Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


Inflatsion targetlashning mohiyati



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

9.8.3. Inflatsion targetlashning mohiyati 
Inflatsion targetlash deganda inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichini 
belgilab olib, unga erishish maqsadida amalga oshiriladigan chora-
tadbirlarning yig’indisi tushuniladi.
Inflatsion targetlashda Markaziy bank dastlab inflatsiyaning 
maqsadli ko‘rsatkichini belgilab oladi va unga erishish davrini rasman 
e’lon qiladi.


101 
Inflatsion targetlash muvaffaqiyatli qo‘llanilgan davlatlar sifatida 
Yangi Zelandiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Finlandiya, Shvetsiya, 
Avstraliya va Ispaniyani ko‘rsatish mumkin.
Shunisi xarakterliki, mazkur mamlakatlarda inflatsiyaning maqsadli 
ko‘rsatkichi turlicha ifodalandi. Avstraliya, Finlandiya va Shvetsiyada 
Markaziy bank inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichini hukumatning 
qo‘llab-quvvatlash xususidagi roziligini olmasdan turib e’lon qildi. 
Kanada va Yangi Zelandiyada inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi 
Markaziy bank va Moliya vazirligining o‘zaro kelishuvi asosida ishlab 
chiqildi. Ammo shuni e’tirof etish joizki, inflatsiyaning maqsadli 
ko‘rsatkichidan pul-kredit siyosatining indikatori sifatida foydalanishning 
mumkinligi biror-bir Markaziy bankning Nizomida o‘z aksini topmagan. 
Shu sababli, bu masalani huquqiy jihatdan maqsadga muvofiqligi 
markaziy banklar faoliyatining bosh maqsadi orqali izohlanadi, ya’ni 
inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi orqali uni jilovlash Markaziy 
bankning bosh maqsadiga – milliy valutaning barqarorligini ta’minlash va 
jamiyatda baholar barqarorligiga erishishga xizmat qiladi.
 
Qisqасhа хulоsаlаr 
Inflatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni Fillips egri 
chizig‘i yordamida tasvirlash mumkin.
Inflatsiya sur’atlarining o‘zgarishi, aniqrog‘i, ish xaqining o‘sish 
sur’atlari va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni O. Fillips tadqiq qilgan. 
Keyinchalik Fillips egri chizig‘i modifikatsiya qilingan: taniqli 
iqtisodchi olimlar P. Samuelson va R. Solou ish haqi sur’atlarini 
narxlarning o‘sish darajasiga yoki inflatsiyaga o‘zgartirdilar 

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin