Mavzu: Yangi O’zbekiston taraqqiyoti strategiyasining davlat va jamiyat barqaror rivojidagi o’rni


Adolatli davlat tushunchasining o’ziga xos fenomening milliy asoslari



Yüklə 165,28 Kb.
səhifə4/15
tarix30.09.2023
ölçüsü165,28 Kb.
#129589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
diplom ishi full (2)

1.2. Adolatli davlat tushunchasining o’ziga xos fenomening milliy asoslari
Adolatli davlatning eng muhim xususiyati, avvalo, inson qadri va qonun ustuvorligini mustahkam­ lash uning bosh vazifasi ekanida ko'rinadi.
Shuning uchun ham biz o'z faoliyatimizning birinchi kunidan boshlab "Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak", "Davlat - inson uchun" degan g'oyalar aso­ sidagi siyosatni, ya'ni inson qadrini ulug'lash, uning qonuniy man­ faatlarini ta'minlashni eng ustuvor vazifa sifatida belgilab oldik.
Bugungi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari demokratik jamiyatning eng oliy qadriyati sifatida qaror topishi uchun barcha choralarni ko'rmoqdamiz. Fuqarolarimizning emin-er­ kin yashash, uy-joy va yer-mulkka ega bo'lish, tibbiy xizmatlardan foydalanish, bilim olish kabi tabiiy huquq va erkinliklarini ta'minlash sohasida katta islohotlarni amalga oshirmoqdamiz va ularni qat'iy davom ettiramiz.
Afsuski, hozirgi vaqtda barchamiz dunyodagi barqaror rivoj­ lanish jarayoniga to'sqinlik qilayotgan murakkab va ziddiyatli ho­ latlarga guvoh bo'lib turibmiz. Bu o'rinda so'z jahonda, jumladan, Janubi-Sharqiy Osiyodan tortib Yaqin Sharqqacha bo'lgan makonda qurolli to'qnashuvlar kuchayib, o'zaro ishonchsizlik va nizolar, mil­ latlararo va konfessiyalararo ixtiloflar chuqurlashib borayotgani, tinchlik va xavfsizlikka qarshi boshqa global tahdid va xatarlar paydo bo'layotgani haqida bormoqda.
Ilojsiz holda o'z yurtini tashlab ketayotgan aholi va qochqin­ lar soni tobora ortib borayotgani, jahonning ko'plab mintaqalarida ta'lim va tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyati yo'qligi, odam savdosi va majburiy mehnat, ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlash, qashshoqlik va ochlikka barham be­ rish bilan bog'liq muammolar keskin tus olayotganiga dunyodagi barcha sog'lom fikrli insonlar tomoshabin bo'lib qarab turmasligi zarur.
Shu ma'noda, bizning qat'iy ishonchimizga ko'ra, jami 4,5 mil­
liarddan ziyod aholi istiqomat qilayotgan Osiyo mintaqasining ke­ lajagi ko'p jihatdan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2030-yilga qadar barqaror taraqqiyot sohasida belgilangan vazifalar­ ni amalga oshirishga tayyor bo'lishga, shuningdek, inson huquqlari­ ni himoya qilish bo'yicha samarali mintaqaviy mexanizmni shakllan­ tirishga bog'liq.
Biz o'z oldimizga O'zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylan­ tirishni maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma'rifat va innovatsiya orqali erisha olamiz. Buning uchun, av­ valo, islohotlarning amaliy natijadorligini oshirish, joylarda yangi tashabbuslarni ilgari surishda aholimizning yanada faol bo'lishiga erishmog'imiz lozim.
Ayni paytda islohotchi bo'lib maydonga chiqadigan, uzoqni o'ylab fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tar­ biyalashimiz zarur. Shu boisdan ham bog'chadan boshlab oliy o'quv yurtigacha - ta'limning barcha bo'g'inlarini izchil isloh qilmoqdamiz. Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a'zolarining bilimi, saviya­ sini oshirish uchun, avvalo, ilm-ma'rifat, yuksak madaniyat kerak. Ilm yo'q joyda qoloqlik, jaholat va albatta to'g'ri yo'ldan adashish bo'ladi. Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros -bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir. Shu sababli hammamiz uchun ilg'or bilimlarni o'zlashtirish, china­ kam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish uzluksiz hayotiy eh­ tiyojga aylanishi kerak.
Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy ax­ borot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga rivojla­ nishning eng qisqa yo'lidan borish imkonini beradi. Chunki intellek­ tual va madaniy salohiyatning qanday noyob boylik, nadir iste'dod egalarini tarbiyalab kamolga yetkazishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutishga haqqimiz yo'q.
El-yurtimiz dunyoda koronavirus pandemiyasi va uning oqibati­ da kelib chiqqan global iqtisodiy inqiroz davom etayotgan tahlikali bir davrda barcha sinov va qiyinchiliklardan yanada kuchli va irodali bo'lib chiqmoqda. Xalqimiz o'zining hayoti va baxti-iqboli Vatani­ mizning taqdiri va kelajagi bilan chambarchas bog'liq ekanini chuqur his etmoqda.
Bugun O'zbekistonimiz o'z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo'ydi. Erishgan natijalarimiz tarixga aylanib, oldimizda yangi-yangi o'zgarishlarni amalga oshirish bo'yicha ulkan vazifa va imkoniyatlar paydo bo'lmoqda.
Yangi O'zbekiston orzusi amaliyotga, real voqelikka aylanmoq­ da. Ammo bu osonlikcha, o'z-o'zidan bo'ladigan ish emas. Yangi ja­ miyatni barpo etish, avlodlarimiz uchun yorug' kelajakni yaratish
Muayyan xalq yoki davlat hayoti uchun g'oyat muhim ahamiyat kasb etadigan biror-bir fenomen yoki u haqdagi tushuncha va tamo­ yillar o'z-o'zidan, osongina paydo bo'lmaydi va tasodifan dunyoga kelib qolmaydi.
Shu ma'noda, har qanday hodisa, tushuncha yoki atamaning o'ziga xos shakllanish jarayoni bor. Yangi O'zbekiston fenomeni ham bundan mustasno emas. Ushbu tushuncha mamlakatimizning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, yurtimizda demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, Uchinchi Renessans poy­ devorini yaratish borasidagi islohotlarimizning tayanch g'oyasini ifoda etadi.
Ana shu g'oya asosida yurtimizda "Yangi O'zbekiston - Uchin­ chi Renessans sari" degan shior ilgari surilayotgani ham bejiz emas. Biz orzuqilgan va qat'iy intilayotgan Yangi O'zbekiston g'oya­
si, avvalo, xalqimiz o'z milliy taraqqiyotining yangi davriga qadam qo'yganini, jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egallayotgani, bu borada oldimizda ko'plab yangi imkoniyatlar paydo bo'layotganini anglatadigan tushunchadir.
Yangi O'zbekiston - Vatanimiz mustaqilligini yanada mus­ tahkamlash, erkinlik va ozodlikning yangi davri, bunyodkorlik va farovonlik yo'lining yuqori bosqichidir.Yangi O'zbekiston - bu "Xalq manfaati hamma narsadan ulug'", degan ezgu g'oya amaliy ishlar bilan o'z tasdig'ini topayotgan mamlakatdir. Yangi-yangi uy-joylar, zamonaviy korxonalar, ilm-fan ta'lim, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari, obod qishloq va sha­ harlar yurtimiz chiroyiga chiroy qo'shayotgan tarixiy bir davrdir.
Yangi O'zbekiston - kattalarga hurmat, kichiklarga - izzat, ma­ dadga muhtoj insonlar va oilalarga - chinakam ko'mak va yordam berish, mehr-oqibat ko'rsatish hayotimiz qoidasiga aylanib borayot­ gan ijtimoiy makondir.
Yangi O'zbekiston - jahon hamjamiyati bilan, avvalo, yaqin qo'shnilarimiz bilan do'stlik va hamkorlik eshiklari keng ochilayot­ gan, mamlakatimizning demokratik qiyofasi yaratilayotgan betakror zamindir.
Bularning barchasi yurtimizda boshlangan islohotlar, kelajak sari tashlayotgan dadil qadamlarimizning bardavom bo'lishini ta'minlash eng asosiy vazifamizga aylanib borayotganidan dalolat beradi.
Ayni paytda bu borada ham insoniyat to'plagan tajriba, ayniqsa, o'tgan asr o'rtalaridagi tanazzul holatidan chiqib, bugun eng rivojlan­ gan mamlakatlar qatoridan o'rin olgan davlatlar erishgan yutuqlar­ ni, ular amalga oshirgan islohotlarni o'rganish ko'plab masalalarga javob topishda qo'l kelishi mumkin.
Chindan ham, XX asr oxiriga kelib sermashaqqat islohot va o'zgarishlar yo'lidan borgan Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Ma­ layziya, Turkiya, Singapur kabi davlatlar taraqqiyot bobida ulkan yu­ tuqlarga erishdi.
Bugun bizning mamlakatimizda ham o'z umrini yashab bo'lgan
eski qarashlar chekinib, yangi davr boshlandi, yangi voqelik bo'y ko'rsatmoqda, ulkan imkoniyatlar, keng ko'lamli islohotlar davri keldi.
Shu nuqtayi nazardan, "Jamiyatimizning yangi qiyofasi" degan tushuncha qotib qolgan voqelik yoki o'zgarmas aksioma emas.
Yangi O'zbekiston tushunchasi uchun asos bo'layotgan va unda o'z aksini topayotgan eng muhim jihat va amaliy mezonlar quyidagi­ lardan iborat:
butun mamlakatimizda islohot va yangilanishlarning keng ko'lamda amalga oshirilayotgani, eng muhimi, raqobatbardosh va tashqi dunyo uchun ochiq ijtimoiy-iqtisodiy makonni barpo etishga sobitqadamlik bilan kirishilgani;
mamlakatimizning barqaror rivojlanishini ta'minlash, za­ monaviy yangi jamiyatni barpo etish g'oyasi aholining barcha qatlamlari tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgani va el-yurtimizning bu g'oya atrofida jipslashayotgani;
bu tarixiy jarayonda mamlakatimizni rivojlantirish strategiya­ sini to'liq amalga oshirish mas'uliyati butun xalqimiz tomonidan chuqur his etilayotgani;
ushbu maqsad yo'lida barcha ijtimoiy qatlamlar, hokimiyat­ ning vakillik va ijro organlari, fuqarolik jamiyati institutlarining im­ koniyatlari keng ishga solinayotgani;
"Xalq boy bo'lsa, davlat ham boy va qudratli bo'ladi", degan yondashuv asosida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari uyg'unligi­ ni ta'minlash, kuchli fuqarolik jamiyati, konstitutsiyaviy parlament demokratiyasi, erkin bozor iqtisodiyoti hamda barchaning mulk huquqini hurmat qilish tamoyili mamlakatimiz ravnaqining asosiga aylanayotgani;
Yangi O'zbekistonni qudratli va salohiyatli davlatga aylanti­ rish, bu borada mamlakatimizning dunyodagi iqtisodiyoti barqaror o'sayotgan, inson kapitali yuqori bo'lgan raqobatbardosh demokratik davlatlar qatoriga kirishini ta'minlash yo'lida amaliy harakatlar olib borilayotgani;
yangi jamiyatning navqiron avlodi, zamonaviy dunyoqarash va fuqarolik mas'uliyatiga ega bo'lgan yoshlar hayotga kirib kelayotgani va ular uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani.
Bir so'z bilan aytganda, jamiyatimizning yangi qiyofasi ana shunday keng ko'lamli islohotlar jarayonida barpo bo'lmoqda, unmg zamonaviy demokratik imiji bosqichma-bosqich shakllanib bormoqda. Lekin bu osongina amalga oshmasligi, yangi jamiyat bi­ nosi bir kun yoki bir yilda tiklanib qolmasligi aniq. Qonun va inson manfaatlari ustuvor bo'ladigan erkin va farovon hayot o'z-o'zidan paydo bo'lmasligi hammaga ma'lum.
Takror va takror aytishga to'g'ri keladi: Yangi O'zbekiston - ta­ sodifiy hodisa, shunchaki dunyoga keladigan va o'tkinchi bir ij­ timoiy voqelik emas. Bugungi kunga kelib, ushbu tushuncha jami­ yatimiz hayoti, xalqimiz qalbi va ongidan chuqur joy olib, islohotlar jarayoniga katta ta'sir ko'rsatmoqda.
Shu munosabat bilan insoniyat tarixi va xalqlar taraqqiyotiga xos bir qonuniyatni esdan chiqarmasligimiz lozim. Bunday murakkab jarayonlarda inkor, yangilanish va vorislik tamoyillari o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Ikki yarim ming yil muqaddam buyuk xitoy faylasufi va mutafak­ kiri Lao Szi "Dunyoda hamma narsa o'sadi, gullaydi va o'z ildiz­ lariga qaytadi", deb aytgan edi. Bu dialektik haqiqat naqadar to'g'ri ekanini vaqtning o'zi ko'rsatib turibdi.
Davr - o'tadi, odamlar - qoladi.
Jamiyat orasida yangilikka intiladigan shaxslar, islohotlarning hayotiy zarurat ekanini chuqur his etadigan va o'zgarishlarning ong­ li va faol ishtirokchisiga aylanadigan insonlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Lekin eskilik qon-qoniga singib ketgan, butun vujudi bilan yangilikni istamaydigan konservatorlar ham saqlanib qoladi. Afsus­ ki, bugungi davr ham bundan mustasno emas. Bunday kimsalar is­ lohot va yangilanishlarga ochiqdan-ochiq qarshi chiqmaydi. Balki uni ichidan yoki tashqaridan buzish, obro'sizlantirishga urinadi. Ar­ zimagan narsalardan, ya'ni "pashshadan fil", kichik bir hodisa yoki juz'iy kamchiliklardan fojia yasashga, ba'zi bir uquvsiz rahbarlarning bilib-bilmayyo'l qo'ygan xatosidan butun O'zbekistonni, rahbariyat­ ni obro'sizlantirish, islohotlar jarayonini qoralashga, uni ortga qay­ tarishga harakat qiladi.Donishmand xalqimiz bu kabi urinishlarga qat'iy javob bermoq­ da. Yangi O'zhekiston amalda o'zini oqlamagan yo'ldan bormaydi, islohotlar jarayoni ortga qaytmaydi.
Ijtimoiy yangilanishlar muhitini to'g'ri anglamasdan, egri qadam bosadigan, el-yurt ravnaqiga to'siq bo'ladigan bunday kishilarning xatti-harakatlariga buyuk mutafakkir shoirimiz Za­ hiriddin Muhammad Bobur o'z vaqtida baho berib aytganidek: "Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur".
Bu fikrning mantiqiy tasdig'i sifatida bugun jamiyatimizda "Qonun - ustuvor, jinoyatga - jazo muqarrar" degan tamoyil qaror topmoqda. Tobora yangilanayotgan mamlakatimizda keng ko'lamli islohotlar ochiqlik va oshkoralik zamoni, keng va chuqur yangilanish davrining timsoli sifatida amalga oshirilmoqda.
Uchinchi Renessans poydevorini yaratish g'oyasi ham tasodifan va quruq yerda paydo bo'lmagan, albatta. Yurtimizning boy qazilma va tabiiy resurslarga, qadimiy tarix va madaniy merosga, qudratli iqtisodiy va insoniy salohiyatga ega ekani bu boradagi hayotbaxsh rejalarga asos berayotgani shubhasiz.
Yana bir bor ta'kidlayman: ortimizda tog'dek tayanch va suyanch bo'lib turgan ko'pmillatli xalqimiz - hayot yo'llarida to'g'ri yo'l ko'rsa­ tadigan mo'tabar nuroniylarimiz, mehnatkash, oqila opa-singilla­ rimiz, ilg'or va zamonaviy fikrlaydigan, dunyoda hech kimdan kam bo'lmagan azm-u shijoatli yoshlarimiz bor.Eng muhimi, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bag'rikenglik va mehr-oqibat muhiti hukm surmoqda.
Biz ana shunday mustahkam zaminga tayanib, ilm-fan, innovatsi­ yalar, ta'lim va tarbiya, madaniy-gumanitar sohalarni har tomonlama rivojlantirish hisobidan mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqich­ ga ko'tarish maqsadida ulkan ishlarni boshlaganmiz.Erishilgan yutuqlarimizni mustahkamlab, yanada dadil va ulkan qadamlar tashlashimiz shart. Bugungi kunda amaliy natija hamma­ miz uchun bosh talab, asosiy mezonga aylanmoqda. Bu borada yaqin yillar alohida mas'uliyat va sinov davri bo'ladi. Endi kechagi yutuq va marralar bizni sira qoniqtirmaydi. Bu yo'lda faqat amaliy samara bilan mustahkamlangan, o'z mevasi, hosilini berayotgan islohotlar odamlarning qalbiga, yuragiga kirib boradi. Bunday shiddatli jara­ yonni hech kim to'xtata olmaydi.
Eng asosiysi, islohotlarimiz natijasini yurtimizda yashayotgan har bir inson, har bir oila o'z kundalik hayotida his etishi kerak. Biz barcha bo'g'indagi rahbarlar qog'ozdagi hisobotlar, foiz va raqamlar ortidan quvmasdan, har qaysi fuqaro uchun, uning hayotiy ehtiyoj va orzu-umidlarini ro'yobga chiqarish uchun ishlaydigan boshqaruv tizimini yaratishimiz zarur.
Barchamiz orzu qilayotgan Yangi O'zbekistonni barpo etish
uchun bu yo'ldagi har bir maqsad va vazifaga, ularni amalga oshirishga aynan shu nuqtayi nazardan yondashsak, har tomonlama to'g'ri bo'ladi.


    1. Uchinchi renessans Yangilanayotgan o’zbekiston taraqqiyotini rivojlanishi omili

Shu ma'noda, bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan “Yangi O'zbekiston” g'oyasi zamirida ana shunday ulug' ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uyg'onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassam, desak, adashmagan bo'lamiz.
Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, har qaysi xalq hayotidagi ma'naviy uyg'onish jarayonlari milliy o'zlikni anglashga olib keladi hamda mamlakatning iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini yangi bosqichga ko'taradi. Bunday ijtimoiy noyob hodisa “Renessans” – uyg'onish, qayta tiklanish, yuksalish deb atalishi barchamizga ayon.
Ma'lumki, bugungi O'zbekiston zamini qadimda ikki buyuk uyg'onish davriga – Birinchi (ma'rifiy – IX-XII asrlar) va Ikkinchi (Temuriylar – XIV-XV asrlar) Renessansga beshik bo'lgan. Bu – jahon ilm-fanida o'z isbotini topgan va tan olingan tarixiy haqiqatdir.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim Uyg'onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun “Yangi O'zbekiston” va “Uchinchi Renessans” so'zlari hayotimizda o'zaro uyg'un va hamohang bo'lib yangramoqda, xalqimizni ulug' maqsadlar sari ruhlantirmoqda.
Bugungi kunda O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Aynan mana shu jarayon men uchun islohotlarimizning eng katta natijasidir. Chunki, maqsadning aniqligi – harakatlar samarasini ta'minlaydigan eng muhim mezondir.
Agar biz bundan besh yil oldin qabul qilgan Harakatlar strategiyasining tub mazmun-mohiyatini muxtasar ifoda etadigan bo'lsak, ushbu noyob hujjatda o'z oldimizga Yangi O'zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek buyuk vazifalarni strategik maqsad qilib qo'ygan edik.
Ta'kidlash kerakki, Yangi O'zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, sub'ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo'lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy vaziyatning o'zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to'la javob beradigan ob'ektiv zaruratdir.
Yangi O'zbekiston – demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume'tirof etilgan norma va printsiplarga qat'iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do'stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo'lgan davlatdir.
O'tgan tarixan qisqa davrda islohotlar tufayli erishgan natijalarimiz haqida uzoq gapirmoqchi emasman. Bu mavzuda mamlakatimiz hamda chet el ommaviy axborot vositalari orqali nufuzli davlat va siyosat arboblari, ekspert va tahlilchilarning fikrlari muntazam e'lon qilib kelinmoqda.
Bunday xolis baholar barchamizni quvontiradi. Ayni vaqtda shuni ta'kidlashni istardimki, biz bu demokratik o'zgarishlarni kimlargadir yoqish, maqtanish, turli reytinglarga kirish uchun emas, aksincha, demokratik jarayonlar o'zimizga suv bilan havodek zarur bo'lgani uchun, xalqimiz, avvalambor, yosh avlodimizning bugungi hayoti va ertangi istiqbolini o'ylab, milliy manfaatlarimiz yo'lida amalga oshirmoqdamiz.
Biz – O'zbekiston fuqarolari jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi shiddat bilan o'zgarib, hayotimizda yangicha munosabatlar, yangi imkoniyat va qadriyatlar shakllanayotganini hammadan ham ko'proq his etmoqdamiz. Ayniqsa, “inson huquq va erkinliklari”, “qonun ustuvorligi”, “ochiqlik va oshkoralik”, “so'z erkinligi”, “din va e'tiqod erkinligi”, “jamoatchilik nazorati”, “gender tenglik”, “xususiy mulk daxlsizligi”, “iqtisodiy faoliyat erkinligi” singari fundamental demokratik tushunchalar va hayotiy ko'nikmalar hozirgi vaqtda real voqelikka aylanib borayotgani e'tiborlidir.
Bir haqiqatni ochiq tan olishimiz lozim: vaqt o'tishi bilan islohot jarayonlari tobora kengayib bormoqda, shiddatli zamon oldimizga yanada ulkan vazifalarni qo'ymoqda. Hayotning o'zi bizni ko'p narsaga o'rgatmoqda. Shu sababli biz doimiy izlanishdamiz. Izlanish bor joyda yutuqlar bilan birga kamchilik va nuqsonlar ham bo'lishi tabiiydir.
eng asosiysi, “Harakatda – barakat” deganlaridek, biz eng qiyin bosqichdan o'tdik, ya'ni, yo'limizni aniq belgilab, katta ishlarni boshladik. endi hamma gap islohotlar yo'lini qat'iyat bilan davom ettirish va mantiqiy yakuniga etkazishda. Bu albatta oson emas, ammo biz bunga qodirmiz. Muhimi, keyingi yillarda bunday ulkan va murakkab vazifani amalga oshirish uchun etarli siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-institutsional zamin yaratildi.
Buyuk Amir Temur bobomizning Shahrisabzdagi Oqsaroy qarorgohi peshtoqiga bitilgan “Adolat – davlatning asosi va rahbarlar shioridir” degan hikmatli so'zlarida juda chuqur ma'no bor.
Ma'lumki, ajdodlarimiz azaldan “Zulm qilma, insofli bo'l, xalq uchun adolat qo'rg'onini bunyod et”, deb yosh avlodga yo'l-yo'riq ko'rsatganlar. Biz ham sud-huquq tizimini isloh etishda ana shunday sodda va hayotiy talablardan kelib chiqdik. Xususan, “Sud`yaning ongida – adolat, tilida – haqiqat, dilida – poklik bo'lishi kerak” degan g'oyani ilgari surdik va amalga oshirishni boshladik.
Shu o'rinda mamlakatimizda davlat va hokimiyat idoralari uzoq vaqt davomida xalq hayotidan uzilib qolganini qayd etish lozim.
Siyosiy-huquqiy nuqtai nazardan davlatga “xalq xohish-irodasini ifoda etadigan organ” deb ta'rif beriladi. Davlatni kim shakllantiradi? Xalq va uning muxtor vakillari. Binobarin, davlat va uning organlari avvalo kimga xizmat qilishi kerak? Albatta, xalqqa, turli mansab egalariga ovoz bergan va ishonch bildirgan fuqarolarga.
Shu ma'noda, xalqimiz davlat xizmatidan rozi bo'lishga har tomonlama haqli va munosibdir.
Ana shunday tamoyillar asosiga qurilgan davlat hokimiyatigina tom ma'noda xalqchil, demokratik hokimiyat hisoblanadi. Bunday davlat va jamiyatning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy ildizlari mustahkam va baquvvat bo'ladi. Shu sababdan biz xalqimizning og'irini engil qilish, uning muammolarini vaqtida va samarali echish, odamlarimizning hayot darajasi va sifatini yaxshilashni barcha islohotlarimizning bosh maqsadi etib belgiladik.
Men davlat rahbari sifatida faoliyat boshlagan 2017-yilga mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb nom berganimiz zamirida ham aynan shunday intilish va harakatlarimiz mujassam ekanini anglash qiyin emas, deb o'ylayman.
Albatta, biz eski tizimni batamom o'zgartirib, o'z oldimizga qo'ygan maqsadga to'liq erishdik, deb aytishga hali erta. Takror aytaman, biz har kuni izlanishdamiz. Bu yo'lda dastlabki qadamlarni qo'ymoqdamiz, xolos. Lekin “Bu o'zgarishlar – vaqtinchalik kampaniya, o'tadi-ketadi”, deganlar yanglishadi. Bu – Prezident va uning komandasi uzoqni ko'zlab yuritayotgan pragmatik xalqchil siyosatning eng ustuvor yo'nalishlaridan biri va uni xalqimiz bilan birgalikda albatta oxirigacha olib boramiz, hech qachon ortga qaytmaymiz.

Yüklə 165,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin