Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

 targetlashning ahamiyati 
9.8.1. Inflatsiya xususidagi ilmiy-nazariy qarashlar 
P. Graud va M. Polan inflatsiyaning miqdoriylik nazariyasi 
qoidalaridan biri bo‘lgan - pullarning o‘sish sur’ati va inflatsiya darajasi 
o‘rtasida to‘g’ri mutanosiblik mavjud, degan qoida to‘g’ri va statistik 
ma’lumotlarda tasdiqlanadi, degan xulosaga keldilar.
Ayni vaqtda, tadqiqot mualliflari inflatsiya darajasi past bo‘lgan 
mamlakatlarda pullar taklifining o‘sish sur’ati va inflatsiya o‘rtasida 
to‘g’ridan-to‘g’ri bog’liqlikning mavjud emasligini aniqlashdi, ya’ni 
korrelyatsiya koeffitsientining nolga yaqinligi ma’lum bo‘ldi. Buning 
sababi sifatida e’tirof etildiki, rivojlangan moliya bozorlariga ega bo‘lgan 
va hukumatga ishonch darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda past 
inflatsiya sharoitida pulning aylanish tezligining o‘zgarishi ekzogen 
43
N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018 


99 
omillar ta’sirida yuz beradi. Demak, pullar taklifi ekzogen omillar tufayli 
yuzaga kelgan pullarga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga moslashadi.
Tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, Markaziy bank mustaqillik 
darajasining yuqori ekanligi va pul agregatlarini monitoring qilish 
tizimining rivojlanganligi pullar taklifi hajmini nazorat qilish imkonini 
beradi. Shuning uchun pullar taklifining o‘sishi pullarga bo‘lgan 
talabning o‘sishiga nisbatan o‘ziga xos reaktsiya hisoblanadi va 
baholarning o‘sishiga olib kelmaydi.
Iqtisodiy adabiyotda inflatsiya va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi 
aloqadorlik masalasida keskin munozarali fikrlar, xulosalar mavjud. Bir 
guruh iqtisodchi olimlar, shu jumladan, G. Xess va Ch. Morrislarning 
fikriga ko‘ra, baholarning sezilarsiz darajadagi o‘sishi ham iqtisodiy 
o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi
44
. Ularning fikriga ko‘ra, baholarning 
unchalik sezilarli darajada bo‘lmagan o‘sishi ham inflatsiya 
dinamikasidagi noaniqlikni kuchaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida, tijorat 
banklari kreditlari foiz stavkasining o‘sishiga olib keladi. Chunki 
kreditlarning foiz stavkasi o‘zida nafaqat kutilayotgan inflatsiyani, balki 
risk uchun qo‘shimcha ustamani ham aks ettiradi. Natijada, mamlakatdagi 
iqtisodiy faollikka va aholining turmush darajasiga nisbatan kuchli salbiy 
ta’sir yuzaga keladi.
Ikkinchi guruh iqtisodchi olimlar esa (prof. M. A. Pivovarova, A. 
Kudrin va boshq. ) inflatsiyaning ma’lum darajasi sharoitida iqtisodiy 
o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydilar. Masalan, prof. 
M. Pivovarovaning fikriga ko‘ra, inflatsiyaning uncha yuqori bo‘lmagan 
darajasi iqtisodiy o‘sishni rag’batlantiradi, bunday sharoitda antiinflatsion 
siyosatni amalga oshirish ishsizlikning o‘sishiga, iqtisodiyotning 
pasayishiga olib keladi
45
. Bunday sharoitda, odatda, pullar taklifi ustidan 
qattiq nazorat o‘rnatiladi.
XVF ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, rivojlangan davlatlarda 
inflatsiya yillik darajasining 3 foizdan oshishi iqtisodiy o‘sish 
sur’atlarining sezilarli darajada sekinlashishiga olib keladi
46
.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin