Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


 Pul-kredit siyosatining taktik maqsadlari



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

7.1.2. Pul-kredit siyosatining taktik maqsadlari 
Hozirgi vaqtda, xalqaro amaliyotda, pul-kredit siyosatining taktik 
maqsadlari sifatida pul massasining o‘sish sur’ati, milliy valutaning 
nominal almashuv kursi, nominal foiz stavkasi va inflatsiyaning maqsadli 
ko‘rsatkichidan foydalanilmoqda.
Milliy valutaning nominal almashuv kursidan pul-kredit siyosatining 
taktik maqsadi sifatida foydalanish holati ko‘proq milliy valutasining 
barqarorligini ta’minlashda muammolar mavjud bo‘lgan mamlakatlarda 
kuzatiladi. Shu sababli, mazkur mamlakatlarda hukumat va Markaziy 
bank o‘zaro kelishgan holda, milliy valutaning devalvatsiya bo‘lishiga 
yo‘l qo‘ymaslik yoki devalvatsiya sur’atini pasaytirishga qaratilgan 
siyosatni olib boradilar.
Mamlakatda to‘lov balansining joriy operatsiyalar bo‘limi bo‘yicha 
milliy valutani xorijiy valutalarga erkin konvertirlashni joriy etilishi 
milliy valutaning nominal almashuv kursidan pul-kredit siyosatining 
taktik maqsadi sifatida foydalanishni murakkablashtiradi. Buning sababi 
shundaki, XVF Nizomi VIII-moddasi bo‘yicha majburiyatlar qabul 
qilingandan so‘ng hukumat joriy valuta operatsiyalari bo‘yicha 
cheklovlarni joriy etish huquqiga ega bo‘lmaydi.
Monetarizm pul-kredit konsepsiyasining asoschisi M. Fridmen pul 
massasining o‘sish ko‘rsatkichini pul-kredit siyosatining asosiy taktik 
maqsadi, deb hisoblaydi.
M. Fridmen pullarga bo‘lgan talab funktsiyasi va xarajatlar 
funktsiyasini barqaror, deb hisoblaydi. Shu sababli, u pul massasini pul-
kredit siyosatining taktik maqsadi sifatida qabul qilish maqsadga 
muvofiq, degan xulosaga keldi.
Monetarizm pul-kredit konsepsiyasining asoschisi bo‘lgan M. 
Fridmen va uning izdoshlari Markaziy banklar faoliyatini tubdan isloh 
qilishni taklif qiladilar. Ularning fikriga ko‘ra, Markaziy bank 
hukumatning iqtisodiy siyosatini qo‘llab-quvatlashlari shart emas. Shu 
tufayli, ular Markaziy bank hukumat xarajatlarini moliyalashtirish 
jarayonida umuman ishtirok etmasliklari zarur, degan g’oyani ilgari 
suradilar.
20
Намозов О.Ш. Монетарная политика в переходной экономике: концептуалние подходы и 
программные направления. Автореф. дисс. на соиск. уч. ст. д.э.н. – Ташкент, 2011. - С. 11. 


60 
M. Fridmen Markaziy bank tomonidan hukumat xarajatlarining 
moliyalashtirilishini pul muomalasini izdan chiqaruvchi omil, deb 
hisoblaydi.
M. Fridmen, A. Shvarts bilan amalga oshirgan tahlillarining 
natijalariga asoslangan holda, Markaziy bank pul massasining barqaror 
o‘sishini ta’minlashi kerak, degan xulosaga keldi. Bu qat’iy belgilangan 
qoidaga asosan amalga oshirilishi va aniq miqdorga ega bo‘lishi kerak edi.
Pul-kredit siyosatining taktik maqsadlarini tanlashning asosiy shart-
sharoitlaridan biri davlat budjeti defitsitining mavjudligi va darajasidir.
O‘zbekiston Respublikasida rasman pullar taklifini tartibga solish 
Markaziy bank pul-kredit siyosatiining taktik maqsadi hisoblanadi.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin