Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

to‘lov balansi
deb ataladi.
To‘lov balansi
– 
muayyan muddat davomida mamlakatning chet 
ellarga sarflagan va xuddi shu davr mobaynida mamlakatga chet eldan 
tushgan to‘lovlar summalari nisbatini tavsiflaydi. To‘lov turkumiga tashqi 
qarz, uning foizi, chetdan olingan tovarlar va xizmatlar haqi, xorijiy 
investitsiyalar, xorijda diplomatik ishlarni, iqtisodiy aloqalarni yuritish 
xarajatlari, fuqarolar va qo‘shma korxonalarning chet elga pul 
o‘tkazmalari va boshqalar kiradi.
To‘lov balansida ikki tomonlama yozuv tamoyilidan foydalaniladi, 
chunki har qanday bitimning ikki tomoni, ya’ni debet va krediti 
mavduddir. Debet mamlakatga xorijiy valutada to‘lanadigan real va 
moliyaviy aktivlarning oqib kelishini aks ettiradi va shuning uchun debet 
operatsiyalari «-» ishora bilan yoziladi, chunki ular milliy valuta taklifi 
ortiqchaligini, xorijiy valutaga esa talab oshishini keltirib chiqaradi. 
Kredit real va moliyaviy aktivlarning mamlakatdan oqib chiqib ketishi va 
ularga xorijliklar tomonidan to‘lanadigan operatsiyalar bo‘lib, u to‘lov 
balansida «+» ishora orqali aks ettiriladi. Ular milliy valutaga talab va 
xorijiy valuta taklifini oshiradi.
To‘lov balansi mamlakatning monetar, fiskal, valuta, tashqi iqtisodiy 
siyosatini ishlab chiqish va davlat tashqi qarzini boshqarishning asosi 
hisoblanadi.


114 
To‘lov balansiga ta’sir etuvchi omillar
: a) sof eksport (ya’ni joriy 
hisob operatsiyalari balansi) va b) kapital oqimlari (kapital harakati hisobi 
balansi) hisoblanadi.
11.2. To‘lov balansini tuzish metodologiyasi 
To‘lov balansi – bu mamlakatga xorijdan kelib tushgan va xorijga 
to‘lab berilgan valutalarning haqiqatdagi summasi aks ettiriladigan 
hujjatdir.
XVF to‘lov balansini statistik hisobot shakli deb hisoblaydi.
To‘lov balansi xalqaro hisob-kitoblar balansining muhim 
shakllaridan biri hisoblanadi.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin