlari
Qisqarib boruvchi - Ishlab chiqarish hajmi kamayib borish tartibida takrorlanadi.
Oddiy - Ishlab chiqarish hajmi bir me'yorda, o‘zgarmasdan takrorlanadi.
Kengaytirilgan - Ishlab chiqarish kengayib borish tartibida takrorlanadi.
Takror ishlab chiqarish bosqich (faza)lari
Ishlab chiqarish - tovarlar va xizmatlar yaratiladi
Ayriboshlash -turli xil bozorlarda tovar (xizmat)lar pul vositasida ayriboshlanib, ishlab chiqaruvchidan iste'molchi qo‘liga o‘tadi.
Taqsimlash -yaratilgan tovar (xizmat)lar hududiy birliklar, tarmoqlar, sohalar hamda resurs egalari o‘rtasida taqsimlanadi
Iste'mol - tovar (xizmat)lar pirovard foydalaniladi, ya'ni ular shaxsiy va unumli iste'mol qilinadi

INFRATUZILMA TURLARI:


INFRATUZILMA — bu ishlab chiqarish va ayirboshlashni me'yorida amalga oshirish hamda kishilarning turmush kechirishining umumiy shart-sharoitlarini tashkil qiluvchi sohalar.

INFRATUZILMA TURLARI:

  • ishlab chiqarish infratuzilmasi - bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatadi. Bular saqlash va uzatish vositalari ombor xo‘jaligi, moddiy texnika ta'minoti, transport, aloqa, yo‘llar, boshqalardir.
  • ijtimoiy infratuzilma - kishilar yashash va hayot kechirishining ijtimoiy-madaniy va maishiy sharoitlarini tashkil qiladi (ta'lim, sog‘liqni saqlash, maishiy, uy-joy va kommunal xo‘jalik).
  • bozor infratuzilmasi - tovarlar va iqtisodiy resurslar ayriboshlash jarayoniga xizmat qiladi (birjalar, savdo uylari, auksionlar va boshqalar).
  • qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi.

Insonning yashashi va kamol topishi, jamiyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga zaruriyat «ehtiyoj» deb ataladi. Jamiyat ehtiyojlari kishilar, ya’ni jamiyat a’zolari, korxonalar va davlat ehtiyojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlarning bu barcha turlari uchun umumiy bo‘lgan xususiyat – ular cheksiz va chegarasizdir.
2. Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni.
ALOHIDA KISHILARGA XOS BO‘LGAN NOYOB XISLAT, TALANT VA QOBILIYATDIR

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin