Mavzu: kasbga yo’naltirish asoslari to’G`risidagi ta`limot reja



Yüklə 412,5 Kb.
səhifə13/14
tarix21.10.2022
ölçüsü412,5 Kb.
#118463
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1.2 prezentatsiyasi

Tibbiy konsultatsiya.

  • Har bir o’quvchi o’ziga adashmay kasb tanlar ekan, uning mazmunini bilishi va unga qiziqishini anglatishning o’zi etarli bo’lmaydi. U kasbning insonga qo’yadigan barcha talablariga o’quvchining sog’lig’i javob bera olishini ham bilish zarur.
  • Ma`lumki, o’quvchilarning meditsina ko’rigidan o’tib turishi maktab shifokori va maxsus tibbiy tashxis nazoratiga yuklatilgan. Maktab shifokori o’quvchining o’sish va rivojlanish xususiyatlarini, ular sog’lig’ining ahvolini muntazam kuzatib borishi lozim. Kasb tanlashga doir barcha maslahatlar har bir o’quvchining individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda berilishi lozim, chunki organizmdagi kasalliklar ayrim kasblarni tanlash va egallashga yo’l bermasligi mumkin.
  • Noqulay sharoitlar ta`siri ostida o’quvchilar organizmida funktsional, ba`zan esa potologik buzilishlar nisbatan tez-tez paydo bo’ladi. Maktab yoshidagi bolalarda odatda o’z imkoniyatini ortiqcha baholash hamda atrof muhitni to’g’ri baholay olmaslik hollari uchraydi. SHu sababdan ko’pgina o’smirlar o’z sog’liqlari tanlanayotgan mehnat turiga mos kelish-kelmasligi-ni hamma vaqt ham hisobga olavermaydilar, bu masalaga ota-onalar ham doimo to’g’ri munosabatda bo’lavermaydilar, noto’g’ri tanlangan kasb salomatlikni keskin yomonlashishiga olib kelishini kamdan-kam o’ylaydilar.

Shuning uchun ham kasb tanlaganda shaxsiy mayl va qiziqishdan tashqari, organizmning funktsional imkoniyati, xususan, sog’liqning ahvoli, jismoniy rivojlanganlik, asab sistemasi va yurak-qon tomir xususiyatlari, kuch va qobiliyati, eshitish, ko’rish va boshqa xususiyatlardan kelib chiqish lozim bo’ladi.

  • Shuning uchun ham kasb tanlaganda shaxsiy mayl va qiziqishdan tashqari, organizmning funktsional imkoniyati, xususan, sog’liqning ahvoli, jismoniy rivojlanganlik, asab sistemasi va yurak-qon tomir xususiyatlari, kuch va qobiliyati, eshitish, ko’rish va boshqa xususiyatlardan kelib chiqish lozim bo’ladi.
  • Kishi fiziologik ma`lumotlarining kasb talablariga mos kelmasligi bir xil sharoitda bir bolaning ishni yaxshi uddalashiga, ikkinchi bolaning ishni uddalay olmasligiga olib keladi.
  • Demak, kasbga yaroqlikni tibbiy nazorat komissiyasi tomonidan hisobga olish kasal o’quvchilargagina emas, balki sog’lom o’quvchilarga ham zarur.
  • O’quvchilarning kasb tanlashida ularning jismoniy rivojlanishini, organizmidagi fiziologik o’zgarish xususiyatlarini, o’smirning sog’lig’ini hisobga olgan holda to’g’ri yo’l tutish to’g’ri rivojlanish hamda mehnat qobiliyatini yo’qotishni ilgariroq oldini olishga shart-sharoitlar yaratadi. Bundan tashqari, organizmning kompensatorlik imkoniyatlarini rivojlantirish uchun moslashish jarayonlarini faollashtirish usullaridan biri sanaladi. SHuning uchun salomatligida u yoki bu darajada kasalliklar mavjud bo’lgan o’smirlarda kasbni to’g’ri tanlash va ishga joylashish ko’pchilik hollarda ularning sog’ayib ketishiga ijobiy ta`sir ko’rsatishi mumkin.

Yüklə 412,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin