Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

 
Qisqасhа хulоsаlаr 
Bank tizimining balansi hisoblanmish PKSh, mamlakatning tashqi 
pozitsiyalari bilan bank tizimidagi sof aktivlar, hamda davlat boshqaruv 
idoralarining hisoblari bilan bank tizimi tomonidan davlatni 
moliyalashtirish orasidagi muhim aloqalarni aniqlashga imkon beradi. 
Shuningdek, bank tizimi, albatta, real sektor (milliy hisoblar bilan ham) 
bilan ham xususiy sektorga pul ko‘rinishda kredit berish orqali ham 
bog‘langandir. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
"O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2018 yil 9 yanvardagi Farmonining asosiy 
mazmuni nimalardan iborat?.
2.Pul-kredit siyosati deganda nima tushuniladi? 
3. Ekspansionistik pul-kredit siyosati deganda. . . ? 
4. “Pul-kredit siyosatining ikki strategik maqsadi mavjud: tovarlar va 
xizmatlar ishlab chiqarishning yuqori va barqaror darajasini ta’minlash; 
inflatsiyaning past va barqaror darajada bo‘lishiga erishish” – ushbu 
fikrlar kimga tegishli? 
5. M. Fridmenning fikri bo‘yicha pul-kredit siyosatining asosiy taktik 
maqsadi nima? 
6. Mamlakatimizda «pul massasi yillik o‘sish sur’atining aniq 
maqsadli ko‘rsatkichlarini» qaysi tashkilot belgilaydi? 
7. Monetizatsiya koefitsienti qanday aniqlanadi?


72 
8-BOB. 
BUDJET-SOLIQ SEKTORINING 
IQTISODIY TAHLILI 
8.1. Fiskal siyosat, uning vositalari. Fiskal siyosat vositalarining 
yalpi talab va yalpi taklifga ta’siri 
Fiskal siyosat
davlat iqtisodiy siyosatining tayanchi hisoblanib, u 
davlat budjeti daromadi yoki xarajatlarini o‘zgartirish orqali iqtisodiyotni 
barqarorlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini aks ettiradi. 
Shuning uchun fiskal siyosat soliq-budjet siyosati deb ham ataladi.
Davriy tebranishlarni oldini olishga, tekislashga (aksildavriy choralar 
ko‘rishga), ya’ni barqarorlikka qaratilgan har qanday siyosat kabi fiskal 
siyosatning maqsadlari ham quyidagilarni ta’minlashga qaratilgandir: 
barqaror iqtisodiy o‘sish; 
resurslarning to‘liq bandligi (eng avvalo davriy ishsizlik 
muammosini hal etish); 
barqaror narxlar darajasi (inflatsiya muammosini hal etish).
Fiskal siyosat – bu eng avvalo hukumatning yalpi talabni 
ta’minlashga (tartibga solishga) qaratilgan siyosatidir. Iqtisodiyotni 
tartibga solish bunday sharoitda yalpi xarajatlarga ta’sir etish orqali 
amalga oshiriladi. Ammo fiskal siyosatning ba’zi vositalari yalpi taklifga 
faollik darajasi orqali ta’sir etish uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Fiskal 
siyosatni hukumat olib boradi.
Fiskal siyosatning vositalari bo‘lib davlat budjetining daromad va 
xarajatlari hisoblanadi: 
davlat xarajatlari; 
soliqlar; 
transfertlar.
Iqtisodiy davrning holatiga, ya’ni iqtisodiyot hozirda qanday davriy 
fazada ekanligiga ko‘ra, fiskal siyosat vositalari turlicha qo‘llaniladi. 
Fiskal siyosatning ikki turi mavjud (8.1.1-rasm): 
1) Rag‘batlantiriluvchi 
fiskal siyosat. 2) Cheklovchi fiskal siyosat.


73 

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin