Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish yo‘llari



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

8.4. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish yo‘llari 
Davlat budjeti taqchilligi 3 usulda moliyalashtirilishi mumkin: 
pul emissiyasi hisobiga; 
o‘z mamlakati aholisidan qarz olish hisobiga (ichki qarz); 
boshqa mamlakatlardan yoki xalqaro moliyaviy tashkilotlardan qarz 
olish hisobiga (tashqi qarz hisobiga).


77 
Birinchi usul davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirishning 
emissiyali yoki pullik usuli hisoblanadi, ikkinchi va uchinchi usul esa 
majburiyatli usullar hisoblanadi.
Xulosa 
qilib 
aytganda, 
davlat 
budjeti 
kamomadini 
moliyalashtirishning har qanday usuli o‘z afzallik va kamchiliklariga ega 
va turli mamlakatlar o‘z budjet taqchilligini bartaraf etishda u yoki bu 
usuldan alohida va birgalikda foydalanib, iqtisodiyotdagi mavjud 
muammolarini hal etishlari mumkin bo‘ladi.
8.5. Davlat qarzlari, uning turlari va oqibatlari.
Absolyut miqdori bo‘yicha davlat qarzining iqtisodiyotga salbiy 
ta’sirini aniqlash murakkab masala. Buning uchun davlat qarzi miqdorini 
milliy daromad kattaligiga yoki YaIMga nisbati olinadi, ya’ni d=D/Y. 
Agar qarzning o‘sish darajasi sur’atlari YaIMning o‘sish darajasi 
sur’atlaridan past bo‘lsa, qarz unchalik xatarli hisoblanmaydi. Iqtisodiy 
o‘sishning past sur’atlarida davlat qarzlari jiddiy makroiqtisodiy 
muammoga aylanadi.
Davlat qarzlarining jiddiy muammo ekanligi va uning salbiy 
oqibatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin: 

iqtisodiyotning samaradorligi pasayadi, chunki moliyaviy 
aktivlar ishlab chiqarish sektoridan qarzlarni to‘lashga 
sarflanadi; 

daromadlar xususiy sektordan davlat sektori tomonga qayta 
taqsimlanadi;

daromadlarning tengsizligi kuchayadi; 

qarzlarni to‘lamaslik oqibatida foiz stavkasi oshadi, oqibatda 
qisqa muddatda investitsiyalar siqib chiqariladi, uzoq muddatda 
esa kapital zahiralari va mamlakat iqtisodiy salohiyatining 
qisqarishi ro‘y beradi; 

qarz bo‘yicha foizlar to‘lash zaruriyati soliqlarni oshirishni talab 
qilishi iqtisodiy rag‘batni susaytiradi; 

uzoq muddatda yuqori darajadagi inflatsiya xavfi tug‘iladi; 

kelajak avlodga qarz yukining tushishi ularning farovon 
yashashiga to‘sqinlik qiladi; 

qarz bo‘yicha foizlar yoki qarzning asosiy qismini xorijliklarga 
to‘lash YaIM ma’lum bir qismining chetga chiqib ketishiga olib 
keladi; 

qarz va valuta inqirozi tahdidi tug‘ilishi mumkin.


78 

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin