Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni


Rasm. Moddiy zaxiralarning asosiy turlari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/62
tarix26.11.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#135924
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

 
Rasm. Moddiy zaxiralarning asosiy turlari
O ‘tuvchi zaxiralarga
hisob davrining oxiridagi moddiy vositalar resurslarining 
qoldiqlari kiradi. Zaxiralarning ushbu turi hisob davridan keyingi davrdagi 
yetkazishgacha bo‘lgan vaqt ichida uzluksizlikni ta'minlash uchun xizmat qiladi.
Tayyorgarlikli zaxiralar
- bu ishlab chiqarish jarayonida ishlatishdan oldin qo‘shimcha 
tayyorgarlikni talab qiluvchi ishlab chiqarish zaxiralarining bir qismidir. 
Nolikvid zaxiralar
- bu uzoq vaqt davomida ishlatilmaydigan ishlab chiqarish yoki 
tovar zaxiralaridir. Ular, saqlash jarayonida tovarlar sifatining yomonlashishi, ma'naviy 
eskirishi munosabati bilan paydo bo‘ladilar. Shuningdek bu zaxiralarga, endilikda ishlab 
chiqarilmaydigan mahsulot uchun mo‘ljallangan zaxiralar ham kiradi. 
Yo‘ldagi zaxiralar
- bu hisob vaqtida tashilayotgan, ya'ni yo‘lda bo‘lgan zaxiralardir. 
Zaxiralarni yo‘ldagi vaqti deganda, transportga ortilganidan to manzilgacha yetib kelishi 
uchun sarflangan vaqt tushuniladi. Bu ko‘rsatkich shartnomada kelishilgan, hamda turli 
transportlar uchun mavjud me'yorlar bo‘yicha belgilanadi. 
7.4.
 
Zaxira o‘lchamini aniqlash 
1.
 
Buyurtma qilinadigan partiyaning optimal o‘lchamini aniqlash. 
Zaxiralarni to‘ldirish tizimi tanlangandan so‘ng, buyurtma kattaligini va takrorlanish 
vaqtini miqdoran aniqlash lozim bo‘ladi. 
Buyurtmaning optimal kattaligi va chastotasi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: 
-
talab hajmi; 
-
transport-tayyorlov xarajatlari; 
-
zaxirani saqlashga bo‘lgan xarajatlar. 
Buyurtma o‘lchami oshganda transport-tayyorlov xarajatlari kamayadi, chunki 
tovarlarni sotib olish va tashish katta partiyalarda, va demak kamroq amalga oshiriladi. Bu 
bog‘liqlikning grafigi 7.2-rasmda tasvirlangan. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin