Mavzu: Kasbiy-pedagogik ta’limning tarixi: muammolar va rivojlanish istiqbollari Pedagogika tarixini davrlashtirish muammosi


Ta’lim tizimi nuqtai nazaridan axborot texnologiyalarining joriy etilishi bilan birga yuzaga keladigan quyidagi muammolar muhimdir



Yüklə 279,5 Kb.
səhifə16/21
tarix09.05.2022
ölçüsü279,5 Kb.
#115720
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
6-mavzu Kasbiy

Ta’lim tizimi nuqtai nazaridan axborot texnologiyalarining joriy etilishi bilan birga yuzaga keladigan quyidagi muammolar muhimdir:

1. Texnik muammolar - bular ta’lim tizimida foydalaniladigan elektron hisoblash va mikroprotsessor texnikasiga qo‘yiladigan talablami, uni qo‘llash xususiyatlarini belgilaydi;

2. Dastur muammolari - bular ta’lim tizimida foydalanish uchun dastur ta’minotining tarkibi va turlarini, ulaming qo‘llanish tarkibi va xususiyatlarini belgilaydi;

3. Tayyorgarlik muammolari - bular o‘qituvchi va o‘quvchi, pedagog va talabalaming hisoblash texnikasidan foydalanish uquvi bilan bog’iqdir.

Ta’lim tizimi har bir jamiyatning rivojlanish asosi bo‘lib xizmat qiladi. Chunki aynan ta’lim tizimi jamiyatning har bir a ’zosini m a’naviy, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida eng asosiy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham barcha tarixiy yuksalish, yangilanish bosqichlarida aynan ta’lim tizimini isloh qilish muhim o‘rin tutgan. Ta’lim tizimi har bir jamiyatning rivojlanish darajasidan hamda shu jamiyatning talablaridan kelib chiqqan holda shakllanadi.

O‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim jarayonida: Zarur bilimlar bilan qurollantiriladi. Kerakli malakalarga ega bo‘ladi. K o‘nikmalar hosil qiladi. Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv moddiy bazalari bugungi kunda bir necha yo‘nalishda rivojlanmoqda: - ta’lim oluvchilaming o‘quv-texnika vositalariga bemalol yondashishi, qo‘llashi; - axborot texnologiyalaridan foydalanishi; - o‘quv ko‘rgazmali vositalarni qo‘llashi; - o‘qitish tizimining bir-biriga bog‘liqligi.

Hozirgi paytda to‘rtta yo‘nalishdagi yangi axborot texnologiyalarining taTim jarayonida qo’lanilishi:

1. Nashriyot texnologiyalarini qo’llash.

2. Telekommunikatsiya.

3. Katta maketlar va ommaviy axborot vositalari.

4. Kompyuter robotexnikasi.

Telekommunikatsiya tizimlari yangi pedagogik va axborot hamda turli sohalardagi kasbiy bilimlami eng qisqa vaqtda uzatish imkoniyatini beradi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi, o‘qitishning yana bir yo‘nalishini, ya’ni - media o‘qitishni vujudga keltiradi. Bunda ta’lim oluvchilar turli xil ommaviy axborot vositalarini (gazeta, jumal, TV, kino, radio, video va boshqa) egallab olishga tayyorlash yo‘nalishida olib boriladi.




Yüklə 279,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin