Mavzu: Zamburug’lar dunyosi. Annotatsiya



Yüklə 490,79 Kb.
səhifə3/3
tarix13.12.2023
ölçüsü490,79 Kb.
#140208
1   2   3
Zokirova Nigora Zamburug\' dars ishlanma

Zaharli zamburug’lar






Vertitsill. Zang. Qorakuya
Parazit zamburug’lar

Zamburug’larning ahamiyati.


Zamburug’lar tabiatda keng tarqalgan va katta ahamiyatga ega.Ular tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi, bakteriyalar bilan birga o’simlik qoldiqlari va hayvon jasadlarini parchalashda ishtirok etadi. Zamburug’lar saprofitlar sifatida to’nka va ildiz qoldiqlarida yashaydi. Ba’zi zamburug’lar yuksak o’simliklar bilan simbioz holda yashab, mikoriza hosil qiladi.Mutaxassislarning ma’lumotiga ko’ra yog’ochni chirituvchi zamburug’lar uning 30% ni yaroqsiz holga keltirishi mumkin.
Mikoriza tuzilishiga ko’ra 2 turga ajratiladi:
Tashqi (ektotrof)
Ichki (endotrof).
Tashqi mikoriza asosan o’rmonlardagi qayin, eman va ninabargli daraxtlarda uchraydi.Zamburug’ daraxt ildizidan karbon suv va vitaminlarni o’zlashtiradi, tuproq gumusi tarkibidagi oqsillarni aminokislotalarga parchalaydi.
Ichki mikoriza esa o’t o’simliklarda uchraydi.
Bundan tashqari zamburug’lardan tibbiyotda antibiotiklar olishda ham foydalaniladi.

V. Yangi mavzuni mustahkamlash. BBB texnologiyasi.


1-topshiriq. Jadvalni to’ldiring.





T/R



SAVOLLAR



BILAMAN



BILMOQCHIMAN



BILIB OLDIM

1

Zamburug’lar bilan shug’ullanadigan fan.










2

Zamburug’lar qanday orga-nizmlar.










3

Zamburug’lar qanday sharoitda
yashay oladi?










4

Zamburug’ tanasi nima deb ataladi.










5

Zamburug’larning yer yuzida qan-day turi bor?










6

Zamburug’lar qanday ko’payadi?










7

Mitselliysining tuzilishiga qarab
necha turga bo’linadi?










8

Haqiqiy mitselliysi bo’lmaydigan zamburug’.










9

Nonvoychilikda keng qo’llaniladigan zamburug’.










10

Iste’mol qilinadigan zamburug’.










11

Zamburug’ tarkibida qanday oziq modda bo’ladi.










12

Zamburug’ tarkibida qaysi elementlar bo’ladi?










13

G’o’za o’simligiga zarur yetkazuvchi zamburug’.










14

Mikoriza nima?










15

Mikoriza necha turga ajratiladi?










2-topshiriq. “Matbuot anjumani “ metodi.Bunda guruhlardan eng faol o’quvchilar “Shifokorlar” rolini o’ynab beradilar. O’quvchilar zamburug’lar orqali yuzaga keladigan kasalliklar to’g’risida to’plagan ma’lumotlarini do’stlariga so’zlab beradilar.
1-o’quvchi. Trixofitiya-----yuqumli zamburug’ kasalligi.
Bu kasallik asosan teri va teri ortiqlarini(tirnoq va sochlarni) zararlaydi.Mahalliy tilda bu kasallik “temiratki” deb ham ataladi.Barcha zamburug’ kasalliklari singari bu kasallik ham mavsumiydir.Kasallik yilning namgarchilik oylarida ko’payishi kuzatiladi. Kasallik manbai bemor yoki kasallangan uy hayvonlari( mol,qo’y, it, mushuk ) hisoblanadi.Shuning uchun bu kasallik chorvachilik bilan shug’ullanuvchilarda kuzatiladi.


2 -o’quvchi. Oyoq tirnoqlarida uchraydigan zamburug’ kasalligi.

Bu kasallikning belgilari: barmoqlarning shishishi, sarg’ayishi, tirnoqlarning yallig’lanishi va uvalanishi. Infeksiya ancha tez tarqaladi va og’riq hissini yuzaga keltiradi. Agar odamning immun tizimi zaif bo’lsa, oyoq kaftlari haddan tashqari ko’p terlasa, oyoq gigiyenasiga rioya qilinmasa kasallanish xavfi oshib, tirnoqlarning butunlay yo’qolishiga sabab bo’ladi.




3-O’quvchi. Gribok –zamburug’ kasalligi.
B u kasallikning kelib chiqishiga organizmning immun tanqislik holati, shifokor tavsiyasisiz ko’p antibiotiklar qabul qilish sabab bo’ladi. Shuning uchun antibiotiklarni qabul qilish paytida “Nistatin” yoki “Levorin” kabilardan qabul qilishi maqsadga muvofiqdir.Immuniteti past shaxslar avval immunogramma qilib so’ng tahlilga ko’ra immunomodulyatorlardan foydalanishlari mumkin.

  1. O’quvchilarni baholash.Guruhlar kartochkalari sarhisob qilinadi.

Eng ko’p ball to’plagan guruh g’olib sanaladi.

  1. Uyga vazifa. Darslikning 23-26 betlarini o’qib, savollarga javob yozish.

Foydalanilgan adabiyotlar : 9- sinf biologiya darsligi, biologiya metodik qo’llanma Toshkent-2016, “Maktabda biologiya” jurnali, “Shifo-Info” tibbiy jurnali, internet manbalari.
Yüklə 490,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin