Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


 Qayd etilgan almashuv kursi sharoitida ichki va tashqi



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

12.3. Qayd etilgan almashuv kursi sharoitida ichki va tashqi 
muvozanat modeli. Rollarni taqsimlash qoidasi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, faqat ichki muvozanatga erishishga 
yo’naltirilgan (odatda jami talabni tartibga solish orqali) iqtisodiy siyosat 
ayrim hollardagina bir vaqtda tashqi muvozanatga ham olib keladi. Shu 
kabi holat tashqi muvozanatni maxsus tartiblashda ham sodir bo‘ladi. Shu 
sababli tashqi va ichki balansga bir vaqtda erishish masalasi alohida 
qo‘yiladi va bunga kattagina qiyinchiliklar bilan erishilishi mumkin. Ichki 
va tashqi muvozanat muammolarini taxlil qilish jarayonida 
iqtisodiy 
siyosatni tayyorlash va o‘tkazishning asosiy tamoyili 
ishlab chiqildi: 
ikki mustaqil maqsadlarga erishish- ichki balans uchun (ishsizlikning 
tabiiy darajasi va inflatsiya past yoki mavjud bo‘lmagan holatda ishlab 
chiqarishning kutilgan hajmiga erishish) va tashqi balans uchun (to‘lov 
balansi yoki savdo balansi saldosinig nolga tengligi) iqtisodiy siyosatning 
kamida ikkita mustaqil instrumenti kerak bo‘ladi
67
. Bunga muvofiq 
tarzda, iqtisodiy siyosatning uch maqsadiga erishish uchun uch 
instrument ishlatilishi lozim va shu kabilar.
R. Mandellning ishlarida pul-kredit va budjet - soliq siyosatining 
instrumentlarini qo‘llash bir vaqtda ikki maqsadga- tashqi va ichki 
muvozanatiga erishish sharoitida, kapitalning xalqaro mikyosda harakat 
qilishiga imkon beruvchi model ko‘rsatib beriladi.
Ichki va tashqi muvozanat muammosining nazariy jixatdan 
ko‘pincha bir qancha turlarga ajratilgan IS-LM modellariga to‘lov balansi 
muvozanatini ko‘rsatuvchi uchinchi 
BP 
egri chiziqni kiritish yo‘li bilan 
67
Bu prinsip g‘oyasi Y.Tinbergenga tegishli 


129 
qaraladi. Bunday model valuta kurslarining turli tizimlari – qayd etilgan 
va suzuvchi tizimlari, shuningdek kapital mobilligi turli darajalari uchun 
yasaladi. Mukammal kapital mobilligiga ega kichik ochiq iqtisodiyot 
Mandell - Fleming modeli yordami bilan tahlil qilinishi mumkin
68
.
Iqtisodiy siyosat uchun aniq amaliy tavsiyalar nuqtai nazaridan bu 
mammoga yondoshish boshqacha tarzda ham bo‘lishi mumkin (yani 
ko‘rsatilgan modellarga nisbatan ancha sodda ko‘rinishda).
Bunday yondoshuvlar variantlaridan birini qaraylik, u ko‘pincha 
hukumat qayd etilgan valuta kursini qo‘llagan holatda ichki va tashqi 
muvozanatga bir vaqtda erishish uchun ishlatiladi.
Bu yondoshuvning grafik tasviri shundayki, koordinatalar o‘qlarida 
siyosatning ikki asosiy vositasi beriladi, ular ikki qo‘yilayotgan (ichki va 
tashqi muvozanatdan iborat) masalani yechish uchun ishlatiladi: davlat 
xarajatlari darajasi (G) va foiz stavkasi (R).

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin