Zamonaviy mutaxassis ham davlat, ham xo‘jalik yurituvchi subyektlar darajasida qurilish va investitsiya siyosati sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni to‘g‘ri tushunishi va bilishi ilmiy-texnik taraqqiyot, resurslardan oqilona foydalanish, menejment, tadbir- korlik va biznesning zamonaviy yutuqlari bilan bog‘liq holda yangi qurilishga kapitalni investitsiyalash, mavjud ishlab chiqa- rishni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, yangi turdagi texnika va texnologiyalarni yaratish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish uchun juda muhimdir. Shuningdek, iqtisodiyotni bosh- qaruvning turli darajalarida ishlab chiqilgan turli xil qurilish variantlari, investitsion qarorlar va iqtisodiy loyihalar samara- dorligini tanlash, tahlil qilish va baholash usullarini ham bilishi muhim hisoblanadi.
Fanning pedmeti-bo‘lib, qurilish ishlab chiqarishining
rivojlanish qonuniyati va tendentsiyalari hamda qurilishda iqti sodiy islohotlami chuqurlashtirish va bozor mexanizmlarini takomillashtirish vazifalari bilan bevosita bog‘liq holda qurilish korxonalari iqtisodiyoti masalalari hisoblanadi.
Fanning obyekti- milliy iqtisodiyotning tarmog‘i sifatidaqurilish va uning ishlab chiqarish bo‘g‘inlari - turli mulk shak- lidagi qurilish va qurilish sanoati korxonalari, boshqarmalar, loyiha muassasalari va ularga tenglashtirilgan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisoblanadi.
Fanning obyekti - milliy iqtisodiyotning tarmog‘i sifatidaqurilish va uning ishlab chiqarish bo‘g‘inlari - turli mulk shak- lidagi qurilish va qurilish sanoati korxonalari, boshqarmalar, loyiha muassasalari va ularga tenglashtirilgan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisoblanadi.
Fanning asosiy maqsadi- talabalaming qurilish iqtisodiyoti, ayniqsa qurilishning takror ishlab chiqarish jarayoni va ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishidagi roli, investitsiyalashning strategiya va taktikasi, qurilish ishlab chiqarishini rejalashtirish va boshqarish sohasidagi bilimlarga hamda ulami xo‘jalik amaliyotida, xususan iqtisodiyotning boshqa sohavatarmoqlarida faoliyat yuritgan taqdirda ham ulardan oqilona foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishini ta’milashdan iborat.