hollarda yetkazilayotgan mahsulotning narxi va sifati bilan, hamda yetkazib beruvchining
ishonchliligi (bunda yetkazib beruvchining mahsulotni yetkazish muddati, assortimenti,
butligi, sifati va miqdori bo‘yicha olgan majburiyatlarini bajarish tushuniladi) bilan
cheklanadilar.
yetkazib beruvchini tanlashda e'tibor berilayotgan boshqa mezonlarga quyidagilar
kiradi:
-
yetkazib beruvchini iste'molchidan yiroqda joylashishi;
-
joriy va tezkor buyurtmalarni bajarish muddatlari;
-
zaxira quvvatlari mavjudligi;
-
yetkazib beruvchida sifat boshqaruvini tashkil etilishi;
-
yetkazilayotgan uskunalarning butun xizmat muddati davomida ehtiyot
qismlarini yetkazib berish qobiliyati;
-
yetkazib beruvchining moliyaviy ahvoli va boshqalar.
Potensial yetkazib beruvchilarni tahlili natijasida aniq yetkazib beruvchilar ro‘yxati
shakllanadi, va ular bilan shartnoma munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha ish olib boriladi.
3.
yetkazib beruvchilar bilan olib borilgan ish natijalarini baholash.
Imzolangan shartnomalar bo‘yicha ish natijalari yetkazib beruvchini tanlashga katta
ta'sir ko‘rsatadi. Buning uchun maxsus baholar shkalasi ishlab chiqiladi, u yetkazib
beruvchini reytingini hisoblash imkonini beradi.
Reytingni hisoblashdan oldin xarid qilinayotgan mehnat buyumlarini farqlanishini
(differensiatsiya) amalga oshirish lozim.
Xarid qilinayotgan tovarlar, xom ashyo va butlovchi mahsulotlar, odatda, ishlab
chiqarish nuqtai-nazaridan bir xil qimmatga ega emas. Masalan, urug‘ning yo‘qligi qishloq
xo‘jaligidagi ishlab chiqarish jarayonini to‘xtab qolishiga olib keladi (xuddi savdoda ayrim
tovarlarning tanqisligi - savdo korxonasi daromadining kamayishiga olib kelgani kabi),
xuddi shunday o‘g‘it, yoqilg‘i va ehtiyot qismlarning o‘z vaqtida yetkazilmasligi ham
yig‘im-terim mavsumini ancha orqaga surishi yoki yetishtirilayotgan mahsulotni umuman
nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Mehnat buyumlarining ushbu kategoriyasida
yetkazib beruvchi tanlashning asosiy mezoni yetkazishlarning ishonchliligi hisoblanadi.
yetkazib beruvchining reytingini hisoblashga misol keltiramiz (4.1-jadval). Faraz
qilaylik, korxona A mahsulotni xarid qilishi lozim, va uni tanqisligiga yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi. Demak, yetkazib beruvchini tanlashda birinchi navbatda yetkazishning
ishonchliligi mezoni e'tiborga olinadi. Boshqa mezonlarning ahamiyati esa, ta'minot
bo‘limi xodimlari tomonidan ekspert yo‘li bilan aniqlanadi (4.1-jadval).
Agarda xarid qilinayotgan mehnat buyumlari ishlab chiqarish yoki savdo jarayoni
nuqtai-nazaridan ahamiyatsiz bo‘lsa, u holda yetkazib beruvchilarni tanlashda asosiy
mezon bo‘lib sotib olish va tashish xarajatlari xizmat qiladi.
Reytingni jami ifodasi, mezon bahosi va ahamiyatlilik darajasini ko‘paytmalari
summasidan kelib chiqadi. Har bir yetkazib beruvchi uchun reyting hisoblanib eng yaxshi
yetkazib beruvchi aniqlanadi.
Noma'lum yetkazib beruvchilar bilan xo‘jalik aloqalari o‘rnatib, korxona ma'lum
tavakkalchilikga yo‘l qo‘yadi. Agarda yetkazib beruvchi o‘z majburiyatlarini bajara
olmasa, iste'molchi ishlab chiqarishida uzilishlar yoki moliyaviy yo‘qotishlar bo‘lishi
mumkin. Ko‘rilgan zararlarni qoplash esa, odatda, ma'lum qiyinchiliklarga duch keladi.
Shunday ekan korxonalar noma'qul bo‘lgan yetkazib beruvchilarni aniqlashning
turli usullarini izlaydilar, masalan chet el firmalari yetkazib beruvchilar to‘g‘risida
ma'lumot yig‘uvchi maxsus firmalarga murojaat etadilar, ular esa norasmiy manbalardan
ham foydalanadilar.
Dostları ilə paylaş: