Mavzu: Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo’nalishlari. Reja: Kirish


Iqtisodiy samaradorlig, uning ko’rstakichlari va hisoblash usullari



Yüklə 172,27 Kb.
səhifə4/5
tarix31.12.2022
ölçüsü172,27 Kb.
#121907
1   2   3   4   5
ishlab chiqarish samaradorligiuning (1)

4. Iqtisodiy samaradorlig, uning ko’rstakichlari va hisoblash usullari
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash korxona, firma va kompaniyalarning xo:jalik-moliyaviy boshqaruv tizimiga yangicha yondoshishni ta’qozo etadi. Korxonalaming iqtisodiy mustaqil va moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishlari, ularda boshqaruvni to‘g‘ri tashkil qilish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni oqilona yo‘lga qo‘yish, fan va texnika yangiliklaridan, yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish, moliyaviy boshqaruv va moliyaviy rejalashtirishni to‘g‘ri tashkil etilish kabi bir qator omillarga bog‘liq. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming muvaffaqiyati ko‘p jihatdan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, qo‘shma korxonalar tuzish, korxonalami ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish, kichik hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga bog'liqdir. Har qanday mulkchilik shaklidagi korxonalarda dastlab ish faoliyatini tashkil etish, kelgusida ishlab chiqarish va hizmat ko‘rsatishni samarali boshqarish va moliyaviy barqarorlikka erishishda biznes rejaning o‘ni muhim ahamiyat kasb etadi.
Rejalashtirish tushunchasini xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning obyektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi ≪rejalilik≫ orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvozanat) iva proporsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bo‘yicha ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, balanslilikni (muvozanatni) va prorporsionallilikni ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi. Bunda balanslilik davlatning ixtiyorida bo‘lgan moliyaviy resurslar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ixtiyorida (qo'lida) qolgan daromadlar o'rtasidagi optimal nisbatni bildiradi.
Proportsionallik esa korxonalar, xo‘jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat subyektlari bo‘yicha daromadlarning soliq to‘languncha va soliq to'langandan keyingi miqdorlari o‘rtasidagi oqilona riisbatdan iborat. Ana shu nisbatni ko‘paytirish yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag‘batlantirish yoki cheklab qo‘yishi mumkin.
R.Breyli va S.Mayersning fikricha moliyaviy rejalashtirish jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- investitsion imkoniyatlaming tahlili va korporatsiya ixtiyoridagi mablag‘Iardan moliyalashtirish imkoniyatlarining tahlili;
- qabul qilinayotgan qarorlarning oqibatlarini bashoratlash yoki oldindan ko‘ra olish;
- bir nechta variantlardan eng oqilona qabul qilingan qarorlarning rejaga kiritilishini asoslay olish;
- rejada belgilangan ko‘rsatkichlar bilan korporatsiyalar tomonidan erishilgan natijalaming nisbatini baholash.
Umumiy va oddiy ko‘rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda moliyaviy rejalami tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko‘rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va o'zaro bog'Iash tizimi sifatida qarash kerak. Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va shu asosda moliyaviy ko‘rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni, moliyaviy rejalashtirishning ishchi chizmasi sifatida qarash mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki,moliyaviy rejalashtirish jarayonida u yoki bu subyekt faoliyat ko‘rsatishi moliyaviy ta’minlanishining hayotiyiigini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak. Moliyaviy rejalashtirish tushunchasi quyidagilarni o‘z ichiga oiadi: taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish; jalb qilingan mablag‘lar va vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirish menejmenti va b.
Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyatlarni kerakli boigan moliyaviy resurslar bilan ta'minlash;
- pul mablag‘laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo‘yicha ichki rezervlarni qidirib topish;
- kapitalni samarali joylashtirish yo‘llarini aniqlash, undan oqilona va samarali foydalanishni baholash;
- kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlar o'rnatish;
- korxonaning moliyaviy ahvoli, to‘lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi ustidan nazorat o‘rnatish.
Bozor munosabatlariga o‘tilganiga qadar moliyaviy rejalashtirishning mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalarni – markazlashtirilgan iqtisodiyot amal qilganligi uchun yetarli darajada formal bo‘lgan korxonalaming besh yillik moliyaviy rejalaridagi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mo‘ljallangan rejalaming loyihasini baholash, korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzish kabilami hal etishga qaratilgan edi. Bunday amaliyotning hukm surganligi korxona moliyaviy xizmatlarining obro‘yiga obro£ qo‘shmas, chunki ularga hech narsa bog‘liq emas edi. Bozor iqtisodiyotida moliyaviy xizmatlaming roli tubdan o‘zgaradi. Ular korxona rivojlanishini faol va ta’sirchan boshqaradi va birvaqtning o‘zida, shu rivojlanishning yo‘nalishi va sifatini nazorat qiladi. Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy harakatlarni oldindan ko‘ra bilishgina emas. Bu tegishli ishlami amalga oshirish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan har qanday kutilmagan holatlarni ko‘ra olish qobiliyati hamdir.
XULOSA
Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar umumiy ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy nеgizini tashkil etib, ayirboshlash, taqsimlash va istе’mol jarayonlarida bo’ladigan munosabatlarning tavsifini bеlgilab bеradi. Shuning uchun ularni o’rganish o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Insoniyat zarur nе’matlar istе’molisiz yashay olmaydi. Shunga ko’ra, bu nе’matlarni muntazam ravishda ishlab chiqarish muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish va xizmat qilish jarayonida insonning yashashi uchun zarur bo’lgan barcha hayotiy vositalar yaratiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish omillari – yer, kapital, ishchi kuchi va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat bo’lib, ular o’zaro bir-birlariga ta’sir ko’rsatadi. Bu omillardan birining sifat va miqdor jihatidan o’zgarishi pirovardida boshqa omillarning o’zgarishiga ham ta’sir ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish jarayonida barcha omillar harakatda bo’ladi, lеkin ular ichida jonli mеhnat, ya’ni ishchi kuchi faol bo’lib, u barcha ishlab chiqarish vositalarini harakatga kеltiradi, ularga «jon kiritadi», asosiy kapital qiymatining yo’qolib kеtmasligini ta’minlab, yangi yaratilgan tovar va xizmatlarga o’tkazadi. Va nihoyat, bu jarayonda yangi tovar va xizmatlar vujudga kеladi.
Yangi vujudga kеlgan tovar va xizmatlar ikki xil xususiyatga – naflilik va qiymatga ega bo’lib, ikki tomonlama hisobga olinadi: natural-ashyoviy (naflilik) tomonidan va qiymat tomonidan. Natural-ashyoviy tomondan u uch qismga: ishlab chiqarish vositalari, istе’mol buyumlari va turli xizmatlarga bo’linadi. Qiymat tarafidan ham uch qismga: istе’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (s), zaruriy mahsulot qiymati (v) va qo’shimcha mahsulot qiymati (m)ga bo’linadi.
Bundan 100 yil ilgari marjinalistlar tomonidan kashf qilingan va iqtisodiyotning univеrsal qonuni dеb atalgan qonun – «kеyingi qo’shilgan omil (qo’shilgan kapital, qo’shilgan mеhnat) unumdorligining pasayib borish qonuni» ko’r-ko’rona isrofgarchilikka, ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’yilmasa, hozirgi zamon fan-tеxnika taraqqiyoti sharoitida amal qilmaydi.
Ishlab chiqarish jarayoni doimo o’zgarib, takomillashib va kеngayib boradi. Uning rivojlanib borishida ishlab chiqarish jarayonlarini modеrnizatsiyalash, divеrsifikatsiyalash va tarkibiy jihatdan o’zgartirib borish muhim rol o’ynaydi.
Menejment insonlarni ongli mehnatga, tadbirkorlikka qiziqtirish, ishga mas’uliyatliligini nazorat qilish, ularning bilim va ko‘nikmalarini faoliyatga ijobiy t a ’sir ko‘rsatishini t a ’minlash, rag'batlantirishni tashkil etishdir. Fanning predmeti xo‘jalik yuritishning barcha bo‘g ‘inlarida boshqaruvni tashkil etish shakllari va uslublarini ifodalovchi nazariy hamda amaliy tamoyillar majmuidan iborat.
Menejment usullarini puxta egallagan, qo'llay biladigan rahbar nafaqat ishlab chiqarish faoliyatini samarali boshqarishga, qolaversa, butun iqtisodiyotni rivojlantirishga katta ta ’sir ko'rsatadi. «Bugungi kunning eng muhim vazifasi, - deb ta ’kidlaydi Prezidentimiz Islom Karimov, - hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvda, respublika miqyosida, viloyat, tuman, qishloq va mahallalarni boshqarishda, tarmoq bo‘g ‘inlarini idora etishda yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda m as’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, iymoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iborat».

Yüklə 172,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin