U- odatdagi orqa qator, lablangan turkiy U unlisi.
-odatdagi oldingi qator, lablangan turkiy unlisi. Bu tovush singormonistik o’zbek shevalarida hamda qardosh qozoq, qirg’iz va boshqa turkiy tillarda mustaqil fonema sifatida ishlatiladi. Singarmonizmni yo’qotgan o’zbek shevalarida ga yaqin kombinator varianti mavjud, solishtiring: qul (ql) va kul (kl) kabi.
O - odatdagi orqa qator, lablangan turkiy o unlisi masalan, qipchoq. Som, qolыnы, qoy - adab. orf. so’m, qo’lini, qo’y kabi.
θ - odatdagi oldingi qator, lablangan turkiy o unlisi masalan, Qipchoq. kθmr, sθyle, gθr, kθz- adab.orf. ko’mir, so’zla, go’r, ko’z kabi. Singarmonizmni yo’qotgan o’zbek shevalarida esa θ ga yaqin kombinator variantlarigina bor, solishtiring: qo’l, qol, ko’l, kθl kabi.
Nazorat topshiriqlari
1.Dialektologiya qanday fan ekanligini tushunib yetish.
2.Dialektologiya fanining o’rganish ob’ektlari haqida gapiring.
3.Dialektologiya fanining asosiy vazifasi nimadan iborat?
4.Sheva, lahja, dialekt terminlarini izohlang.
6.Transkriptsiya nima?
7.Transkriptsiyaning qanday ahamiyati bor?
8.Transkriptsiya asosida matn tuzing va adabiy til bilan solishtiring.