Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


 Makroiqtisodiy muvozanat tushunchasi



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

 
6.1. Makroiqtisodiy muvozanat tushunchasi 
Makroiqtisodiy muvozanatga erishishni hal etish muammosi 
iqtisodiyotning 
eng 
muhim 
masalalaridan 
biridir. 
Umuman 
makroiqtisodiy muvozanatga erishish deganda, iqtisodiy tizimni tashkil 
etuvchi uning barcha tarkibiy qismlarining barqaror va o‘zaro mutanosib 
ravishda rivojlanishi tushuniladi.
Iqtisodiy muvozanatlik – bu makroiqtisodiy darajada jamiyat 
ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdori va ijtimoiy ishlab 
chiqarish natijalari hajmi hamda tarkibining o‘zaro mos kelishidir.
Iqtisodiy muvozanat 
xususiy va umumiy
bo‘lishi mumkin.
Xususiy muvozanat
– bu alohida olingan bozorlar, milliy xo‘jalikning 
turli xil tarmoqlari va iqtisodiy sektorlaridagi muvozatdir. 
Umumiy 
muvozanat
– bu bir vaqtning o‘zida barcha bozorlarda muvozanat 
o‘rnatilishi, butun bir iqtisodiy tizimdagi muvozanat, ya’ni 
makroiqtisodiy muvozanatdir. Bunday makroiqtisodiy muvozanatga esa 
yalpi talab va yalpi taklif o‘zaro tenglashgandagina erishiladi.
Umumiy makroiqtisodiy muvozanatni aniqlashda muvozanat narxlar 
darajasi va milliy ishlab chiqarishning real hajmi tushunchalaridan keng 
foydalaniladi. Muvozanat narxlar darajasi mikroiqtisodiyotda o‘rganilgan 
alohida olingan tovar yoki xizmat narxidan butunlay farqli ravishda 
iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan millionlab tovarlarning o‘rtacha narxi 
bo‘lib, u agregatlangan, ya’ni umumlashtirilgan ko‘rsatkich hisoblanadi. 
Milliy ishlab chiqarishning real hajmi ko‘rsatkichi ham endi bir yoki bir 
necha tovar yoki xizmat turi bo‘yicha hisoblanmasdan, balki endi u 
agregatlanganligi sababli mamlakatda va uning tashqarisida milliy ishlab 
chiqarish omillari hisobiga ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarni o‘z 
ichiga oladi.
Iqtisodiy hodisa va jarayonlarga monistik (yagona) tarzda qaralgan 
mikroiqtisodiyotdan farqli o‘laroq, makroiqtisodiy hodisa va jarayonlarni 
o‘rganishda, shuningdek yalpi talab va taklif muvozanatini xarakterlashda 
ikki xil yondoshuv, ikki xil maktab ko‘rib o‘tiladi:
-

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin