Mavzu Ko‘p xonali sonlar Darsning maqsadi



Yüklə 41,52 Kb.
səhifə2/2
tarix28.02.2023
ölçüsü41,52 Kb.
#123693
1   2
K.Nargiza 20-27

Namuna : yoki
.
Ko‘p xonali sonlarni yozma ayirishda kamayuvchining birlar xonasi ayriluvchining birlar xonasiga, o‘nlar xonasi ostiga o‘nlar, yuzlar xonasi ostiga yuzlar, minglar xonasi ostiga minglar mos holda ustuncha shaklida yoziladi. Keyin kamayuvchining mos xonalaridan ayriluvchining mos xonalaridagi sonlar ayriladi.
Masalan: 7968 dan 5725ni ayirish kerak bo‘lsa
1) Sonlarni yozma hisoblash qoidasiga asosan ustuncha ko‘rinishida yozamiz;
2) 7968 sonining birlar xonasida turgan 8 ta birlardan 5725 sonining birlar xonasida turgan 5 ta birligini ayiramiz. Natijada 3 ta birlik hosil bo‘ladi. 3 ta birlikni ustunchadagi birlar ostiga yozamiz.
3) 7968 sonining o‘nlar xonasida turgan 6 ta birlardan 5725 sonining o‘nlar xonasida turgan 2 ta birligini ayiramiz. Natijada 4 ta o‘nlik hosil bo‘ladi. Natijani ustunchadagi o‘nlar xonasi ostiga yozamiz. Shu tartibda bu jarayonni oxirigi xona birligigacha davom ettiramiz.

3. Berilgan misollar ustunchalar shaklida yozdirilib o‘quvchilarga doskada yechtiriladi. O‘quvchilarga yig‘indidan qo‘shiluvchilarning biri ayrilsa ikkinchisi hosil bo‘lishi haqida tushuncha beriladi.


IV Darsni yakunlash va baholash.
Darsga xulosa yasaladi. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirib baholanadi.
Uyga vazifa: 1- misollar va 2- masalalarni yechish.
29 – mavzu. Ko‘p xonali natural sonlarni yozma qo‘shish va ayirish.
Darsning maqsadi :
- arifmetik amallarni bajarish tartibi haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish;
- Qo‘shish va ayirishning to‘g‘risidagi tushunchalarni mustahkamlash.
- qavslarni ishlatishga oid bilimlar va ko‘nikmalarni rivojlantirish.
I Tashkiliy qism.
II Darsga hozirlik ko‘rish.
Darsning maqsadi aytib o‘tiladi.
III Dars tafsilotlari.
Darslikdagi misol va masalalarni yechish bo‘yicha shrhlar:

  1. Bu mashqda berilgan misollar o‘quvchilarga og‘zaki bajartiriladi.

  2. O‘quvchilarga bir nechta sonlarning yig‘indisini hisoblashda ularning o‘rinlarini turli usulda almashtirganda yoki guruhlashda yig‘indi o‘zgarmaydi. Aksincha bunday usul ko‘p hollarda qo‘shishni osonlashtiradi. Demak:


kabi hollar haqida o‘quvchilarga tushuncha berish. Yuqoridagilarga asosan quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz:

Qo‘shiluvchilarni quyidagicha ham yechish mumkin, unda yozuv qisqa ko‘rinishda bo‘lishi o‘quvchilarga tushuntiriladi.


  1. 1)

2)
Bu misollarning nima uchun to‘g‘riligi sababi o‘quvchilardan so‘raladi. Keyin o‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini to‘ldirib umumlashtiradi.

  1. Bu mashqda berilgan topshiriqlarni qulay usul bilan hisoblash o‘quvchilarga mustaqil ish tarzida bajartiriladi.

  2. Berilgan misollar doskada o‘quvchilarga bajartiriladi.


Misollarni yechishda o‘quvchilarga birlar xonasi ostiga birlar, o‘nlar xonasi ostiga o‘nlar, yuzlar xonasi ostiga yuzlar, minglar xonasi ostiga minglarni to‘g‘ri yozish kerakligi eslatiladi.



  1. Berilgan misollar doskada o‘quvchilarga bajartiriladi.





  1. Berilgan va kesmalar bir- biri bilan taqqoslanadi. Demak kesma 3sm va kesma 9sm. CD kesma AB kesmadan uch marta qisqa. kesma kesmadan 6 sm uzun.

IV Darsni yakunlash va baholash.
Darsga xulosa yasaladi. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirib baholanadi.
Uyga vazifa: 1- masalalar va 2-misollarni yechish.
30 – mavzu.Ko‘p xonali sonlarni yozma qo‘shish va ayirish.
Darsning maqsadi :
- Qo‘shishning o‘rin almashtirish qonuni haqidagi bilimlarni mustahkam-lash.
- Arifmetik amallarni bajarish tartibi haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish.
- Qavslarni ishlatishga oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish.
I Tashkiliy qism.
II Darsga hozirlik ko‘rish.
Darsning maqsadi aytib o‘tiladi.
III Dars tafsilotlari.
Qavslarning ishlatilishi haqida tushuncha beriladi.
Darslikdagi misol va masalalarni yechish bo‘yicha shrhlar:

  1. Misollar o‘quvchilarga og‘zaki bajartiriladi.

Yüklə 41,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin