Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


Investitsiyalar va daromad



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

Investitsiyalar va daromad. 
Investitsiyalar funksiyasini keynscha 
tahlilga kiritish uchun yuqorida aytib o‘tilganlarning o‘zi kifoya qilmaydi. 
Buning uchun investitsiyalar hajmining yalpi daromad miqdoriga 
bog‘liqligini aniqlash lozim bo‘ladi.
Investitsiyalar: 
sof
(ishlab chiqarish hajmini oshiruvchi) va 
tiklanadigan
(asosiy kapitalning emirilgan qismini qoplovchi) turlarga 
bo‘linadi. Keyns modelida YaIM = SIM = MD bo‘lganligi sababli, faqat 
sof investitsiyalar haqida so‘z yuritiladi.


50 
R
 

6. 4-rasm. Investitsiyalar va foiz stavkasi
o‘rtasidagi bog‘liqlik grafigi
14
 
Bulardan tashqari, 
avtonom
(daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmagan 
– autonomous investment) va 
indutsirlangan
(kattaligi daromad darajasi 
bilan aniqlanadigan – induced investment) investitsiyalar mavjud. Keyns 
o‘z tahlilida faqatgina 
avtonom 
investitsiyalarni ko‘rib o‘tgan. 
6.6. Keynscha modelda milliy ishlab chiqarishning 
 muvozanat hajmi 
AD–AS chizmasi orqali aks ettirilgan yalpi talab va yalpi taklif 
grafiklari, ularning muvozanatga erishgandagi holatlari ko‘rib o‘tilgan 
edi. Bunday ko‘rinishdagi tahlil narxlar darajasi egiluvchan bo‘lgandagi 
uzoq muddatni ko‘rib o‘tgan klassik modelga xosdir. Keynscha model 
iqtisodiyotni qisqa muddatda ko‘rib chiqib tahlil etgan va unga 
narxlarning qattiq bo‘lishi xarakterli bo‘lganligi bizga ma’lum. Shuning 
uchun keynscha modelni tahlil etish uchun AD-AS grafigining ilgarigi 
chizmasi endi mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Eslatib o‘tamiz, uni tasvirlashda 
vertikal o‘qqa narxlar darajasi, gorizontal chiziq bo‘ylab esa milliy ishlab 
chiqarishning real hajmi belgilangan edi.
Keynscha makroiqtisodiy modelda muvozanat o‘rnatilishini tadqiq 
etish uchun haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar tushunchalarini kiritish 
kerak bo‘ladi, ular o‘z o‘rinda o‘zaro teng bo‘lmasligi mumkin. Haqiqiy 
xarajatlar (E) – haqiqatda uy xo‘jaliklari (C - iste’mol xarajatlari) va 
firmalar (I - investitsion xarajatlar) tomonidan qilingan xarajatlardir
ya’ni, ikki sektorli modelda: 
14
N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018 
I
C
E




51 
Haqiqiy xarajatlar egrisi 
bissektrisa
(45
0
ga teng chiziq)ni aks 
ettiradi, chunki haqiqiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga teng bo‘lib, 
ushbu chiziqning har qanday nuqtasi bu shartga mos keladi. 
Rejalashtirilgan xarajatlar egrisi musbat qiymatga ega qiyalikni aks 
ettiradi (qiyalik burchagi iste’molga chekli moyillik kattaligi bilan 
aniqlanadi – MRS), bu qiyalik koordinatalar o‘qi boshidan boshlanmaydi, 
chunki daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmagan avtonom iste’mol (S) 
doimo mavjud bo‘ladi. Natijada qiyalikda xochni hosil qilamiz, shuning 
uchun model 
«Keyns xochi»
nomini olgan («Keynesian cross»). Aytib 
o‘tish kerakki, o‘zining mashhur kitobida Keyns grafiklardan 
foydalanmagan. Oddiy Keyns modelining grafik talqini ilk bor Nobel 
mukofoti laureati Pol Samuelson tomonidan uning mashhur 
«Ekonomiks» deb nomlangan kitobida taklif etilgan.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin