Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

6.7. Multiplikator samarasi 
 
Ishlab chiqarilgan mahsulotning muvozanatli hajmini aniqlash uchun 
(muvozanatli milliy daromad) uni rejalashtirilgan xarajatlar miqdoriga 
tenglashtirish kerak bo‘ladi:
Y = C + I

bunda, 
 
C = C

+ MPCxY 
ya’ni, Y = C

+ MPCxY + I
p
Agarda xarajatlar ortsa nima bo‘ladi? Keyns yalpi xarajatlarning 
oshishi daromadlar ortishiga olib kelishini ko‘rsatib berdi, ammo shunisi 
muhimki, endi daromadlar uni ortishiga olib kelgan xarajatlarga 
qaraganda ko‘prok darajada ortar ekan (ya’ni mutiplikator samarasi 
orqali).
Multiplikator
– bu yalpi xarajatlarning bir birlikka ortishi 
(kamayishi) yalpi daromadlarni necha marotaba oshishi (qiskarishi)ga
olib kelishini k
o‘
rsatuvchi koeffitsientdir. 
Multiplikatorning ta’siri bir 
iqtisodiy agentning sarflagan xarajatlari albatta boshqa bir iqtisodiy 
agentning daromadiga aylanishi va oxirgisining bir qism daromadini 
sarflashi uchinchi bir iqtisodiy agent daromadi(va hokazo)ga aylanishiga 
olib kelishiga asoslangan. Natijada multiplikator samarasi tufayli umumiy 
daromad miqdori ilk bor qilingan xarajatlar miqdoridan bir necha 
marotaba yuqori bo‘ladi.
Yalpi daromadlarning ortishi ilk bor qilingan investitsiyalar 
miqdoridan bir necha barobar katta bo‘ladi, ya’ni multiplikator samarasi 


53 
amal qiladi va ushbu multiplikator (ammo endi investitsiya xarajatlari 
multiplikatori) ham xuddi yuqoridagidek aniqlanadi:
1/ 1-MPC
Xarajatlar multiplikatori (masalan, investitsiyalar multiplikatori) 
samarasining grafik tasviri (6.7.2-rasmda keltirilgan. ) Rasmdan ko‘rinib 
turibdiki, har bir keyingi ortgan daromad oldingisiga nisbatan kamayib 
bormoqda. Multiplikatsiya jarayoni daromadning oshishi 0 ga teng 
bo‘lgunga qadar davom etadi.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin