Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


 Pulga bo‘lgan talab, pul taklifi va pul agregatlari



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

 
7.3. Pulga bo‘lgan talab, pul taklifi va pul agregatlari 
7.3.1. Pulga bo‘lgan talab va uni baholash 
 
M. Fridmen miqdoriylik nazariyasini pullarga bo‘lgan talab 
nazariyasi ekanligini o‘zining ilmiy izlanishlarida e’tirof etgan
23
. Shu 
jihatdan olganda, pullarga bo‘lgan talab konsepsiyasi monetarizmning 
asosiy qoidalaridan biri hisoblanadi.
M. Fridmenning pullarga talab nazariyasida pullarga bo‘lgan nominal 
talab nominal daromad va nominal foiz me’yorining funktsiyalari sifatida 
ifodalanadi: 
+ - 
Md= f (Yn, i),
bunda: 
Md — pullarga bo‘lgan nominal talab;
Yn — nominal daromad; 
i — nominal foiz me’yori.
Yuzaki qaraganda ushbu tenglama J. Keynsning pullarga bo‘lgan 
talab nazariyasini eslatadi. Buning sababi shundaki, J. M. Keynsning 
pullarga talab konsepsiyasida talab foiz me’yorining dinamikasi asosida 
aniqlanadi. J. Keyns va uning izdoshlari foiz stavkasini pullarga bo‘lgan 
talab va taklifni tenglashtiruvchi miqdor, deb hisoblaydilar.
J. M. Keynsning nazariyalarida pullarga ishlab chiqarishning 
endogen omili sifatida qaraladi
24
va pullarni likvidli aktiv sifatida 
saqlashning sub’ektiv asoslari tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida asosiy 
e’tibor ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda pul 
mablag’laridan foydalanishga qaratildi.
J. Keynsning pullarga talab nazariyasida foiz stavkasi muhim o‘rin 
egallab, foiz stavkalariga ta’sir etish yo‘li bilan ishsizlik darajasi va 
iqtisodiy o‘sishga bevosita ta’sir qilish mumkin, deb hisoblaydi.
 
23
Фридмен М. Основы монетаризма. Пер. с англ. – М.: ТЕИС, 2002. – С.70 – 72. 
24
Кейнс Дж. М. Общая теория занятости, процента и денег. Пер. с англ. – М.: Гелиос АРВ, 1999. 
– С. 184. 


65 

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin