Maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey Nurmatov J. N, Kudratov K. X



Yüklə 9,06 Mb.
səhifə528/538
tarix11.01.2022
ölçüsü9,06 Mb.
#110939
1   ...   524   525   526   527   528   529   530   531   ...   538
INFINITIVNING to YUKLAMASISIZ ISHLATILISHI
Infinitiv quyidagi hollarda to yuklamasisiz ishlatiladi:

1. must, can (could), may (might) va need modal fe’llaridan keyin:

You must do it at once. Siz buni darhol qilishingiz kerak.

He can speak German. U nemischa gapira oladi.

May I come in? Kirsam mumkinmi?

Need he come here? Uning bu yerga kelishi shartmi?


2. to make majbur qilmoq, to let ruxsat bermoq, to see ko‘rmoq, watch kuzatmoq, to hear eshitmoq, to feel his qilmoq, ba’zan to help yordam bermoq (ayniqsa AQSHda) va boshqa fe’llardan keyin obyektiv kelishikdagi olmosh yoki otdan keyin infinitiv to yuklamasisiz ishlatiladi:

ega + see(watch, hear, feel) + ot (olmosh) + V

He made me read this book. U meni bu kitobni o‘qishga majbur qildi.

I let him go there. Men unga u yerga borishga ruxsat berdim.

Help me (to) do it. Buni qilishga menga yordam bering.

I saw her leave the room. Men uni xonadan chiqqanini ko‘rdim.

I heard her sing. Men uning kuylaganini eshitdim.

I felt him put his hand on my shoulder. Men uni qo‘lini yelkamga qo‘yganini his qildim.
Izoh: Yuqoridagi fe’llar majhul nisbatda ishlatilganda, ulardan keyin keladigan fe’l to yuklamasi bilan ishlatiladi:

He was made to do it. Buni qilishga uni majbur qilishdi.

He was seen to leave the room. Uning xonadan chiqqanini ko‘rishgan.
3. had better yaxshisi, would rather, would sooner yaxshisi kabi birikmalardan keyin:

You had better go there at once. Siz yaxshisi u yerga birdan boring.

I would rather not tell them about it. Yaxshisi men bu haqda ularga aytmayman.

He said he would sooner stay at home. U yaxshisi uyda qolishini aytdi.





Yüklə 9,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   524   525   526   527   528   529   530   531   ...   538




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin