Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni


yetkazish  ishonchliligi



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/62
tarix26.11.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#135924
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

yetkazish 
ishonchliligi.
Umumiy 
holda, 
ishonchlilik 
deganda, 
belgilangan 
cheklanishlarda o‘z tavsiflarini saqlagan holda berilgan funksiyalarni bajarish qobiliyatini o‘z 
ichiga olgan, tizimning majmuaviy xususiyati tushuniladi. 
yetkazish ishonchliligi - bu yetkazib beruvchining belgilangan chegaralarda, 
shartnomada kelishilgan yetkazish muddatlariga rioya qilish qobiliyatidir. yetkazish 
ishonchliligi, yetkazish jarayoni tarkibiga kiruvchi ayrim turdagi ishlarni bajarish muddatlariga 
rioya qilishning ishonchliligi bilan aniqlanadi. 
yetkazish ishonchliligiga ta'sir etuvchi asosiy omillardan bo‘lib, shartnomada ko‘zda 
tutilgan majburiyatlar (kafolatlar) mavjudligi xizmat qiladi, yetkazish muddatlarini buzganlik 
uchun javobgarlik aynan shu majburiyatlarda belgilanadi. 
Buyurtma qabul qilgandan to tovarlar partiyalarini yetkazishgacha bo‘lgan to‘liq vaqt, u 
o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
-
buyurtmani rasmiylashtirish vaqti; 
-
ishlab chiqarish vaqti (agarda buyurilgan tovarlarni ishlab chiqarish lozim bo‘lsa, bu 
vaqt yetkazish muddatiga qo‘shiladi) 
-
qadoqlash vaqti; 
-
yuklash vaqti; 
-
yetkazish vaqti; 
Shartnomada ko‘rsatilgan yetkazish muddatlariga rioya qilish, yuqorida sanab o‘tilgan 
ushbu muddatning tarkibiy qismlariga qanday rioya qilinishiga bog‘liq. Masalan, tovarni ishlab 
chiqarishga rejalashtirilgan muddatlarga yoki ekspeditor ta'kidlagan yetkazish muddatlariga 
rioya qilinmasligi mumkin. 
yetkazish egiluvchanligi
- yetkazuvchi tizimni mijozning alohida istaklarini 
(qoidalarini) e'tiborga olishi qobiliyatini bildiradi. Bunga quyidagilarni kiritadilar: 
-
buyurtma shaklini o‘zgartirish imkoniyati; 
-
buyurtmani yetkazib berish turini o‘zgartirish imkoniyati; 
-
qadoq turini o‘zgartirish imkoniyati; 
-
yetkazib berishga bo‘lgan talabnomani qaytarib olish imkoniyati; 
-
mijozni uning buyurtmasi holati to‘g‘risida axborot olishi imkoniyati; 
-
butlanmagan yetkazishlarda bo‘lgan e'tirozlarga munosabat. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin