mavzu. Raqamli iqtisodiyot faniga kirish



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə33/61
tarix15.11.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#132578
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61
1-Mavzu. Kirish

Srowdfunder (2011) - mukofotlash tizimida ishlaydigan platforma. Ijodiy va qiziqarli biznes g‘oyalar, shuningdek, aniq maqsadlarga ega bo‘lmagan startaplar uchun javob beradi. Muvaffaqiyatli to‘plamdan olingan komissiya 5%.
Makroiqtisodchilar uzoq vaqt hamda katta moddiy va moliyaviy resurslar talab qiladigan sermashaqqat vazifalarni hal qilish maqsadida mamlakatning innovatsion salohiyatini oshirish va jamiyat vakillarida yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirishda kraudsorsing rolini o‘rganishlari mumkin. Bunday vazifalar, masalan, inson genomini o‘rganish, yangi dori vositalarini ishlab chiqish, individuallashtirilgan tibbiyotga o‘tish, shuningdek, "olomonni" ishlarni bepul bajarishga jalb qilish jarayonlari ortida turgan risk va tahdidlarni baholash bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunda ishbilarmonlar kraudsorsing texnologiyalarini nafaqat alohida ahamiyatga ega vazifa bo‘lgan inson genomini o‘rganish va dori vositalarini ishlab chiqarish jarayonida, balki ularni bozorda mahsulotni rag‘batlantirish uchun ham tez-tez ishlatib turishadi. Asosiy maqsad – kraudsorserslar, ya’ni bu mahsulotnii ishlab chiquvchilarning bevosita ishtirokida barqaror talab shakllanishi tufayli yuqori foyda olishdir. Kraudsorsing keng ma’noda bu – kraudsorsing platformasidan foydalangan holda kapital, mehnat va bilim sig‘imi katta bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalarni hal qilish yoki loyiha/mahsulot/xizmatga qo‘shimcha talab shakllantirish hisobiga foyda olish vaqt qiymatini qo‘shish maqsadida ko‘ngilli asosda odamlarni (olomonni) loyiha/mahsulot/ xizmat yaratish, moliyalashtirish, ishlab chiqarish, ilgari surish jarayoniga jalb qilishdir.
Kraudsorsing tor ma’noda ishlab chiqarish operatsiyalarining bir qismini dunyoning turli burchaklaridan internetga 24/7 (haftasiga 7 kun 24 soat) qulay vaqt o‘ziga yuklangan funksiyalarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan zamon va makon bo‘yicha cheklanmagan «olomonga» (ko‘ngilli odamlarga) o‘tkazish tufayli sinergetika samarasiga olib keladigan jamoaviy ongdan foydalanishga asoslangan ishlab chiqarishning yangi turi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Quyidagilar kraudsorsingning muhim va boshqalardan ajratib turadigan jihati hisoblanadi: «olomon» xilma-xilligi ishlarni bajarish uchun nomzodlar tanlashda hech qanday cheklovlar yo‘qligi bilan izohlanadi. Shu nuqtai nazardan, «olomon» ishlab chiqarishga ko‘ngilli asosda qo‘shiladiganlar xilma-xilligi sifatida ko‘rib chiqiladi. Milliy belgi – professional mahorat va ma’lumot darajasi bo‘yicha cheklovlar yo‘q. Sinergetik samara qraud-loyihalar qatnashchilarining har xilligi hisobiga ta’minlanadi. «Olomonni» ishga jalb qilish faqat internet- texnologiyalardan foydalanish asosida amalga oshirish mumkin.
Kraudsorsing platformasi (kraud-platforma) deganda maxsus ishlab chiqilgan, o‘ziniki bo‘lgan yoki ijaraga olingan, internet tarmog‘i orqali kraudsorserlardan olingan katta hajmdagi ma’lumotlar va moliyaviy vositalarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash va uzatish mumkin bo‘lgan texnologik servisni tushunish lozim. Gap ko‘ngilli xayriyalarni to‘plash, saqlash va qayta taqsimlash haqida borganda platforma Kraudsorsing hisoblanadi.
Kraudsorser - kraudsorsing loyihasida (kraud-loyihada) ko‘ngilli ravishda ishtirok etadigan «olomon» vakili bo‘lgan kishi. Kraudsorsing mahsuloti deganda «olomon» yaratgan, ya’ni «kraudsorserlar» mehnatidan foydalangan holda va kraudsorsing platformasi asosida yaratilgan mahsulot tushuniladi. Kraudsorsing mahsuloti sifatida loyiha, mahsulot yoki xizmat namoyon bo‘lishi mumkin.
Kraudsorsing deb veb-saytda mijozlar taassurotlarini to‘plash bo‘yicha so‘rovnomani joylashtirishdan tortib ishlab chiqarish jarayonining asosiy biznes jarayonlariga ko‘ngillilarni kiritishgacha bo‘lgan har bir narsa deb atash mumkin, deb hisoblash xato bo‘lardi. Ushbu masalaga aniqlik kiritish uchun, har xil kraudsorsing turlarini ko‘rib chiqamiz va ularning xususiyatlarini ta’riflaymiz.
Internet tarmog‘ida kraudsorsing platformasidan foydalangan holda kraudsorserslar tomonidan yaratilgan loyiha, mahsulot va xizmatga qo‘shimcha talab shakllantirish va iste’mol qiymati qo‘shish hisobiga foyda olish maqsadida ko‘ngilli ravishda odamlarni («olomon», kraudsorserlar) loyiha, mahsulot, xizmat yaratish, moliyalashtirish, ishlab chiqarish va ilgari surish jarayoniga jalb qilish tijorat kraudsorsingi.

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin